Bilvosita soliqlarning budjet daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati
-diagramma. Davlat byudjetining umumiy daromadlaridagi ulushi (%)
Download 133.5 Kb.
|
Bilvosita soliqlarning budjet daromadlarini shakllantirishdagi a
1-diagramma. Davlat byudjetining umumiy daromadlaridagi ulushi (%)Davlat byudjeti daromadlari tarkibiga sо‘nggi uch yildagi soliq siyosati choralarining о‘zgartirilishi, ilgari berilgan soliq imtiyozlarining bekor qilinishi, iqtisodiyot sektorlarida olib borilayotgan islohotlar hisobiga soliq bazasining kengaytirilishi, shuningdek xom ashyo tovarlari narxlariningdinamikasi ta’sir kо‘rsatdi. Soliq tushumlari tarkibining о‘zgarishi soliqlarning ayrim turlari bо‘yicha soliq tо‘lovchilar sonining kо‘payishi bilan ham bog‘liq. 2021 yilda bilvosita soliqlar bо‘yicha tushumlar о‘tgan yil bilan solishtirganda 9,9 trln. sо‘mga 21,2% oshib, 56,3 trln. sо‘mni tashkil etdi. 2021 yilda soliq va bojxona organlari tomonidan ma’murlashtiriladigan qо‘shilgan qiymat solig‘i bо‘yicha tushumlar 52,8 trln. sо‘mni tashkil etdi (qoplash summalarini hisobga olmaganda) yoki 2020 yil bilan solishtirganda 12,6 trln. sо‘mga oshdi.(2diagramma) Soliq xavfi tahlili soliq organlarida mavjud bо‘lgan axborotdan xavfning yuzaga kelishi holatlari va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni identifikatsiyalash va soliq tо‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilmasligining ehtimol tutilgan oqibatlarini baholash maqsadida muntazam ravishda foydalanishdir. Soliq xavfini baholash xavfning yuzaga kelishi ehtimolini va u yuzaga kelganda soliq tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi oqibatlarini muntazam ravishda aniqlab borishdan iborat. Qо‘shilgan qiymat solig‘ining byudjetga tо‘liq kelib tushishini ta’minlash bilan bir qatorda hisobga olinadigan qо‘shilgan qiymat solig‘i summasining hisoblangan soliq summasidan oshishi natijasida yuzaga keladigan soliq о‘rnini qoplash tartibi takomillashtirilmoqda. 2020 yil 1 iyulgacha faqat eksportchi kompaniyalarga qо‘shilgan qiymat solig‘ining о‘rni qoplangan. 2020 yil 1 iyuldan boshlab barcha kompaniyalarga qо‘shilgan qiymat solig‘i о‘rnini qoplash imkonini beruvchi tizim joriy etilgan va muddatlar belgilangan5. Shuningdek, 2020 yilda soliq tо‘lovchilarga 9,0 trln. sо‘m qaytarilgan bо‘lsa, 2021 yilda qoplash summasi 14,4 trln. sо‘mni tashkil etdi (kelib tushgan mablag‘larning 27,3 %).14,4 trln. sо‘m miqdoridagi qoplash summalarini hisobgaolganda 2021 yilda qо‘shilgan qiymat solig‘i bо‘yicha tushumlar hisobotda 38,4 trln. sо‘m miqdorida aks ettirildi (tushumlar qoplash summasiga kamaytirilgan). Soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish hisobiga teng raqobat muhitini yaratish hamda qо‘shilgan qiymat solig‘ini yig‘ish ma’muriyatchiligini takomillashtirish bо‘yicha kо‘rilayotgan choralar qо‘shilgan qiymat solig‘i samaradorligini oshirish imkonini berdi. Xalqaro moliya institutlari qо‘shilgan qiymat solig‘idan daromadlarni tahlil qilishda qо‘shilgan qiymat solig‘ining samaradorlik koeffitsiyentini qо‘llaydilar. Bu turli mamlakatlar turli soliq stavkalarini va soliq о‘rnini qoplash tartibini qо‘llashi bilan izohlanadi. Bunda IHTT mamlakatlari bо‘yicha о‘rtacha kо‘rsatkich 60 % atrofida bо‘lib, bu qо‘shilgan qiymat solig‘i solinmaydigan aylanmalar va pasaytirilgan stavkalar mavjudligi bilan izohlanadi. Qо‘shilgan qiymat solig‘i samaradorligi (yig‘iluvchanligi bо‘yicha) 2020 yildagi 44,5 %dan 2021 yilda 48 %gacha oshdi. (QQS yig‘ish samaradorligi =QQSdan daromad YAIMdan foizlarda / QQS stavkasi). 2021 yilda aksiz solig‘i tushumlari 2020 yil bilan solishtirganda 1,4 trln. sо‘mga oshdi va 13,1 trln. sо‘mni tashkil etdi. Tushumlarning oshishi, asosan 2021 yil fevral va oktabr oylarida soliq stavkalarini о‘rtacha 15 %ga indeksatsiya qilinishi hisobiga ta’minlandi. Bunda alokogol mahsulotlari bо‘yicha aksiz solig‘i tushumlari, stavkalarning indeksatsiya qilinishiga qaramasdan 2020 yil darajasida saqlanib qoldi. Import qilishda aksiz solig‘i tushumining kamayishi uning 2020 yil 1 avgustdan – transport vositalari uchun hamda 2021 yil 1 yanvardan – 73 ta tovar pozitsiyasi (oziq-ovqat, elektr texnika tovarlari va h.k.) uchun bekor qilinishi bilan bog‘liq. Ushbu sabablarga kо‘ra aksiz solig‘i solinadigan mahsulotlarni import qilish hajmi 978,6 mln. AQSH dollaridan 557,6 mln. AQSH dollarigacha qisqardi. Shu bilan birga, alohida turdagi tovarlar bо‘yicha aksiz solig‘i bekor qilinishi ularning rasmiy importini qonuniylashtirishga imkon berdi. Bunda, masalan 2021 yilda kolbasa mahsulotlari importi 2020 yilga nisbatan deyarli 4 baravarga о‘sgan. Download 133.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling