Ipk 119-modda. Protsessual muddatlarni belgilash va hisoblash


-modda. Ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish


Download 24.12 Kb.
bet17/22
Sana09.01.2022
Hajmi24.12 Kb.
#261641
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2 5393172682487368074

341-modda. Ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish

Ijro varaqasi (sud buyrug‘i) yo‘qotilgan taqdirda, uni bergan sud undiruvchining arizasiga ko‘ra ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berishi mumkin.

Ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza ijro varaqasini (sud buyrug‘ini) ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat o‘tguniga qadar berilishi mumkin, bundan ijro varaqasi (sud buyrug‘i) davlat ijrochisi yoki ijroni amalga oshiruvchi boshqa shaxs tomonidan yo‘qotilgan va bu haqda undiruvchiga ijro varaqasini (sud buyrug‘ini) ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng ma’lum bo‘lgan hollar mustasno. Ushbu hollarda ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza ijro varaqasi (sud buyrug‘i) yo‘qotilganligi undiruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.

Ijro varaqasining (sud buyrug‘ining) dublikatini berish to‘g‘risidagi ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oylik muddatda sud majlisida ko‘rib chiqiladi.

Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi, arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.


Download 24.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling