Bilmasboy quyosh shahrida


Download 352.1 Kb.
bet28/31
Sana08.03.2023
Hajmi352.1 Kb.
#1250853
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Bilmasboy quyosh shahrida

Yigirma sakkizinchi bob


YARASH-YARASH

Ertasi hamma sabrsizlanib kutgan bazm boshlandi. Raqs maydonchasi atrofidagi yasatilgan kapalar juda chiroyli bo'lib, yaltirab turardi. Maydoncha ustidan tortilgan arqonchalarga esa turli chiroq va bayroqchalar osilgan edi. Shunaqa bayroqcha va chiroqlar atrofdagi daraxtlarda ham bor edi. Har bir daraxt bezatilgan yangi yil archasiga o'xshardi.


Gullar bilan bezatilgan shiyponchaning ikkinchi qavatiga o'n qizaloqdan iborat cholg'u guruhi joylashgandi, har bitta qizaloq chiltor chalardi. Bu yerdagi chiltorlar qo'lda ko'tarsa bo'ladigan chiltorlar edi. Tizzaga qo'yib chaladigan chiltorlar ham bor edi, shuningdek polda turadigan chiltorlar ham qo'yilgandi. Bitta juda kattakon chiltorni esa zinaga chiqib chalishga to'g'ri kelardi.
Hali shorn tushmasdan barcha maydoncha atrofiga to'planib, Varrakxonadan keladigan mehmonlarni kutishardi. Birinchi bo'lib Mixvoy keldi. U ozoda ko'ylak kiygan, toza yuvingan va tarangan edi. To'g'ri, faqat boshining tepasidagi ozgina sochi xo'rozning tojiga o'xshab dikkayib turardi. Ammo Mixvoyning hafsala bilan tarangani sezilardi.
— Mana endi yaxshi bola bo'libsiz, — dedi unga Moshxon. — Bunaqa yasanib, ozoda bo'lib yurish o'zingizga ham yoqsa kerak.
— Albatta, — deb qo'shildi Mixvoy, ko'ylagini tuzatib.
Mixvoyning ketidan Buramavoy bilan Kulchavoy keldi, ularning ortidan varrakxonalik boshqa bolalar paydo bo'la boshladi. Ularni hech kim taklif qilmagan bo'lsada, ammo har biri yuborilgan meva uchun minnatdorchilik bildirishga kelganini aytdi. Ularni shu zahoti bazmga qolishga taklif qilishdi.
Bilmasvoy bo'lsa, rostdan ham qoqigul orasida bazm boshlanguncha o'tirdi. Ochig'ini aytganda, u o'sha joyda o'tirgandan ko'ra ko'proq yotdi, to'g'risi, uxladi, ammo bolalarning yig'ila boshlaganini ko'rgan zahoti o'tning ichidan chiqa solib, to'g'ri maydoncha tomon yo'l oldi.
Bolalar uni ko'rib qolib baqirishdi:
— Ey yolg'onchi, sen ham kelibsanda! Qani, buyoqqa kelib oyog'ing osmondan bo'lib uchganingni aytib berchi!
— Qani, sharbat o'rnida bulutni yeganingni aytib berchi! — deb uning oldiga sakrab kelib baqirdi Bo'g'irsoq.
Bilmasvoy qattiq xafa bo'ldi. U burilib boshi oqqan tarafga jo'nadi. Bolalar uning ketidan allanimalar deb baqirishdi, kulishdi, lekin bular uning qulog'iga kirmadi.
U yo'lning farqiga bormay, yuraverib, shaharning chetiga chiqib qoldi. Taxta devorga qoqilib tushib, peshonasini g'urra qilib oldi. To’xtadida, boshini ko'tarib devorga qaradi va «Bilmasvoy ahmoq» degan yozuvga ko'zi tushib qoldi.
— Ana xolos! — dedi Bilmasvoy. — Halitdan mening to'g'rimda devorga yoza boshlashibdi.
Uning shunaqayam xo'rligi keldiki, aslo aytib bo'lmaydi. U devorga boshini tirab ho'ng-ho'ng yig'ladi.
— Oh, men qanday baxtsizman-a! — dedi u. — Endi hamma mendan kuladi! Hamma meni masxara qiladi! Dunyoda meni hech kim, hech kim yoqtirmaydi!
U devorga boshini tiragancha uzoq vaqt turib qoldi, ko'z yoshi sira to'xtamasdi. Birdan u yelkasiga kimningdir qo'l tekkizganini sezib qoldi. Keyin:
— Qo'ying, yig'lamang, Bilmasvoy! — degan yoqimli ovozni eshitdi.
U bunday qarab. Ko'kko'zni ko'rdi.
— Yig'lashning hojati yo'q, — deb qaytardi u. Bilmasvoy undan o'girilib, devorga yopishib, yanada qattiqroq yig'lay boshladi. Ko'kko'z indamasdan uning yelkasini siladi. Bilmasvoy uning qo'lini olib tashlash uchun yelkasini qimirlatdi, hatto yer tepinib ham qo'ydi.
— Qo'ying, qo'ying, bunaqa jahldor bo'lmang, deb erkalab gapirdi u. — Siz, axir, muloyim, yaxshi bolasiz. Siz yanada yaxshi ko'rinish uchun maqtangansiz, aldagansiz, xolos. Ammo endi siz sirayam bunaqa qilmaysiz-a, shunaqami? Bunaqa qilmaysiz-a? Bilmasvoy g'iq etmadi.
— Endi bunaqa qilmayman, deb ayting. Siz axir yaxshisiz-ku!
— Yo'q, men yomonman!
— Ammo bundan yomonrog'i ham bo'ladi.
— Yo'q, men eng yomonman...
— Bekor gap! Mixvoy sizdan ham battar edi. Mixvoyga o'xshab yaramas ishlar qilganingiz yo'q-ku, axir. Oxiri u ham tuzalib qoldi. Bundan chiqdi, istagingiz bo'lsa, siz ham, turgan gap, yaxshi bo'la olasiz. Ikkinchi bunaqa ish qilmayman dengda, boshqatdan yaxshi bo'la boshlang. O'tgan gapiarni endi sira esga olmaysiz.
— Mayli, endi bunaqa qilmayman! — deb qovog'ini solib to'ng'illadi Bilmasvoy.
— Ana, qarang, qanday yaxshi-ya! — deb sevinib ketdi Ko'kko'z. — Siz endi rostgo'y, qo'rqmas va aqlli bo'lishga urining. Yaxshiroq ko'rinaman deb bo'lmag'ur narsalarni to'qimasangiz, yaxshi-yaxshi ishlar qila olasiz. To'g'rimi?
— To'g'ri, — deb javob berdi Bilmasvoy.
U xo'rsinib Ko'kko'zga qaradida, ko'z yoshlari aralash jilmaydi. Ko'kko'z uning qo'lini ushladi:
— Yuring, odamlarning yoniga boramiz. Birpasda raqs maydonchasiga yetib borishdi.
Bo'g'irsoq Bilmasvoyning Ko'kko'z bilan birga kelayotganini ko'rib, bor ovozi bilan baqirdi:
— Bilmasvoy aldoqchi! Bilmasvoy ahmoq!
— Bulutni qanday qilib yutganingni aytib berchi, — deb qichqirdi Sharbatjon.
— Uyat, sizlarga, bolalar! — dedi Ko'kko'z. — Nega uni masxara qilasizlar.
— Nega o'zi aldadi bo'lmasa? — dedi Bo'g'irsoq.
— Voy, u hali sizlarni aldadimi? — deb hayron bo'ldi Ko'kko'z. — U bizni aldaganda, indamagansiz, bundan chiqdi, siz ham unga sheriksiz!
— Sizlar ham undan yaxshimassiz! — dedi Oppog'oy. — Sizlar uning yolg'on gapirganini, maqtanganini ko'ra-bila turib, hech biringiz yo'ldan qaytarmagansiz. Hech qaysingiz, bu yaxshimas, demagansiz! Qanaqasiga siz yaxshisiz?
— Biz o'zimizni yaxshi deyayotganimiz yo'qku! — deb yelkasini qisdi Bo'g'irsoq.
— O'zingiz yaxshi bo'lmaganingizdan keyin, uni masxara qilmanglarda, — deb gapga aralashdi Moshxon. — Sizning o'rningizda boshqalar bo'lganda uning tuzalishiga allaqachon yordamlashgan bo'lardi.
Bo'g'irsoq bilan Sharbatjon uyalganidan Bilmasvoyni masxara qilishmay qo'yishdi.
Qaldirg'och ularning oldiga kelib:
— Bechoragina-ya! Yig'ladingizmi? Sizni masxara qilishdimi? — dedi. — Bolalar shunaqa esi past, hovliqma bo'lishadi. Sizni xafa qildirmaymiz. Endi sizni masxara qilishlariga sira yo'l qo'ymaymiz. — U chetroqqa chiqib, qizaloqlarga shivirladi:
— U bilan muloyim gaplashish kerak. Ayb ish qilib qo'yib, jazolandi, ammo u endi ta'zirini yeb, tavba qildi. Bundan buyon o'zini yaxshi tutib yuradi.
— Albatta! — deb qo'shib qo'ydi Moshxon. — Masxara qilish yaxshi emas. Jahli chiqib, yana battar bo'ladi. Agar unga rahm qilsanglar, o'z aybini chuqur his qiladida, tez tuzalib qoladi.
Qizaloqlar Bilmasvoyning atrofini o'rab olishib, unga achina boshlashdi. Bilmasvoy bunday dedi:
— Men oldinlari o'g'il bolalar yaxshi deb, qiza­loqlarga qo'shilmasdim. Endi bilsam, bolalar sirayam yaxshi emas ekan. Bolalar nuqul meni masxara qilishdi. Qizaloqlar bo'lsa mening yonimni olishdi. Endi doim qizaloqlar bilan ahil bo'laman.



Download 352.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling