–. - Insonning qadryatlari va mo’ljallari
- dunyosidabiron-bir narsa yoki hodisasni
- haqiqiydeb qabul qilish muhim ahamiyatga ega.
- dunyoning ongda aks etish jarayoniga bog‘lamasdan qarash va uni insonning ob’ekt haqidagi bilimi xossasi sifatida emas, balki empirik borliqqa qo‘shimcha tarzda ob’ektivlashgan qandaydir vaqtdan tashqaridagi g‘oyaning xossalari sifatida talqin qilishda namoyon bo‘ladi.
- inson bilimining xossalari va tarkibi bilan bog‘lanadi, biroq mazkur bilim unda tashqi, mustaqil dunyoning aks etishiga bog‘lanmaydi, chunki bunday dunyoning mavjudligi inkor etiladi
-
- Bilishning ma’naviy qadriyatlari.
- Har qanday ilmiy tadqiqotda ma’naviy qadriyatlar va me’yorlar mavjuddir. Ilmiy metod negizini ob’ektivlik va oqilonalik kabi an’anaviy ma’naviy qadriyatlar tashkil etishi lozim. Ob’ektivlik olim tadqiqot me’yorlarini tanlashganisbatan vijdonan yondashishi, shaxsiy manfaatdorlikni siqib chiqarishi, haqi-qatni guruh manfaatlaridan ustun qo‘yishini nazarda tutadi. Ayrim ilmiy konsepsiyalar eskirishiga qarab o‘ziga xos «timsol» belgilarini kasb etadi. Eskirgan konsepsiyalardan voz kechish ko‘pincha ularni yaratuvchilarning qar-shiligini bartaraf etish bilan bog‘liq. Olim ba’zan fanda inqilobga yo‘l ochuvchi yangi g‘oyalarni afzal ko‘rishga o‘zida kuch topa olmay, eskicha yondashuvlar asiri bo‘-lib qolishi mumkin. Bilim va haqiqat amalda ayniy tushunchalardir. Bilish – narsalarning haqiqiy ho-latiga mos keluvchi ishonchli axborotga ega bo‘lish demak. Haqiqiy bilimga erishishmumkinmi? Qanday bilimni haqiqiy deb hisoblash mumkin? Bilim haqiqiyligi-ning ob’ektiv va mutlaq mezonlari mavjudmi? Bu savollarga javoblar fan va falsafaning rivojlanishiga doimo yo‘ldosh bo‘lgan. Masalan, Aristotel haqiqat-ni borliq bilan tenglashtirgan. Uning fikricha, o‘zgarmas narsalargina haqiqiydir, haqiqat borliqning oliy shaklidir
Do'stlaringiz bilan baham: |