Ipk 119-modda. Protsessual muddatlarni belgilash va hisoblash


Download 24.12 Kb.
bet22/22
Sana09.01.2022
Hajmi24.12 Kb.
#261641
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2 5393172682487368074

QONUNIY KUCHGA KIRGAN SUD HUJJATLARINI YANGI OCHILGAN HOLATLAR BO‘YICHA QAYTA KO‘RISHDA IQTISODIY PROTSESSUAL QONUN HUJJATLARINI QO‘LLASH BO‘YICHA SUD AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA
IPK 328-moddasining birinchi — uchinchi qismlari, shuningdek 329-moddasi talablariga rioya etilgan holda berilgan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi ariza ishni ko‘rish joyi va vaqti ko‘rsatilgan ajrim chiqarish yo‘li bilan ish yuritishga qabul qilinadi. IPK 328-moddasining birinchi qismida belgilangan ariza berishning bir oylik muddati protsessual muddat bo‘lib, agar ariza qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay berilgan bo‘lsa va sud muddatni o‘tkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, ushbu muddat tiklanishi mumkin.

O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish haqida arizani qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatilishi lozim. Iltimosnoma qanoatlantirilgan va o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanganda bu haqida qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.



13. IPKning 332-moddasiga ko‘ra, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani iqtisodiy sud ariza tushgan kundan boshlab bir oylik muddatda sud majlisida ko‘rib chiqadi. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida IPKning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi.

Sudlarning e’tibori sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi ariza bilan murojaat etgan shaxs arizasidan voz kechishi mumkinligiga qaratilsin.
Download 24.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling