Jahon qishloq xo’jaligi


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana25.03.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1295059
  1   2   3   4
Bog'liq
Sirojovvvvv



SANOAT ISHLAB CHIQARISHINING ASOSIY FONDLARI 
VA ISHHAB ChIQARISH QUVVATLARI 

• Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
tarkibi va tuzilishi 

• Asosiy fondlarni baholash 

• Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi 
Reja: 


Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, 
tarkibi va tuzilishi 
Sanoat ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o‘rni 
bor. Chunki ularsiz birorta ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish va mahsulot 
ishlab chiqarish mumkin emas. Ma’lumki, har qanday ishlab chiqarish 
jarayonida mehnat buyumlari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) va inson 
mehnati ishtirok etadi. Mehnat buyumlariga xomashyo, asosiy va yordamchi 
materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, elektr quvvati, ta’mirlash 
uchun ehtiyot qismlar va h.k.lar kiradi. Mehnat vositalariga mashina va 
mexanizmlar, asbob-uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar, 
kompyuter va laboratoriya anjomlari, bino va inshootlar kiradi. 


Hozirgi kunda 
asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish 
vazifasining turliligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab quyidagi guruhlarga 
bo‘linadi: 
1
. Zarur mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan bino va arxitekturaqurilish 
obyektlari. Binolarga sexlarni ishlab chiqarish korpuslari, depolar, 
garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi. 
2
. Inshootlar – ishlab chiqarish jarayonining bajarilishiga zarur va 
mehnat buyumlarini o‘zgarishi bilan bog‘lanmagan birorta texnik vazifalarga 
belgilangan muhandis-qurilish obyektlari (nasos stansiyalar, tunnellar, 
ko‘priklar va h.k.). 
3
. Har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalarni uzatuvchi 
uskunalar. 
4. 
Mashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan: 
- energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni ishlash va almashtirishga 
mo‘ljallangan kuch mashinalari va asbob-uskunalar (generatorlar va 
gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug‘ qozonlari, havo kompressorlari); 
- ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat buyumlariga 
bevosita ta’sir o‘tkazadilar. Bularga dastgohlar, presslar, konveyerlar va 
boshqa turli yordamchi asbob-uskunalar: o‘lchov va to‘g‘rilash asbobuskunalari, 
laboratoriya asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar 
kiritiladi. 



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling