248-modda. Chet davlatlar sudlarining va arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish
Chet davlatlar sudlarining va arbitrajlarining iqtisodiyot sohasida yuzaga keladigan nizolar hamda boshqa ishlar bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, agar bunday qarorlarni tan olish va ijroga qaratish O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalari hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, ular O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari tomonidan tan olinadi va ijroga qaratiladi.
Chet davlat sudining va arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish hamda ijroga qaratish masalalari iqtisodiy sud tomonidan nizo bo‘yicha hal qiluv qarori o‘z foydasiga chiqarilgan tarafning arizasi bo‘yicha hal etiladi.
Ushbu Kodeks maqsadlari uchun chet davlat sudi deganda chet davlatning taraflar o‘rtasidagi nizoni hal etuvchi vakolatli organi tushuniladi, chet el arbitraji deganda chet davlatning taraflar o‘rtasidagi nizoni hal etish uchun doimiy yoki vaqtincha asosda faoliyat ko‘rsatadigan nodavlat tashkiloti tushuniladi.
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarori, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, u qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran uch yil muddat ichida, tan olish va ijroga qaratish uchun taqdim etilishi mumkin.
254-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi
Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ariza, agar O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mazkur bobda belgilangan xususiyatlarni e’tiborga olgan holda ushbu Kodeksning qoidalari bo‘yicha u iqtisodiy sudga kelib tushgan kundan e’tiboran olti oydan oshmagan muddatda sud majlisida ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |