Обложка и титульный лист текст научн док., 0
Download 274 Kb.
|
1-Глава.Turayev 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Lokomotivlarni ta mirlash korxonasi barcha tsexlarini yiriklashtirilgan Ko’rsatkichlari boyicha ishlab chiqish.
- 1.2 Elektr apparatlar sexining yillik dasturini hisoblash.
I. Lokomotivlarni ta'mirlash korxonasi barcha tsexlarini yiriklashtirilgan Ko’rsatkichlari boyicha ishlab chiqish. 1.1. Lokomotivni zavodda ta`mirlash texnologik jarayoni. Tortuv harakat tarkiblarini tamirlashning kapital turlari (KT-1, KT-2, KTU) zavod va O`zbekiston temir yo`llari AJ Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi tomonidan yoki shartnomalar asosida tuziladigan kvartal rejalar asosida bajariladi. Tortuv harakat tarkiblarini zavodga tamirlash uchun keltirish (depoga qaytarish) zavod va O`zbekiston temir yo`llari AJ Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi bilan kelishilgan muddatlarda amalga oshiriladi. Tortuv harakat tarkibi zavodga ishlamayotgan (sovuq) xolda keltiriladi. Bunda avtoblokirovka va radiostansiya yechilgan, tizimlardan moy, suv, yoqilg`i, qum, yong`inga qarshi qurilmadan suyuqlik to`kilgan, sanitar uzel tozalangan va dezinfektsiya qilingan, tashqi qismlar turli ifloslanishlardan tozalangan bo`lishi kerak. Tortuv harakat tarkibi bo`yicha ishlar hajmi ishlarni aniqlash byurosi (ro`yxatga olish byurosi) xodimlari tomonidan belgilanadi. U o`zaro uzluksiz bog`langan tamirlash bo`yicha ishlar hajmini aniqlash va sarf hujjatlari asosida topshirish funktsiyalarini bajarish bo`yicha markazlashtirilgan organ sifatida tuzilgan. Qabul qilish, tamirlash ishlarini ro`yhatga olish namunaviy hujjatlarini yuritish quyidagilarni taminlaydi: - tortuv harakat tarkibini tamirlash bo`yicha ishlar hajmini to`g`ri aniqlash; - alohida sexlar va uchastkalar bo`yicha tamirlash ishlari bo`yicha topshiriqlarni belgilash; - ish haqi, yangi detal va materiallar sarfini tamirlash qoidalari, soha standartlari va amaldagi yo`riqnomalarga muvofiq, tortuv harakat tarkibini tamir sifatiga zarar yetkazmaydigan xolda meyorlash; - tamirlash ishlarini detallar va operatsiyalar bo`yicha, almashtirilayotgan yig`ish birliklari va detallarni olish, shuningdek sarflanadigan materiallarni qayd qilish hujjatlarini tuzish jarayonini yengillashtirish. Tamirlash ro`yxatini yuritish va tortuv harakat tarkibini temir yo`l, depo va korxonalar vakillaridan tamirga qabul qilishni to`g`ri rasmiylatirish yetishmayotgan va katta yedirilishlarga ega detallar va yig`ish birliklarini o`z vaqtida tayyorlash, tamirlash vaqtini kamaytirish imkonini beradi va zavodni temir yo`l va boshqa korxonalar bilan o`zaro munosabatlarini normallashuviga hizmat qiladi. Tortuv harakat tarkibini kapital tamirlash jarayoni quyidagi bosqichlardan tarkib topgan: 1. Qabul qilish (bitta lokomotivga ikki kungacha). Tamir hajmini aniqlash byurosi xodimlari tomonidan quyidagi aktlarni rasmiylashtirish orqali o`tkaziladi: - tamirga keltirilgan tortuv harakat tarkibini qabul qilish va dastlabki tashqi ko`rikdan o`tkazish; - yetishmaydigan detallar bo`yicha; - kuchli yedirilishlarga ega detallar bo`yicha; - tortuv harakat tarkibi kapital tamiri tavsifi tarkibiga kirmaydigan ishlarni bajarish. 2. Jihozlarni yechib olish (qolgan yoqilg`i va moyni to`kib olish; yoqilg`i va moy tizimlarini yuvish va bug` bilan tozalash, anjomlarni yechib olish). 3. To`liq qismlarga ajratish (yig`ish birliklarini yechib olish va tamirlash sexlari va ixtisoslashgan uchastkalarga uzatish, kuzov va ramani ichki va tashqi tozalash). 4. Detallargacha qismlarga ajratish, tamirlash sexlari va ixtisoslashgan uchastkalarda bajariladi. 5. Detallarni yuvish va nuqsonlarni aniqlash, tamirlash ro`yhatini tuzish, yig`ish birliklari va ishchilarga naryadlarga talabnomalar tayyorlash. 6. Tortuv harakat tarkibi yig`ish birliklarini tiklash. 7. Yig`ish birliklarini yig`ish, sinash va rostlash, teplovoz sexiga belgilangan talablarga qatiy rioya qilgan xolda uzatish. 4-7 bandlarda keltirilgan ishlar tortuv harakat tarkibini tamirlash jarayoni asosiy liniyasiga parallel ravishda bajariladi. 8. To`liq yig`ish, ko`zdan kechirish va nuqsonlarni bartaraf etish, yonilg`i, moy, suv quyish, dizel generator qurilmasini sinash uchun ishga tushirish. 9. Reostat sinovlariga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish. 10. Yurgazib ko`rishga tayyorlash va yurgazib ko`rish, nuqsonlarni bartaraf etish, texnik nazorat bo`limiga ishlab turgan xolda topshirish, yonilg`i, moy, suvni to`kib olish. 11. Bo`yash va quritish (ichki tomonlari ikki marta, tashqi tomondan uch marta bo`yaladi). 12. Texnik nazorat bo`limiga qabul qilib olish aktini rasmiylashtirib topshirish, asboblar, uskunalar, signal moslamalari bilan taminlash, ro`yhatga olingan depo yoki korxonaga jo`natish. «OZTEMIRYOLMASHTAMIR» UK temir yol harakat tarkiblarini kapital tamirlash va modernizatsiyalashni amalga oshiruvchi Markaziy Osiyodagi yirik korxona hisoblanadi. Bu yerda TE10 turidagi yuk tashishiga moljallangan teplovozlar, TEM2, CHME3 manyovr ishida qollaniladigan teplovozlar, shuningdek VL60K, VL80S elektrovozlari kapital tamirlanadi. Hozirgi kunda respublikamizda foydalanishda bolgan O`zbekiston elektrovozlarini kapital tamirlash yolga qoyilmoqda. Istiqbolda O`z-Y, UzEL, UzELR turlaridagi elektrovozlarni kapital tamiri ham shu yerda amalga oshiriladi. Ozbekiston temir yollari AJ lokomotiv parki hizmat muddati 30 yil bolib, ularning asosiy qismi hozirgi kunda hizmat muddatini otab bolgan. Ularni hizmat muddatini uzaytirish va TE10 turidagi teplovozlarning texnik holatini tiklash uchun 10D100 turidagi eskirgan dizellarni tejamkor bolgan zamonaviy dizellarga almashtirish, shuningdek lokomotivning kotaruvchi qismlarini tiklash lozim. OZBEKISTON TEMIR YOLLARI AJ va Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki (YBRR) 2001 yilning noyabr oyida dizelli lokomotivlar parkini modernizatsiyalash loyihasi boyicha kredit kelishuvini imzoladilar. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2002 yil 26 dekabrdagi 451-sonli Dizelli lokomotivlar parkini Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki ishtirokida modernizatsiyalash loyihasini amalga oshirish chara-tadbirlari togrisida gi qarori bilan mazkur loyiha texnik-iqtisodiy asoslangan. Loyihani amalga oshirish davomida dizelli lokomotiv parki modernizatsiyalangan. Loyihada poyezdlar harakati havfsizligi, mehnat muhofazasi, atrof-muhit himoyasi, yonilgi-energetika resurslari va foydalanish sarflarini tejashni taminlash boyicha chora-tadbirlar kozda tutilgan. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 18 martdagi PQ-1047 sonli 2009-2013 yillarda temiryol sohasini rivojlantirish va modernizsiya qilishning kompleks dasturi togrisida gi qarori ijrosini taminlash maqsadida 90 seksiya teplovozlar 10D100 dizel-generatorlarini Kolomna zavodi OAJ tomonidan ishlab chiqarilgan 1A-9DG (3 ishlanmasi) dizel-generatorlariga almashtirish yoli bilan modernizatsiyalandi. Korxona asosiy: lokomotivlar yiguv, dizellarni tamirlash, tamirlov-butlov, gildiraklar, elektr mashinalarni tamirlash, elektr apparatlarni tamirlash, quyuv, temirchilik, mexanika sexlaridan va yordamchi: asbob-uskunalar,energetika issiqlik kuch, tamirlash-mexanika, tamirlash-qurulish transport sexlaridan tashkil topgan. 1.2 Elektr apparatlar sexining yillik dasturini hisoblash. Lokomotivlarni tamirlash zavodlari lokomotiv seksiyalarini zavod sharoitida tamirlashga moljallangan ixtisoslashgan sanoat korxonasidir. Zavodning yillik ishlab chiqarish dasturi belgilanganmiqdordagi VL80 elektravozining 330 seksiyalarini kapital tamirdan chiqarish va temir yol liniya korxonalari uchun 20 foizlarda uzel va detallarni tamirlashni kozda tutadi. Bunday dastur tamirlash ishlab chiqarishini tashkil etish va texnologiyasining eng ilgor usullarini qollash imkonini beradi, bunda lokomotivni, uning alohida uzel va agregatlarini qismlarga ajratish, tamirlash va yigish uchun oqimli-mexanizatsiyalashtirilgan va konveyerli liniyalarini qollash iqtisodiy rentabelli bolishini taminlaydi. Tsexlar, ularning uchastkalari va bolimlarini loyihalashtirish uchun ishlab chiqarish dasturi liniya korxonalarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda ( VL80 300ta shartli seksiyalari va liniya korxonalari uchun tamirlanishi lozim bolgan (20% larda) lokomotiv uzel va agregatlarini tamirlash yillik dasturi) hisoblanadi va 1.1-jadvalga kiritiladi. 1.1. jadval
Download 274 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling