Bilmagan holda) aniqladi. "Ekonomiks prinsiplari" (1890) A. Marshallning bosh asari bo`lib, olti jilddan iborat


Download 26.99 Kb.
bet3/4
Sana25.10.2023
Hajmi26.99 Kb.
#1722694
1   2   3   4
Bog'liq
UMID

1.Alfred Marshall ta’limoti
2. Kembrij maktabi
3. Neoklassik iqtisodiy nazariyasi
4. Ekonomiks prinsiplari

  1. . Alfred Marshall

(1842-1924) iqtisodiyotda neoklassik (yangi klassik) yo`nalishning yetakchi vakili, marjinalizmning "kembrij maktabi"lideri hisoblanadi. Kembrij universitetida o`qidi, uni tugadi va shu yerda butun hayoti davomida o`qituvchilik qildi. U siyosiy iqtisod fanidan (1863 yildan to 1908 yilgacha) dars berdi. 1902 yildan boshlab yangi "Ekonomiks" fanini kiritdi va siyosiy iqtisod fani asta-sekin siqib chiqarildi. Marshall marjinalizm g`oyasini musbat ravishda (Jevonani bilmagan holda) aniqladi.
MARSHALL (Marshall) Alfred (1842.26.7. London - 1924.13.7, Kembrij) — ingliz iqtisodchisi, Kembrij untining siyosiy iqtisod prof. (1885—1908). Iqtisodiyotdagi neoklassik yoʻnalishning Kembrij maktabi asoschisi. M. "Siyosiy iqtisod" oʻrniga siyosiylashmagan "ekonomike" atamasini kiritdi. U oʻz asarlarida xoʻjalikning ideal modeli "mukammal raqobat" tufayli vujudga kelishi mumkinligini koʻrsatadi. Harajatlar, talab va taklif, mehnat unumdorligi toʻgʻrisidagi nazariyalarni 19-asr oxirida keng tarqalgan meʼyoriy naflilik (chegaraviy naf) nazariyasi bilan qoʻshishga harakat qilgan. Unga kura bozor narxi eng yuqori (chegaraviy) naf asosida aniqlanadigan talab narxi va eng yuqori harajatlar bilan topiladigan taklif narxi chiziqlarining kesishish nuqgasi ("Marshall xochi" deb yuritiladi). Marshall nazariyasiga ko'ra har qanday jamiyatni inqirozdan qutqarishni eng yaxshi usuli bu fohishalarni ko'paytirishdan iborat deydi

2.Kembrij maktabi - iqtisodiy nazariyada 19-asr oxirida paydo boʻlgan yoʻnalishlardan biri. Asoschisi Kembrij universiteti siyosiy iqtisod kafedrasiga 1885—1908 yillarda rahbarlik qilgan K.Marshall. K.m.ning asosiy qarashlari A.Marshallning "Ekonomiks prinsiplari" (1890) asarida bayon etilgan. K.m. gʻoyalari keyinchalik Marshallning izdoshlari A.S.Pigu va D.X.Robertson hamda neoklassik yoʻnalish namoyandalari tomonidan rivojlantirildi. K.m. siyosiy iqtisoddagi klassik maktab gʻoyalarini (erkin tadbirkorlik, xususiy mulk ustuvorligi, erkin narxlar, raqobat, davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi va b.) rivojlantirdi va marjinalistik qarashlar bilan uygʻunlashtirdi. K.m. namoyandalari qarashlarida meʼyoriy naflilik nazariyasiga asoslanadigan narx nazariyasi, bozor muvozanati muhim oʻrinni egallaydi. Bozor munosabatlarining 3 asosiy negizi — narx, talab va taklif oʻzaro bogʻliklikda qarab chiqiladi. Klassik maktab vakillari asoslab bergan qiymatning mehnat nazariyasi qatʼiyan rad etiladi va mahsulotning nafliligi va noyobligi birinchi oʻringa qoʻyiladi. A.Marshall asarlari iqtisodiy nazariyadagi mikroiqtisodiy yoʻnalishga asos soldi (qarang Mikroiqtisodiyot). Pigu iqtisodchilar orasida birinchi boʻlib, chegaralangan daromadlar nafi pasayib borishini asoslab, daromadlarni adolatli taqsimlash asosida "umumiy farogʻat davlati" konsepsiyasini olgʻa surdi. K.m. gʻoyalari 20-asrning 30-y.lariga qadar iqtisodiy nazariyada asosiy mavqeni egallab keldi
3.
Download 26.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling