Bilmasboy quyosh shahrida


Download 352.1 Kb.
bet16/31
Sana08.03.2023
Hajmi352.1 Kb.
#1250853
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
Bilmasboy quyosh shahrida

O'n olltinchi bob


KONSERT

Mashhur sayyoh Bilmasvoy va uning kasalxonaga tushib qolgan o'rtoqlari haqidagi xabar butun shaharga yoyildi. Zag'chaxon bilan Do'mbog'oy charchamasdan uyma-uy yugurib, yangilik haqida o'z sheriklariga aytib berishdi. Eshitgan o'rtoqlari o'z navbatida boshqa o'rtoqlariga, boshqalari bo'lsa, yana boshqalariga aytib berishdi. Butun shahar aholisi buyruq olganday kasalxonaga yo'l oldi. Har bir qizaloq nimabilan bo'lsada, yiqilgan bolalarga yordam bermoqchi bo'lardi.


Ular har xil narsa olib kelishgan edi. Ba'zi birida xushho'r pirog, boshqasida esa qiyom, yana birida shirinlik yoki sharbat bor edi.
Kasalxona yo'li yarim soat ichida qizaloqlarga to'lib ketdi. Buncha ko'p kishini kasalxonaga kiritib bo'lmaydi, albatta. Asalxon eshik oldidagi zinaga chiqib, kasallar hech nimaga muhtoj emas, shuning uchun deraza tagida shovqin solmasdan barcha uy-uyiga tarqalsin, dedi. Ammo qizaloqlar ketishni xohlashmasdi. Bilmasvoy nomli eng mashhur bola o'z o'rtoqlari Bo'yoqvoy va Mashshoqvoy bilan kasalxonadan chiqar ekan, degan gap ularga ma'lum bo'libdi.
Asalxon hamma tarqalib ketmaguncha Bilmasvoy chiqmaydi deb yana e'lon qildi. Lekin qizaloqlar uy-uylariga ketmay, kasalxona ko'chasidagi dugonalarinikiga kirishdi. Bilmasvoy, Bo'yoqvoy va Mashshoqvoylar Oppog'oy bilan Ko'kko'z boshchiligida ko'chaga chiqishganda hamma derazalardan o'nlab qizaloqlar qarashayotganini ko'rishdi. Bilmasvoy bu e'tibordan juda mamnun edi. Ba'zi ovozlar unga ham eshitilardi:
— Aytinglar-chi, aytinglar-chi, mashhur Bilmasvoy qaysi biri?
— Bilmasvoy huv anovi sariq shimligi.
— Anovi shalpang qulog'imi? Hech ham uni Bilmasvoy demasdim. Ko'rinishidan ancha tentakka o'xshaydi-ku.
— Yo'q, aniq, aniq! Ko'rinishdan tentakka o'xshasa ham, lekin ko'zidan aqllikka o'xshaydi.
Burchakdagi uyning ikkinchi qavatidan bitta qizaloq Bilmasvoyni ko'rib qo'llarini silkib, ingichka, chiyildoq tovush bilan qichqirdi:
— Bilmasvoy, Bilmasvoy, ura!
U derazadan ko'chaga shunday intildiki, yiqilishiga sal qoldi. Yaxshiyam boshqa qizaloqlar oyog'idan ushlab tortib olishdi.
Voy anovini, uyat-ku! Hali bu Bilmasvoy kim bilsin, o'zini nimalar deb o'ylab yurarkan! — dedi ozg'ingina yuzli, qirra burun qizaloq.
— Sizniki to'g'ri, Qaldirg'och, — deb javob berdi unga tepa labi qayrilib, oq tishlari yarqirab turgan boshqa qizaloq. — Bolalarga qaraganingni o'zlari sezmasin. Sho'xligini hech kim pisand qilmaganiga ishonsa, o'zi sho'xlik qilmay qo'yadi.
— Mana shuni aytyapmanda, Moshxon, — deb tasdiqladi Qaldirg'och. — Bolalarni pisand qilmaslik kerak. Pisand qilmaganingizni ko'rishsa bormi, pisand qilmas ekan deb bizni kamsitishdan cho'chishadi.
Qaldirg'och bilan Moshxon pichir-pichir, vijir-vijir qilib, pufakda uchib kelgan bolalarga nazar-pisand qilmaslik zarurligini uqtirishardi. Hamma qizaloqlar,
agar ko'chada ularni uzoqdan ko'rib qolguday bo'lsak, e'tibor bermay yo orqaga qaytarniz, yo bo'lmasa ko'chaning boshqa tomoniga o'tib olamiz, deb shartlashishdi.
Ammo bu shartlashishdan foyda chiqmadi. Bo'yoq­voy rassom, Mashshoqvoy bo'lsa nay chaladigan mashhur musiqachi ekanligi, tasodifan, hammaga ma'lum bo'lib qoldi. Hamma ham tezda nay ovozini eshitishni istardi, nega deganingizda Yashil shaharda faqat chiltor chalishni bilishar, sirayam nayni eshitishmagan edi. Ko'plar hatto shunaqa cholg'u asbobi borligini ham bilishmas edi.
Bo'yoqvoy bilan Mashshoqvoyning Olmazor maydonchasida o'z dugonalari bilan yashaydigan Tugmaoy degan qizaloqning uyiga kelishganini hammalari tezda bilib olishdi. Uyning ikkinchi qavatida derazalari katta, yop-yorug', kenggina xona bor edi. Bu xona yorug' bo'lganidan Bo'yoqvoyga yoqib qoldi. Mashshoqvoy bilan ikkalasi shu yerga joylashishni istab qoldi.
Bu tepadagi xonaning derazasi to'ppa-to'g'ri Olmazor maydonchasiga qaragan edi. Hech qachon bunchalik gavjum bo'lmagan Olmazor maydoni bugun kechqurun sayr qilib yurgan qizaloqlarga to'lib ketdi. Ular ikkitadan bo'lishib maydonchadan o'tishar va ikkinchi qavatdagi yorug' derazaga zimdan qarab qo'yishardi. Turgan gap, ular Bo'yoqvoy bilan Mashshoqvoyni ko'rish uchun kelishmagan, balki sabrsizlanib, musiqa eshitishni istardilar.
Ular ochiq derazadan goh sochlari silliq taralgan Mashshoqvoyning boshini, goh Bo'yoqvoyning hurpaygan sochini o'qtin-o'qtin ilg'ab qolishardi. Keyin derazadan boshlar ko'rinmay qoldi, qizaloqlar deraza tokchasiga suyanib, uzoqlarga qarab xayol surib turgan Bo'yoqvoyni ko'rishdi. Bo'yoqvoyning ketidan Mashshoqvoy deraza yonida paydo bo'ldi. Ular ikkovi atrofga alanglab, qo'llarini siltab allanimani muhokama qilisha boshlashdi. Keyin ikkovi derazadan boshini chiqarib, pastga engashib qarashdi. So'ngra ikkinchi qavatdan bir martadan tuflashdi-da, tag'in derazadan g'oyib bo'lishdi.
Endi hech qanaqa qiziq voqea bo'lmasa kerak deb o'ylashsada, lekin qizaloqlar tarqab ketishmadi. Shu zahoti derazadan ariqdagi suvning shildirashiga o'xshagan mayin, yoqimli nay ovozi eshitildi. Nayning ovozi ba'zan to'lqinga o'xshab birining ketidan biri astagina oqib ketar, ba'zan bo'lsa havoda o'mbaloq oshganday, sakraganday bo'lar, bir-birining orqasidan quvlashar va o'zaro to'qnashib olishardi. Bundan hammaning ko'ngli shod. Nayning yoqimli ovozi go'yo hammaning qo'lidan, oyog'idan tortganday tuyular, beixtiyor o'yinga tushib ketgisi kelardi.
Uylarning derazasi astagina ochildi. Maydonda harakat to'xtadi. Hamma jimib, kuyni berilib eshitardi.
Oxiri nay ovozi tindi. Lekin shu zahotiyoq qarshi tomondagi uyning derazasidan chiltorning ovozi eshitildi. Chiltor hali hech kim eshitmagan bu yangi kuyni qaytarishga harakat qilardi. Kimningdir barmoqlari chiltor torlarini ohista chertardi. Oldiniga tezkor boshlangan kuy sekin-asta susaydi, oxiri batamom tinib qoldi. Ammo shu ondayoq nay yordamga kelib davomini boshlab yubordi. Chiltor jonlanib qat'iyroq kuylay boshladi. Unga qo'stfni uydajj ikkinchisi jo'r bo'ldi, keyin yana boshqasi. Musiqa balandroq va quvnoqroq jaranglay boshladi.
Bo'yoqvoyga bo'yoq va mo'yqalamlarini beraman deb yugurib kelgan Bilmasvoy uy oldidagi maydonda bo'layotgan tomoshani ko'rib qoldi. Butun maydon ajoyib konsert tinglayotgan qizaloqiar bilan to'lib ketgan edi. Konsertni Bilmasvoy ham eshitdi, u hatto bir oyoqlab sakradi ham. Lekin o'yiniga hech kim e'tibor bermayotganini payqab, qo'l siltadi va uyga kirib ketdi.



Download 352.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling