306-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat qilish
Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrimi kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning o‘rinbosarlari protestiga asosan kassatsiya tartibida takroran ko‘rilishi mumkin.
Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, kassatsiya instansiyasi sudining kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilish haqidagi ariza kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati ichida, mazkur muddat o‘tkazib yuborilgan hollarda esa, ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |