Bilishimizcha, tilni bilish, muayyan bir sohada ishlaganlik uchun ma’lum ball berilar ekan. Shu haqida ham ma’lumot bersangiz?


Download 44.19 Kb.
Sana27.05.2020
Hajmi44.19 Kb.
#110565
Bog'liq
canada


Bilishimizcha, tilni bilish, muayyan bir sohada ishlaganlik uchun ma’lum ball berilar ekan. Shu haqida ham ma’lumot bersangiz?
Kanadaga butunlay ko‘chib kelishga oid eng mashhur immigratsiya dasturi bu Express Entry dasturidir. Bu dasturga ko‘ra Kanada ko‘chib kelmoqchi bo‘lgan insonlarga yoshi, oliy ma’lumoti, ingliz va fransuz tilini bilishi, ish tajribasi, Kanadada qarindoshi borligi va boshqa bir necha omillarga qarab ball beradi. To‘plangan ballarga qarab insonlarni tanlaydi va Kanadaga doimiy yashash uchun taklif qiladi. Agar inson hamma talablarga javob bersa va yetarli ball to‘plasa, taxminan 6 oy ichida Kanadaga doimiy yashovchi sifatida kelishi mumkin.


Kanadaga immigratsiya qilish bo’yicha savol-javoblar to’plami


Views: 2723

Savol 1:

Mening Kanadada yashovchi tanishim bor. Shu tanishim meni mehmon sifatida chaqira olish huquqiga egami?

Javob 2:

Sizning tanishingiz sizga taklifnoma bergan holda Kanadaga turist, ya’ni mehmon, sifatida chaqirishlari mumkin. Lekin sayyohlik vizasini olish uchun taklif qiluvchi va mehmon tomon ma’lum hujjatlarni ko’rsatishlari kerak bo’ladi. Turist vizasiga topshirish va kerakli hujjatlar haqida mana bu yerda (rus tilida) batafsil ma’lumot berilgan – Заявление на визу временного резидентаКонтрольный перечень.



Savol 2:

Kanadaga immigratsiya qilishim uchun u yerda qarindoshim bo’lishi shartmi? Kasbim bolalar shifokori. IELTSdan 6.0 ball olganman. Ma’lum yo’nalish bo’yicha immigratsiya olishim uchun, hech kimning yordamisiz, mustaqil ravishda hujjatlarni tayyorlash uchun nima qilishim kerak?

Javob 2:

Immigratsiya qilish uchun Kanadada qarindoshingiz bo’lishi shart emas. Leking qarindoshning bo’lishi sizga yordam berishi mumkin. Chunki immigratsiyaga topshirishdan oldin ma’lum bir ball to’plash kerak, ya’ni ma’lumotingiz, ish tajribangiz, yoshingiz, ingliz tilini bilishingiz va Kanadaga adaptasiya qila olishingiz kabi jihatlarga qarab ballar berishadi. Qarindoshingiz bo’lsa, adaptatsiya ballariga 5 ball qo’shib beriladi. Shu tarafdan yordam berishi mumkin. Lekin aytganimdek, shart emas.

Hujjatlarni mustaqil ravishda tayyorlash uchun siz topshirmoqchi bo’lgan immigratsiya programmasi talab qilgan barcha hujjatlarni to’plashingiz, davlat to’lovlarini to’lab Moskvadagi elchixonaga topshirishingiz zarur bo’ladi. Har bir immigratsiya programmasining o’z talablari bor. Bular haqida mana bu veb-sahifasidan ko’proq ma’lumot olishingiz mumkin – http://www.cic.gc.ca.

IELTS balingiz yahxshi ekan, lekin oxirgi 2 yilda olingan ballar qabul qilinadi. Bundan oldi topshirilgan imtihonlar qabul qilinmaydi.

“Federal Skilled Worker Program’” immigratsiya programmasi talablariga ko’ra, hozircha, meditsina sohasidan faqatgina bir nechta kasb egalariga immigratsiya qilishga ruxsat berilgan. Bu haqda to’liq ma’lumotni ingliz tilida mana bu yerdan olishingiz mumkin. – Specific eligibility criteria – Federal skilled workers.

Savol 3:

Siz viza olishga yordam bera olasizmi yoki shu xizmatni ko’rasatadigan tashkilotlotlarning e-mailini bera olasizmi?

Javob 3:

Bizning yuridik firmamiz Kanada vizasiga topshirish jarayonida yordam berishi mumkin. Albatta, vizaga topshiruvchi Kanada elchixonasi talab qilgan ma’lum shartlarga javob berishi va barcha kerakli hujjatlarni bizga taqdim e’tishi kerak bo’ladi. Bizga http://www.sobirovs.com veb-sahifasi orqali aloqaga chiqishingiz mumkin.



Savol 4:

Turist vizasi bilan Kanadaga borgandan so’ng, o’sha yerdan ish topish mumkinmi? Ish beruvchi qanday qilib topiladi? Buning tartibi qanday?

Javob 4:

Turist vizasi bilan Kanadaga kelsangiz, sizga ish qidirish yoki ishlash mumkin emas. Ammo 6 oygacha turist sifatida qolishingiz mumkin. Bu muddat ichida, istasangiz, ingliz tili kurslariga borishingiz mumkin, universitetlarga hujjatlar topshirishingiz mumkin yoki kompaniyalar va korxonalar bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

Eng muhimi Kanadaga kelgandan keyin, belgilangan qonunlar va tartiblar doirasidan chiqmaslik kerak. Aks holda noqonuniy bo’lib qolishingiz mumkin va natijada kelajakda yana bir bor Kanada vizasini olish huquqidan mahrum bo’lishingiz ehtimoli yuqori.

Kanadada ish beruvchi tashkilot tomonidan tashqaridan ishchi olib kelish tartibi, qisqacha qilib aytganda, quyidagicha:

Tashqaridan ishchi olib kelmoqchi bo’lgan tashkilotlar, Kanada ichkarisidan ishchi topolmaganligini isbotlashi lozim va shu sababli chet eldagi bir insonni ishga olayotganligini tushuntirib davlat organiga murojaat etadi. Agar davlat organi ish beruvchi tashkilot keltirgan dalillarga ishonsa, o’sha tashkilotga “positive Labour Market Opinion” taqdim etadi. Bu hujjatni tashkilot bo’lajak ishchisiga jo’natadi va ishchi bu hujjat bilan birga boshqa hujjatlarni tayyorlab, Kanada elchixonasiga “work permit” olish uchun murojaat etadi. Labour Market Opinion haqida mana bu yerdan ingliz tilida ma’lumot olishingiz mumkin. – Labour Market Opinion Basics.

Kanadaga turli kasbdagi odamlar kerak. Ammo, hammani ham olishavermaydi. Faqat kerakli kasbdagi odamlarni olishadi. Shunga alohida e’tibor berish kerak. Hamma ishni qilaveraman deb Kanadaga kelish, menimcha, mantiqiy jihatdan ham to’g’ri emas va juda ko’p qiyinchilik va noaniqliklarni keltirib chiqaradi.



Savol 5:

Kanadaga magistratura uchun o’qishga ketmoqchiman, nima maslahat berasz? Bunday o’qishlar uchun qandaydir grant yoki moliyaviy yordam programmalari bormi? O’zimning hisobimdan to’lab Kanadaga o’qishga borishim uchun qaysi hujjatlarni tayyorlashim kerak? Qayerga va kimga murojaat qilsam bo’ladi?

Javob 5:

Bu savollar yuridik xarakterda bo’lmaganligi sababli, yurist sifatida ularga javob berish qiyin. Maslahatimiz shuki, siz o’qish muassasalariga murojaat qiling va ularning veb sahifalaridan kerakli ma’lumotlarni oling. “Google” yordamida Kanadadagi barcha universitet va kollejlarni topishingiz mumkin.

Kanadaga talaba bo’lib kelish haqidagi ma’lumotlarni mana bu veb sahifada rus tilida o’qishingiz mumkin – Учитесь и занимайтесь научно-исследовательской работой в Канаде.

Savol 6:

Kanadaga ketmoqchi bolsam nima qilishim kerak? Viza olishimga yordam beradigan firmalar bormi yoki o’zingiz shug’ullanasizmi?

Javob 6:

Kanadaga viza yoki immigratsiya qilish sohasida xizmat ko’rsatadigan turli firmalar va tashkilotlar bor. Bular orasida bizning yuridik firmamizga o’xshagan ko’p firmalar bor. Bular haqida internetda ko’plab ma’lumotlar topishingiz mumkin. Hozircha bizning veb sahifamiz – Sobirovs.com – hali ham “qurilishda”. Tez kunlarda veb sahifamizni aktiv holga keltiramiz degan umiddamiz. Veb sahifamizda ingliz va rus tillarida immigratsiyaga taalluqli ma’lumotlar bermoqchimiz. Kanadadagi yuridik firmalardan foydalanish haqida yozilgan mana bu maqolamizni o’qib chiqishingizni maslahat beramiz – Amerikada advokatlik xizmatlari qanday ishlaydi?

Qisqacha qilib aytganda, Kanadaga viza olish xizmatlarini “paralegal”“immigration consultant” va juda cheklangan hollarda “travel agency”lar ham taqdim etadi. Lekin bular sizga ma’lum bir darajada cheklangan yordam berishi mumkin. Har birining yordam bera olish darajasi cheklangan bo’ladi. Nima bo’lgan taqdirda ham, Kanada vizasi masalasida xizmat olmoqchi bo’lsangiz, xizmat ko’rsatuvchi haqida iloji boricha ko’proq xolis ma’lumotlar olib, keyin bir qarorga kelishingizni maslahat beramiz.

Nima qilish kerak degan savolingizga faqatgina siz haqingizdagi barcha ma’lumotlar, o’qishingiz, ingliz yoki fransuz tilini bilishingiz va ish tajribangiz va boshqa turli xil ma’lumotlar ko’rib chiqilgandan so’ng bir maslahat berish mumkin bo’ladi. Afsuski, bunday keng qamrovli savollarga javob berishni boshlash ham qiyin. Chunki Kanadaga qonuniy yo’llar bilan kelish imkonlari juda ko’p. Har bir imkoniyatning turli talablari bor.



Savol 7:

Mening tanishim Kanadada yashaydi. Kanada fuqoroligini ham olgan. U odam meni taklifnoma berish orqali chaqirishi mumkinmi?

Javob 7:

Sizning tanishingiz sizni mehmon sifatida taklif qilishi mumkin. Ammo bir narsani unutmang – tanishingiz sizga taklifnoma bersa ham, bu Kanada vizasini olish uchun kafolat bo’la olmaydi. Kim sizni taklif qilsa ham (hattoki qarindoshingiz bo’lsa ham), umumiy ravishda viza olish tartiblariga rioya qilishingiz va barcha kerakli hujjatlarni topshirishingiz kerak bo’ladi. Sizga viza berish yoki bermaslik qarorini faqatgina Kanada elchixonasidagi ma’sul shaxs qabul qiladi.



Savol 8:

Moskvada Kanada vizasi bilan shug’ullanadigan biron ishonchli firmani ayta olasizmi? Yoki sizning firmangizning qanday yordami tegishi mumkin? Iltimos, firma bilan ishlash jarayonlarini tushuntirib o’tsangiz. Oldindan tashakkur.

Javob 8:

Moskvada Kanada vizasi bilan shug’ullanadigan firmalarni, afsuski, bilmayman va shuning uchun birortasini tavsiya qila olmayman.

Bizning firmamiz, bepul bir soatlik konsultatsiyadan so’ng, siz qanday vizaga yoki immigratsiya programmasiga topshirishingiz haqida maslahat berishi mumkin. Agar sizga biron viza yoki programma to’g’ri kelsa, butun hujjatlarni sifatli ravishda tayyorlash va elchixonaga internet orqali topshirishda yordam berishimiz mumkin.

Agar siz Kanada vizasini olish uchun zarur bo’lgan barcha shartlarni bajarsangiz va Kanada elchixonasidan rad javobini olsangiz, bizning yuridik firmamiz bunday rad javobini Kanada Federal Sudiga qayta ko’rib chiqilishi uchun appelyatsiyaga topshirish masalasida ham yordam berishi mumkin.



Savol 9:

Men Kanadaga ishlash uchun bormoqchiman, yo’l ko’rsata olasizmi, qaysi kasb yaxshiroq, men institutni fransuz tili bo’yicha tugatganman, ikkinchi maqsadim fransuz tilini juda yaxshi o’rganish. Nima qilishim kerak?

Javob 9:

Siz fransuz tilini bilganingiz uchun, menimcha, sizga Kanadaning Kvebek viloyati ko’proq to’g’ri kelsa kerak. U yerda buning uchun imkoniyatlar ko’proq. Ammo Kanadaga kelishingiz uchun avval ishga kirishingiz va sizni ishga olgan tashkilot Kanadaning o’zidan kerakli ishchini topolmaganligini isbotlashi lozim va shu sababli sizni Kanadaga olib kelmoqchi ekanini Kanada davlat organlariga tushintirmog’i lozim. Shundan keyingina sizga ish bergan kompaniya sizni taklif qilish orqali ishlash uchun Kanadaga olib kelishi mumkin.



Savol 10:

Kanadaga borib ishlamoqchi edim. Neft va gaz sohasida 12 yildan beri ishlayman. Kanadaga borib ishlashim uchun nimalar talab qilinadi?

Javob 10:

Sizga ma’lumki, Kanada ham dunyoda neft va gaz sanoati sohasida dunyoda yurqori mavqega ega bir davlat. Shu sababli sizning sohangizda Kanadada juda ko’p imkonlar bor. Ammo neft va gaz sohasida kim bo’lib ishlagansiz, shu haqda ham yozib yuboring. Bu sohada 100 dan ortiq kasb egalari ishlaydi. Maslahatimiz, siz bizga email orqali aloqaga chiqing. Email adresimiz law@sobirovs.com. Sizga va bizga murojaat qilgan vatandoshlarimizga bir soatlik bepul konsultatsiya berishga harakat qilamiz. Sizdan ma’lumotlarni olib, sizga qanday yordam bera olamiz yoki bera olmaymiz, buni aniqlaymiz.



Savol 11:

Sizning yuridik firmangiz bilan qanday bog’lansa bo’ladi?

Javob 11:

Bizga email orqali law@sobirovs.com adresiga xat yozishingiz mumkin.



Savol 12:

Eshitishimcha, Kanadada ham “green card” lotoreyasi o’ynalar ekan. Shu gap rostmi?

Javob 12:

Kanadada AQShga o’xshagan “green card” programmasi yo’q.

Kanadada doimiy ravishda yashash uchun, ya’ni Permanent Residence Card olish uchun immigratsiyaga topshirib, undan o’tish kerak. Bu esa lotoreya o’ynash yoki qandaydir bir omadga bog’liq narsa emas. Faqatgina immigratsiyaga topshirayotgan odamning bilimi, tili, kasbi, mablag’i va ish tajribasiga bog’liq bir narsa. Kanada omadlilarni emas, balki tajribali, bilimli insonlarni va Kanada jamiyatiga, iqtisodiyotiga va kelajagiga hissa qo’sha oladigan insonlarni qabul qiladi.

Bu haqda to’liq va to’g’ri ma’lumot olish uchun faqatgina mana bu rasmiy davlat vebsaytiga murojaat qiling – http://www.cic.gc.ca/english/index-can.asp.

Lekin shunga qaramay, baribir, vatandoshlarimizning ko’pchiligi Kanadada ham “green card” lotoreyasi bor deb ishonishadi va bu “lotoreya” faqatgina omadga bog’liq deyishadi. Afsuski, bu noto’g’ri bir tushunchadir va umid qilamizki, yaqin kelajakda vatandoshlarimiz bunday noto’g’ri tushinchani unutishadi.

Kanadaning immigratsiya sistemasi ochiq-oydin bo’lib, kerakli insonni tanlashga qaratilgan. Shuning uchun kerakli bilim, kasb va tajribaga ega inson uchun Kanadaga immigratsiya qilish oson, tez va garantiyali bo’lishi mumkin.



Savol 13:

Yuridik firmangizning veb-sahifasi bormi?

Javob 13:

Sobirovs LLP yuridik firmasi haqida to’liq ma’lumotni http://www.sobirovs.com/ veb-sahifasidan olishingiz mumkin.



Savol 14:

Hozirda bakalavr va magistraturani bitirdim. Mutaxassisligim fransuz tili. Sizga xabar yuborishimdan maqsadim Kanadaning Kvibek viloyatida joylashgan oliy o’quv yurtlaridan birida malaka oshirishni xohlayman. Menga qanday maslahat bera olasiz? Aniqroq qilib aytganda qanday ketsam bo’ladi? Immigrant bo’lib ketish yo’llari haqida ham to’liqroq ma’lumot bersangiz.

Javob 14:

Kanadaga va xususan, Kanadaning Kvebek viloyatiga kelishingizning nisbatan oson bo’lgan quyidagi yo’llari bor deb o’ylaymiz:



  1. Kvebekka talaba bo’lib kelish. Buning uchun, albatta, universitetga kirishingiz kerak. Lekin sizda allaqachon bakalavr va magistr diplomlari bo’lgani sababli, taxminimiz shuki, siz Kvebekka doktorantura (PhD) o’qigani kelmoqchisiz. O’qishni bitirib olgandan keyin Kanadada doimiy ravishda qolish imkonlaridan foydalansangiz bo’ladi.

Kvebekda o’qish imkoniyati haqida mana bu yerdan ma’lumot olishingiz mumkin – http://www.immigration-quebec.gouv.qc.ca/EN/immigrate-settle/students/index.html;

O’qishdan keyin Kvebekda doimiy ravishda qolish haqida esa mana bu saytdan ko’proq va to’liqroq ma’lumot olashingiz mumkin – http://www.immigration-quebec.gouv.qc.ca/EN/immigrate-settle/students/stay-quebec/index.html



  1. Kvebekka oldin vaqtinchalik ishchi sifatida kelib, keyin doimiy ravishda qolish yo’li. Bu haqda ko’proq ma’lumot olish uchun mana bu saytga murojaat eting – http://www.immigration-quebec.gouv.qc.ca/EN/immigrate-settle/temporary-workers/obtaining-authorizations/index.html

Yuqorida ko’rsatilgan saytlardagi ma’lumotlar fransuz tilida ham mavjud.

Bundan tashqari, yaqinda Kanadada talablari osonroq bo’lgan yangi immigratsiya programmasi ochildi. Sizning fransuz tilini bilishingiz bunga yordam berishi mumkin. Bu immigratsiya programmasi haqida keyingi maqolamizda batafsil ma’lumot beramiz. Tashabbus.uz veb-sahifasiga tez-tez kirib turing.



Savol 15:

Mening tog’am oilaviy Kanadaga ketishgan. Ular Vankuverda yashashadi. Ular Kanada fuqaroligini olishgan. Ular meni Kanadaga chaqira oladimi? Shu masalada yordam bera olasizmi? Buning uchun men nimalar qilishim kerak?

Javob 15:

Tog’angiz sizni mehmon sifatida taklif qilishlari mumkin. Yuqoridaga savollarning birida, Kanadaga mehmoh (turist) sifatida kelish haqida to’xtalib o’tdik. Lekin siz tog’am meni butunlay Kanadaga doimiy yashash uchun qanday qilib olib kela oladi deb so’rayotgan bo’lsangiz, buning imkoni yo’q deb javob berishimiz mumkin. Bu uchun siz Kanadaga mustaqil ravishda immigratsiya qilishingiz kerak bo’ladi. Lekin immigratsiya qilayotganizda sizning Kanadada qarindoshingizning borligi yuqoriroq ball olishingizda foyda berishi mumkin.

Tog’angiz yashayotgan British Kolumbia viloyatiga immigratsiya qilish haqida mana bu yerdan ma’lumot olsangiz bo’ladi – http://www.welcomebc.ca/Immigrate/Immigrate.aspx

Bizning yuridik firmamiz, agar immigratsiya qilishga qaror bergan bo’lsangiz, sizga yuridik masalalarda yordam bera oladi. Qo’shimcha savollaringizni bizning law@sobirovs.com email adresimizga yo’llashingiz mumkin.



Savol 16:

Men 19 yoshdaman va yaqinda IELTS imtihonini topshirmoqchiman. Kanadaga 10 yillik vizani qanaqa qilib olsam bo’ladi?

Javob 16:

Taxminimizga asoslanib, sizga faqat Kanadaga o’qishga kelishni maslahat beramiz. Chunki Kanadaga immigratsiya programmalari yoshingiz, ma’lumotingiz, ish tajribangiz va o’zingizda bo’lgan pul mablag’iga asoslanadi. Shuning uchun 19 yoshda bu talablarga javob berish qiyin bo’lgani uchun, maslahatimiz oldin Kanadaga o’qishga keling va undan keyin bu yerdagi imkonlardan foydalanib, Kanadada doimiy qolish uchun hujjatlarni topshiring. Undan tashqari, aksariyat immigratsiya programmalariga 22 yoshdan oshgan va ish tajribasiga ega bo’lgan insonlar qabul qilinadi. 22 yoshgacha bo’lgan insonlar, ko’pincha, ota-onasi immigratsiya qilgan bo’lsa, ular bilan birga oilaviy ravishda Kanadaga immigratsiya qilishlari mumkin.

Kanadaning 10 yillik vizasi haqida eshitganimiz yo’q va bu haqda biror narsa deya olmaymiz.

Savol 17:

Yoshim 23da. Hozir Rossiyadaman. AQSh va Kanadaga qanday qilib borib ishlash mumkin? Ma’lumotim o’rta-maxsus. Harbiy biletim ham bor. Odamlarning ba’zilari bir lotoreyaga o’xshash o’yin bor deyishadi, ba’zilari esa viza olish kerak deyishadi. Qanaqa lotoreya o’yin va qanaqa viza tushina olmadim. Iltimos, shu savolimga javob bersangiz? Nima qilish kerak Kanadaga ketish uchun.

Javob 17:

Siz bergan savollar juda umumiy bo’lganligi uchun aniq bir javob bera olmaymiz. Lekin shuni ayta olamiz – Kanadaga kelish uchun hech qanday lotoreya yoki shunga o’xshash o’yinlar yo’q. AQSh uchun “Green Card” lotoreyasi bor. Bu lotoreya haqida internetda ma’lumotlar bor. Undan tashqari, agar sizda ingliz tili bilimi bo’lmasa, Kanadaga kelishingiz juda qiyin. Imkonsiz desa ham bo’ladi.



Savol 18:

Я 1991-го года рождения, учусь в Ташкентском Архитерно-Строительном институте по специальности “Производстсво строительных материалов.” Хотел бы продолжить свою учебу в Канаде и одновременно работать.

Javob 18:

К сожалению мы не консультируем на счет учебы в Канаде. Ви можете получить более подробную информацию на этой веб страничке. – Учитесь и занимайтесь научно-исследовательской работой в Канаде.



Savol 19:

I am from Uzbekistan, graduating from Institute this year. If you can, I need your advice. I want to study for Master degree in Canada, but i don’t have enough money, so how can I find any scholarships? If possible, how can I go to Canada to work at any jobs whether white-color or blue color, then will study after finding some money to invest in study? Could you give me friendly advice to go to Canada?

Javob 19:

I cannot consult you on academic scholarships. My law firm provides legal services in immigration matters. But, I think, the best way to find out about available scholarship is to visit the websites of each Canadian university.

Regarding working in Canada, you need a work permit even if you are a student in Canada. In the first 6 months of your study you may work within your university campus, and after 6 months you may work outside of your university campus. However, you have to maintain your full-time studies at all times.

Savol 20:

Siz menga turist vizasi olishim uchun taklifnoma jo’nata olasizmi?

Javob 20:

Bu savolga qisqa javobimiz – yo’q, jo’nata olmayman. Bizning maqsadimiz qo’limizdan kelganicha insonlarni Kanadaga bog’liq yangi imkonlardan xabardor qilish va ularga ozgina bo’lsa ham foydali ma’lumot va maslahatlar berishdir. Lekin shaxsiy bir iltimosga ko’ra, tanish bo’lmagan insonga taklifnoma jo’nata olmaymiz. Shu sababli bizni ma’zur tutasiz va bizni to’g’ri tushunib, ranjimaysiz degan umiddamiz.



Savol 21:

Men Inyazni bitirganman (ingliz tili/fransuz tili yo’nalishi bo’yicha). Kasbim tilshunos bo’lsa ham, boshqa sohalarda, ya’ni turizm, biznes va xalqaro tashkilotlarda ishlaganman. Kanada ketish imkoni bormi menga o’xshagan mutaxassislarga?

Javob 21:

Kanadaga immigratsiya qilish uchun aslida diplomingizda yozilgan kasb emas, balki ish tajribangiz muhim. Ko’p insonlar, masalan, Ingliz filologiyasi yo’nalishida o’qigan bo’lsalar ham, boshqa sohalarda ishlab tajriba olganlar. Bunday insonlarga ham Kanadaga kelish imkonlari bor. Ko’pincha, bu imkonlar ma’lum bir Kanada viloyati bilan bog’liq bo’ladi. Faqat aynan qaysi immigratsiya imkoni va qaysi Kanada viloyatiga borish haqida biror narsa deyishdan oldin, sizning ish tajribangiz haqida aniq ma’lumot olish kerak bo’ladi.

Xohlasangiz, biz bilan aloqaga chiqing va qo’limizdan kelganicha biror bir aniq maslahat berishga harakat qilamiz.

Savol 22:

Kanadaga immigratsiya qilishning moliyaviy tomoni (yurist xizmat haqi, davlat to’lovlari va hokazo) haqida aytib bera olasizmi?

Javob 22:

Albatta, immigratsiya qilish oson yoki arzon bir ish deb bo’lmaydi. Asosan, xarajatlar 2 xil bo’ladi. Birinchisi, bu yuristning xizmat haqi. Buning miqdori yurist qanchalik sizning ishingiz ustida ishlashiga bog’liq. Ikkinchi xil harajatlar bu Kanada davlatiga to’lanadigan xarajatlardir. Bu, asosan, immigratsiya hujjatlarini topshirish to’lovlari (“application fee”) va doimiy yashash huquqini olish uchun to’lovlar (“permanent residence fee”). Bu davlat to’lovlari haqida ingliz tilidagi ma’lumotni mana bu veb-sahifadan olishingiz mumkin – http://www.cic.gc.ca/english/information/fees/fees.asp.

Bu ikki xil to’lovlarni yurist orqali to’lasangiz bo’ladi. Birinchi xildagi to’lovlar immigratsiya natijasidan qat’i nazar to’layotgan insonga qaytarilmaydi. Lekin agar hujjatlarning hammasini topshirgan inson ma’lum sabablarga ko’ra doimiy yashash huquqini ola olmasa, unda ikkinchi xil to’lovlar davlat tomonidan qaytariladi.

Bu mavzuga aloqador bo’lgan mana bu maqolamizni ham o’qib chiqishingizni maslahat beramiz – “Amerikada advokatlik xizmatlari qanday ishlaydi?”



Savol 23:

Sizning yuridik fimangiz faqat immigratsiya ishlarini olib boradimi?

Javob 23:

“Sobirovs Lawyers” yuridik firmasi Kanada faoliyat ko’rsatayotgan boshqa yuridik firmalardan farqi yo’q. Bu firma Kanada qonunlari asosida amal qilib, nafaqat immigratsiya ishlari, balkim tadbirkorlik huquqi (business law), mehnat huquqi (labour & employment law), ho’jalik huquqi (commercial law), fuqarolik huquqi va protsessi (civil litigation), ko’chmas mulk huquqi (real estate law) va notarius hizmatlarini ko’rsatadi. Bizning firmamiz g’arb davlatlarida o’zbekistonlik yuristlar tomonidan tashkil etilgan ilk yuridik firma deb hisoblanadi. Bizning firmada hozirda 3ta yurist hizmat ko’rsatadi va har bir yurist ham Kanadada hamda O’zbekistonda yuridik fakultetlarni bitirishgan.

Firmamizning 30% ishlari immigratsiya ishlariga bog’liq. Ishlardan bo’sh vaqt topishimiz bilan biz qo’limizdan kelganicha o’zbekistonliklarga va o’zbek tilida so’zlashuvchi insonlarga Tashabbus.uz orqali maqolalar yozib turamiz.

Savol 24:

Sizning yuridik firmangiz xizmatidan foydalanmoqchi bo’lsam, siz ko’rsatgan xizmatlar uchun to’lovni Kanadaga borganimdan keyin to’lasam bo’ladimi?

Javob 24:

Afsuski, biz bunday prinsipda ishlay olmaymiz. Bunga asosiy sabab shuki, bir insonga xizmat ko’rsatish uchun biz o’z vaqtimizni sarflaymiz. Agar xizmat haqini oldindan olmasak, sarflangan vaqt va mehnat uchun to’lov olmagan bo’lamiz. Vaholanki, bu vaqtni xizmat haqini oldindan to’laydigan boshqa bir insonning ishiga sarflasak yaxshiroq bo’ladi. Bundan tashqari nasiyaga ish qilish har doim juda qiyin bir munosabatlarga olib kelishi mumkin. Kanadada yuristlarning asosiy ishlash prinsipi ham shunga bog’liq. Yani, agar ishni boshlamasdan oldin, pul va xizmat haqi ustidan tortishuvlar va noaniqliklar mavjud bo’lsa, bunday ishni qo’lga olmagan ma’qulroq. Chunki “zar qadrini zargar biladi” deganidek, yuridik masalalarni hal etish uchun ketadigan vaqt va mehnatning qadrini faqat yuristning o’zi bilsa kerak. Shundan kelib chiqib, yurist o’z xizmat haqini belgilaydi.



Rakhmad Sobirovtayyorladi

_______________________________________________________



Rakhmad Sobirov, JD, LLM, LLB

Barrister & Solicitor, Notary Public

Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetining Xalqaro huquq fakultetini 2003-yilda bitirib, Vengriyaning Budapesht shahridagi Markaziy Yevropa Universitetida (Central European University) Qiyosiy konstitutsiyaviy huquq yo’nalishi bo’yicha (LL.M. in Comparative Constitutional Law) magistraturani bitirgan. Bir necha xalqaro tashkilotlarda, xususan, EXHT Kotibiyatida (Vena, Avstriya) va Xalqaro Jinoiy Sudda (Gaaga, Gollandiya) amaliy tajriba orttirib, Kanadaning Ottava Universitetining huquq fakultetini 2011-yilda tugatgan (Juris Doctor in Common Law).

Hozirgi kunda Kanadaning Toronto shahrida Sobirovs Law (www.sobirovs.com) yuridik firmasini tashkil etib, yurist va notarius faoliyatini olib bormoqda. Ayni paytda Bombardier Aerospace samolyotsozlik korporatsiyasida shartnomalar va muzokaralar olib borish bo’yicha mutaxassis bo’lib ishlaydi.  Tashabbus.uz saytida Rakhmad Sobirov tomonidan bildirilgan fikrlar Bombardier Aerospacega tegishli deb hisoblanmasligi kerak.



Aloqador Maqolalar:

  1. Saytimizda savol-javoblar to’plami tuzildi Saytimizda yana bir muhim yangilikka qo’l urildi. Shu kungacha yuristlarimiz...

  2. Kanadaga immigratsiya qilishning yangi imkonlari (Ikkinchi maqola) Rakhmad Sobirov* Oldin nashr etilgan maqolamizda (“Kanadada yashash huquqini qanday...

  3. Kanadaga kelishning yanada osonroq yo’li: Nova Skosha yangi Immigratsiya dasturini e’lon qildi Yangi hayotni Yangi Shotlandiyada boshlashga nima deysiz? Nova Scotia (o’qilishi...

  4. OVIR haqida qisqa savol-javoblar Savol: Chet elda ishlayotgan kishi OVIRi tugagach O’zbekistonga borsa, qayta OVIR...

Tags: immigratsiyaKanada



One Comment

  1. Jamshidbek

July 1, 2014 at 06:06

Assalomu aleykum Rakhmadaka, siz haqingizda uqidim, juda zur. Alloh hamisha ishlaringizgà rivoj bersin.


Men Jamshid umurzakov, Britaniyaning Manchester shahrida CIMA da uqiyman, lekin Uzbekistonda ham HUQUQ VA MANAVIYAT ASOSLARI buyicha bakalavr diplomim bor.
Savolim quyidagicha, men CIMAni (CHARTERED INSTITUTE OF MANAGEMENT ACCOUNTING) bitirib Kanadaga murojaat qilganim maqulmi yoki Uzbekistondagi diplomim bilan ham murojaat qilishim mumkinmi?
Iltimos savolimga javob yozing!

Oldindan katta rahmat


Salom bilan Jamshidbek!
Download 44.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling