Oilaviy hayotga tayyormisiz? testi


Download 449.39 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.04.2023
Hajmi449.39 Kb.
#1407982
Bog'liq
Oilaviy hayotga tayyormisiz



Oilaviy hayotga tayyormisiz? testi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
Bizning TELEGRAM dagi kanalimizga a’zo bo‘ling! 
 
 
@Psixodiagnostika
 
 
 


Oila muqaddas qo`rg`on. Uning poydevori mustahkam bo`lmasa, totuv hayot 
kechirishi amri mahol. Umrimizning birinchi choragida turmush o`rtoq 
tanlashimizni inobatga olsak, hayotimizning aksar qismini o`z oila 
qo`rg`onimizni qurish va mustahkamlash bilan band bo`lamiz. Siz bu ma`suliyatli 
ishga qanchalar tayyorsiz? Quyidagi test ushbu savolga javob topishga yordam 
berishi shubhasiz! Javoblaringiz orasida qaysi harflar ko`pligini yozib boring. 
1. Quyidagi so`zlardan qay birini nutqingizda ko`p ishlatasiz? 
A) Shunday bo`lishini xohlayapman. 
B) Qila olaman. 
V) Bajarishim shart. 
2. Sevgan insoningiz bilan o`rtangizda bo`lib o`tgan so`nggi kelishmovchilikni 
yodga oling. Sizning fikringizcha kim aybdor edi? 
A) Faqat u. 
B) Ikkimiz birdek aybdormiz. 
V) Hech kim, bu haqda gapirishni istamayman. 
3. Adolat haqida qanday fikrdasiz? 
A) Agar haqiqat bo`lganida edi... (bu gapni bemalol davom ettira olasiz). 
B) Dunyoni adolat ustunlari ushlab turibdi! 
V) Ochig`i, aniq bir nima deyolmayman. Buning uchun biror bir vaziyatga qarab 
xulosa chiqarish mumkin. 
4. Mehnat qilib, ishlab topgan mablag`ingizni qanday sarflaysiz?  
A) Hammasini turmush tashvishlari va xursandchilik uchun ishlataman. 
B) Mablag`imning ma`lum bir qismini ishlatib, qolganini jamg`arib boraman. 
V) Huda-behudaga pul sarflamayman, asosan yig`aman. 
5. Baxtingiz va xotirjamligingiz kim yoki nimalarga bog`liq deb hisoblaysiz? 
A) Atrofimdagilarning menga munosabatiga. 
B) Barchasi o`zimga bog`liq. 
V) Yaqinlarim tinch bo`lsa, men ham tinchman. 


JAVOBLARINI HISOBLAYMIZ! 
«A» harfi ko`p bo`lsa... 
Siz hozircha oilaviy hayotga tayyor emassiz. Turmush qurish hamda farzandli 
bo`lishga shoshmaganingiz ma`qul. Yaxshisi, o`z ustingizda ishlang. 
Dunyoqarashingizni kengaytiring, sayohatga chiqing, xorijiy tillarni o`rganing. 
Maslahatimiz, falsafiy badiiy filmlar tomosha qiling, ko`proq psixologik kitoblar 
o`qing. 
«B» harfi ko`p bo`lsa... 
Siz mas`uliyatli insonsiz. Har bir qadamingizni o`ylab bosasiz, gapirishdan avval esa 
aytar so`zingizni mulohaza qilasiz. Bu xislatlaringizga tasanno aytmay iloji yo`q. 
Vaqtni boy bermay, oila qurishga shoshiling! Chunki siz sevikli umr yo`ldosh va 
mehribon ota yoki ona bo`lishga tayyorsiz! 
«V» harfi ko`p bo`lsa... 
Oila qurishga tayyorsiz. Nima istayotganingiz, buni qanday amalga oshirish 
kerakligini yaxshi bilasiz. Kirishimli ekanligingiz oilaviy hayotda uchrashi mumkin 
bo`lgan turli vaziyatlarda asqatadi. 
AGAR... 
Harflar miqdori teng bo`lsa, siz hozir o`tish bosqichidasiz. Hayotingizda muhim 
o`zgarishlar ro`y berishi kutilmoqda. Avvalo o`zingiz ulg`aymoqdasiz. Bu ishda sizga 
omad tilab qolamiz!

Download 449.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling