Bilishning mazmun va mohiyati ma'ruzani olib borish texnologiyasi
Bilishning empirik va nazariy darajalarini farqlash mezonlari
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
5-ma\'ruza matni
Bilishning empirik va nazariy darajalarini farqlash mezonlari. Nazariy va empirik narsalar va hodisalar
muammosi xususida juda ko ‘p metodologik adabiyotlar mavjud. Bilishning bu darajalarida XX asrning 30-yillarida pozitivizm ta'limotida fan tilini tahlil qilish natijasida empirik va nazariy atamalar ma'nosidagi farqlar aniqlangan. Bu farq tadqiqot vositalariga ham taalluqli. Biroq, bundan tashqari, tadqiqot predmetining xususiyati va uni o ‘rganish metodlarining har xilligini e'tiborga olib, ilmiy bilishning ikki darajasini ham farqlash mumkin. Bu farqlarni mufassalroq ko ‘rib chiqamiz. Nazariy va empirik tadqiqot vositalarining o ‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Empirik tadqiqot zamirida tadqiqotchining o ‘rganilayotgan ob'ekt bilan amalda bevosita aloqa qilishi yotadi. U kuzatishlarni amalga oshirish va eksperiment o ‘tkazishni nazarda tutadi. Shu sababli empirik tadqiqot amalda kuzatish va eksperimentda asboblar, moslamalar va boshqa vositalarni o ‘z ichiga oladi. Nazariy o ‘rganishda tadqiqotchi ob'ektlar bilan amalda bevosita aloqa qilmaydi. Bu darajada ob'ekt faqat bilvosita, amalda emas, balki tafakkur yo ‘li bilan amalga oshiriladigan eksperimentda o‘rganilishi mumkin. Eksperimentlar va kuzatishlarni tashkil etish bilan bog ‘liq vositalardan tashqari, empirik tadqiqotda tushunchalar apparatidan ham foydalaniladi. Tushunchalar bu yerda ko ‘pincha fanning empirik tili deb ataladigan alohida til sifatida amal qiladi. Bu til ancha murakkab tuzilishga ega bo ‘lib, unda empirik atamalar va nazariy til atamalari o‘zaro ta'sirga kirishadi. Empirik atamalar empirik ob'ektlar deb nomlash mumkin bo ‘lgan alohida abstraksiyalarni anglatadi. Ularni borliq ob'ektlaridan farqlash lozim. Empirik ob'ektlar – bu amalda narsalar xossalari va munosabatlarining ayrim to‘plamiga ega bo ‘lgan abstraksiyalardir. Borliq ob'ektlari empirik bilishda aniq qayd etilgan va cheklangan belgilar to‘plamiga ega bo‘lgan ideal ob'ektlar obrazida namoyon bo ‘ladi. Nazariy bilishga kelsak, unda boshqa tadqiqot vositalari qo ‘llaniladi. Bu yerda o‘rganilayotgan ob'ekt bilan moddiy, amaliy o ‘zaro ta'sirga kirishish vositalari mavjud emas. Biroq nazariy tadqiqot tili ham empirik tavsiflar tilidan farq qiladi. Uning negizi sifatida nazariy ideal ob'ektlarni anglatuvchi nazariy atamalar amal qiladi. Ular shuningdek ideallashtirilgan ob'ektlar, mavxum ob'ektlar yoki nazariy konstruktlar deb ham ataladi. Ular borliqning mantiqiy rekonstruksiyalari hisoblanadigan alohida abstraksiyalardir. Birorta ham nazariya bunday ob'ektlar yordamisiz yaratilmaydi. Bilishning empirik va nazariy darajalari nafaqat tadqiqot faoliyatining vositalari, balki metodlariga ko ‘ra ham farq qiladi. Empirik darajada asosiy metodlar sifatida amalda eksperiment o ‘tkazish va kuzatishdan foydalaniladi. Bu yerda o ‘rganilayotgan hodisalarni ob'ektiv tavsiflashga qaratilgan empirik tavsiflash metodlari ham muhim o‘rin tutadi. Nazariy darajada bilishga kelsak, bu yerda alohida metodlar, chunonchi: ideallashtirish (ideallashtirilgan ob'ektni yaratish metodi); ideallashtirilgan ob'ektlar bilan nazariy eksperiment o ‘tkazish; nazariyani yaratishning alohida metodlari (mavxumdan muayyanga yuksalish, aksiomatik va gipotetik-deduktiv metodlar); mantiqiy va tarixiy o ‘rganish metodlari va hokazolardan foydalaniladi. Metodlar va vositalarning bu o ‘ziga xos xususiyatlari empirik va nazariy o‘rganish predmetining o‘ziga xosligi bilan bog ‘liq. Bu darajalarning har birida tadqiqotchi ayni bir ob'ektiv borliq bilan ish ko‘rishi mumkin, biroq u mazkur borliqni har xil nuqtai nazardan o ‘rganadi, shu sababli uning bilimlardagi ifodasi har xil ko‘rinishga ega bo‘ladi. Shunday qilib, empirik va nazariy bilimlar bir-biridan predmeti, tadqiqot vositalari va metodlariga ko ‘ra farq qiladi. Biroq ularning har birini farqlash va alohida ko ‘rib chiqish abstraksiyadan iborat. Amalda bilimning bu ikki qatlami doimo o ‘zaro aloqa qiladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling