Jahon qishloq xo’jaligi
Sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarining turlari va sanoat tarmoqlari
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Sirojovvvvv
Sanoat ishlab chiqarish asosiy fondlarining turlari va sanoat tarmoqlari
bo‘yicha tarkibi (2018) Asosiy fondlarni baholash Amaliyotda asosiy fondlarni baholashning quyidagi turlari qo‘llaniladi: 1) dastlabki to‘la qiymat orqali belgilangan baho; 2) qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan baho; 3) qolgan qiymati orqali belgilangan baho; 4) ishlab chiqarishdan chiqarib tashlash bahosi. Dastlabki to‘la qiymat orqali belgilangan baho (Ob) asosiy fondlarning sotib olingan bahosi (Sb), asosiy fondlarni olib kelish uchun qilingan transport xarajatlari (Xt) va montaj xarajatlari (Xm)ni o‘z ichiga oladi. Ob = Sb + Xt + Xm Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida ishtirok eta borib asta-sekin ishdan chiqa boradi, shuning uchun ularga baho belgilashda ularning ishdan chiqish va yemirilish qismi hisobga olinadi. Shu tufayli asosiy fondlarni baholashda qolgan qiymati orqali belgilangan baho ham qo‘llaniladi. U ikki xil baho bilan ifodalanadi: a) asosiy fondlarning ishdan chiqqan (tuzilgan) qismini ularning dastlabki to‘la qiymatidan ayirib tashlash orqali aniqlangan qiymat; b) asosiy fondlarning ishdan chiqqan (tuzilgan) qismini ularning qaytadan tiklangan qiymatidan ayirib tashlash orqali aniqlangan qiymat. Asosiy fondlar juda eskirib, yaroqsiz holga kelgan, qayta tiklash, kapital remont qilish yoki modernizatsiya qilish natija bermaydigan hollarda ularni ishlab chiqarishdan olib tashlash zarur bo‘lib qoladi. Bunday hollarda asosiy fondlarni ishdan chiqarib tashlash bahosi aniqlanadi. Bu baho ishdan chiqqan, ishlab chiqarishdan chiqarib tashlanadigan asosiy fondlarni (temirtersak narxida) realizatsiya qilish bahosidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling