IPK
119-modda. Protsessual muddatlarni belgilash va hisoblash
Protsessual harakatlar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi, protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda esa ular sud tomonidan tayinlanadi.
Protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlari albatta yuz berishi kerak bo‘lgan voqea ko‘rsatilgan aniq kalendar sana bilan yoki vaqtning harakat amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan davri bilan belgilanadi.
133-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish
Kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala qaysi sudning ish yurituvida bo‘lsa, o‘sha sud tomonidan sud majlisida ko‘riladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi haqida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi.
Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi masalani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Sud kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi, unda ish yuritish tugatilganligi ko‘rsatiladi.
Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni ko‘rgan birinchi instansiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Ijro bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash masalasi kelishuv bitimi sudga taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |