Обложка и титульный лист текст научн док., 0
Elektr apparatlar sexining sex va xo`jaliklari tarkibi, ular bajaradigan ishlar
Download 274 Kb.
|
1-Глава.Turayev 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yordamchi elektr mashinalarni tamirlash uchastkasida
1.3. Elektr apparatlar sexining sex va xo`jaliklari tarkibi, ular bajaradigan ishlar.
Elektr apparatlar sexi elektr apparatlari va asboblar, yordamchi elektr mashinalari, lokomotiv elektr zanjirlarini tamirlash, lokomotivlarni yigishda elektr sxemasi va elektr apparaturalarni ornatish uchun moljallangan. Yordamchi elektr mashinalarni (asosan kichik yordamchi agregatlar elektr motorlarini) elektr apparatlar sexida tamirlash maqsadga muvofiq, bu elektr mashinalar sexida tamirlanadigan mahsulot nomenklaturasini kamaytirish va shu orqali sex ishchilarini butun etiborini lokomotivlarning asosiy elektr mashinalari tortuv generatorlari, tortuv elektr motorlari va ikki mashinali agregatlarni tamirlashga qaratish imkonini beradi. Elektr appartlar sexida tamirlanadigan elektr apparatlar nomenklaturasi katta bolganligi sababli sexda yordamchi elektr mashinalarni tamirlash sexdagi ishlab chiqarish xarakterini ozgartirmaydi. Elektr apparatlar sexida tamir jarayoni tamirlash-ornatish ishlari muddatlari va tartibini, shuningdek tayyor uzel va agregatlarni tegishli sexlarga uzatish vaqtini belgilovchi tarmoq grafiklari asosida tashkil etiladi. Tarmoq grafiklari apparatlar va mashinalarni tamirda turish va ularni lokomotivga ornatish vaqtlarini aniqlaydi. Tamirlangan yordamchi elektr mashinalari zavod grafigi bilan belgilangan muddatlarda tegishli sexlarga uzatiladi: moy bosimini orttirish nasoslari, yoqilgi bosimini orttirish nasoslari motorlari dizel sexiga; taxogeneratorlar, qayta ozgartirgichlar, kuzov ventilyatori motorlari lokomotivlarni yigish sexiga; isitish qozoni motori aravachalar sexiga. Ixtisoslashtirish maqsadida elektr apparatlar sexida qator uchastkalar tashkil etilgan: yordamchi elektr mashinalari, elektr apparatlari, lokomotivlar zanjirlarini ornatish. Yordamchi elektr mashinalarni tamirlash uchastkasida detallarni qismlarga ajratish va yuvish, nosozliklarini aniqlash, tamirlash va stendda sinash ishlari bajariladi. Uchastkadagi ish joylari alohida mashinalarni qismlarga ajratish, tamirlash, yakor chulgamlarini qayta orash operatsiyalari boyicha ixtisoslashtirilgan. Mashinalarni tamirlash, yigish va sinash texnologik jarayonlarini bajarish uchun uchastkada quyidagi jihozlar ornatilgan: elektr pechi, qutb chulgamlarini orash stanogi, gidravlik presslar, boyash kamerasi, kavshar eritish uchun tigel, kollektorlarni tamirlash qurilmalari, yordamchi mashinalarni sinash stendi. Yordamchi elektr mashinalarni lokomotivlarni yigish sexi oqimli-konveyer liniyasining qismlarga ajaratish pozitsiyalaridan elektr apparatlar sexiga uzatish maxsus idishlarda jamlanishi boyicha amalga oshiriladi. Tamirlangan yordamchi elektr mashinalarni dizel, lokomotivlarni yigish va aravachalar sexlariga qaytarilishi xam jamlanishi boyicha konteyner-stellajlarda bajariladi. Download 274 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling