Bilishning mazmun va mohiyati ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/40
Sana19.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1361752
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40
Bog'liq
5-ma\'ruza matni

Tafakkurning asosiy shakllari. Tafakkur jarayonining oqilona mazmuni tarixiy rivojlanish jarayonida yaratilgan 
mantiqiy shakllar qobig
‘iga o‘raladi. Tafakkur o‘zining asosiy shakllari – tushunchalar, mulohazalar va xulosalar 
ko
‘rinishida yuzaga kelgan, rivojlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
Tushuncha 
narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks etuvchi fikr. Tushuncha – 
tafakkur, tushunish faoliyatining mahsuli. Ular nafaqat narsalar va hodisalarning umumiy jihatlarini aks ettiradi, balki ularni 
bir-biridan ajratadi, ular o
‘rtasida mavjud farqlarga qarab ularni guruhlaydi, tasniflaydi. Bundan tashqari, biz biror narsa 
haqida tushunchaga ega ekanligimizni ta'kidlar ekanmiz, bunda mazkur ob'ektning mohiyatini tushunishimizni nazarda 
tutamiz. Masalan, «inson» tushunchasi nafaqat muhim umumiy, ya'ni barcha odamlarga xos bo
‘lgan jihatni, balki har qanday 
odamning boshqa har qanday narsalardan farqini ham aks ettiradi, mazkur odamning mohiyatini tushunish esa, umuman 
insonning mohiyati, ya'ni inson haqidagi tushunchaning mazmunini bilishni nazarda tutadi: «Inson 
– aql, so‘zlashish va 
mehnat qilish qobiliyatiga ega bo
‘lgan bioijtimoiy mavjudot».
Sezgi, idrok va tasavvurlardan farqli o
‘laroq, tushunchalar ko‘rgazmalilik yoki hissiylikdan xolidir. Idrok 
daraxtlarni, tushuncha 
– umuman daraxtni aks ettiradi. Tushunchaning mazmunini ko‘pincha aniq obraz ko‘rinishida 
tasavvur qilish mumkin emas. Inson, masalan, yaxshi odamni tasavvur qilishi mumkin, biroq u yaxshilik, yomonlik, 
go
‘zallik, qonun, yorug‘lik tezligi, sabab, qiymat kabi tushunchalar va jarayonlarni sezgi obrazi ko‘rinishida tasavvur qila 
olmaydi. Har qanday fanning barcha tushunchalari haqida shu fikrni aytish mumkin. Ularning ob'ektiv ta'rifi ko
‘rgazmalilik 
chegaralaridan tashqarida bilvosita aniqlanadi.
Tushuncha muhim jihatlar va xossalarni aniqlaydi va ularni o
‘zida mujassamlashtiradi: tushuncha mohiyatning 
fikrda ifodalangan obrazidir. Shuning uchun ham oz sonli tushunchalar son-sanoqsiz narsalar 
– xossalar va munosabatlarni 
qamrab oladi. Tushunchalar turli davrlarda mazmunan har xil bo
‘lgan. Ular ayni bir inson rivojlanishining turli darajalarida 
har xildir. Haqiqiy ilmiy tafakkur madaniyati biron-bir tushunchani aniq ta'rifsiz qoldirmaslikni o
‘zi uchun qoida deb biladi. 
Buyuk mutafakkir Suqrot tushunchalarni mantiqiy jihatdan aniq ta'riflash haqiqiy bilimning bosh shartidir, degan edi. 
Tushunchalar inson ongida ma'lum bog
‘lanishda, mulohazalar ko‘rinishida yuzaga keladi va mavjud bo‘ladi. Tafakkur – 
biror narsa haqida hukm chiqarish, narsaning turli tomonlari o
‘rtasidagi yoki narsalar o‘rtasidagi muayyan aloqalar va 
munosabatlarni aniqlash demakdir.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling