Bilishning mazmun va mohiyati ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Hissiy, empirik va nazariy bilish birligi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/40
Sana19.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1361752
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
5-ma\'ruza matni

Hissiy, empirik va nazariy bilish birligi. Ko
‘p sonli ma'lumotlar sezgi a'zolari orqali va oqilona bilish nafaqat 
bir-biri bilan bog
‘liq, balki bir-birini taqozo etishidan dalolat beradi. Inson ruhiyati bir-birini belgilashning ko‘p sonli 
zanjirlariga ega bo
‘lgan murakkab tizimidir. Shu sababli, sezgining mazmuni nafaqat tashqi ta'sirlantiruvchi kuch, balki 
tafakkur, xotira, xayolning holati bilan ham belgilanadi. Sezish va tafakkur mumkin bo
‘lgan narsalar o‘zaro mushtarakdir.
Aytaylik, bizni - sariq, yumaloq va shirin «olma»ning ruhiy obrazi qiziqtiradi. Bu yerda uch tushuncha: rang 
tushunchasi, geometrik shakl tushunchasi va ta'm tushunchasi aniq-ravshan ko
‘rinib turibdi. Rang tushunchasi har xil 
ranglarni qamrab oladi, biroq ayni holda ularning orasida faqat sariq rang mavjud. Ta'm tushunchasi ayni holda «shirin» 
tushunchasi bilan ifodalangan. Olmaning ruhiy obrazi ko
‘p sonli tushunchalar va ularning sezgi darajasida aniqlash mumkin 
bo
‘lgan ko‘rsatkichlarining kesishuvi sifatida amal qiladi.
Agar tushunchalarni chiziqlar, sezgi shakllarini 
– nuqtalar bilan ifodalasak, har qanday ob'ektning ruhiy obrazi 
chiziqlar va nuqtalarning kesishish markazi sifatida amal qiladi.
Bilishning sezish va tafakkur shakllari kesishish nuqtasida yaxlit bir butun narsani hosil qiladi. «Bu olma»ning 
yaxlit ruhiy obrazi sifatida «olma» tushunchasi bilan olma haqidagi tasavvurning sintezi amal qiladi. Olma tushunchasi 
aynan «shu» olmaning yaxlit ruhiy obrazi emas. Olma haqidagi tasavvur olma obrazini yaratmaydi. Faqat birgalikda, bir-biri 
bilan chatishgan holda olma tushunchasi va olma haqidagi tasavvur «bu olma»ning yaxlit ruhiy obrazini yaratadi.
Sezgi a'zolari orqali va oqilona bilishning birligini ifodalash uchun alohida atama kerak. Antik falsafa va 
adabiyotda qo
‘llanilgan «eydos» atamasi, bizningcha, sezgi a'zolari orqali va oqilona bilishning birligini ifodalash uchun eng 
qulay va aniq atamadir. Eydos «ko
‘rinish, obraz» degan ma'noni anglatadi. Antik falsafada eydos deganda ko‘pincha 
tafakkur va ko
‘rish mumkin bo‘lgan narsalar tushunilgan. «Eydos» atamasi odatda sezgi a'zolari orqali va aql bilan bilish 
mumkin bo
‘lgan narsalar to‘g‘risida so‘z yuritilgan hollarda qo‘llaniladi.
Bilish nafaqat sezish va anglash mumkin bo
‘lgan narsalar, balki eydoslardan ham iborat. Hodisaning eng yaxlit 
ruhiy obrazi eydosdir.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling