Bilvosita soliqqa tortish fanidan o`quv tadqiqot loyihasi
Mahsulot va ish xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari
Download 131.24 Kb.
|
Sultonmahmudov Lochinbek ppt.
Mahsulot va ish xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari
Mahsulot va ish xizmatlarni sotish xarajatlari- mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniluvchi tabiiy resurslar, xomashyo va materiallar, yoqilg`i va energiya, asosiy fondlar va mehnat resurslari, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish va sotishning boshqa xarajatlarining qiymat baholari.Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish haqida”gi Nizomga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishning umumiyligi ta’minlangan. Buning yakunida mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini rejalashtrish, tahlil etish va nazorat qilishga imkoniyat tug’iladi. Mazkur Nizom buxgalteriya hisobi maqsadlarida va soliqqa tortish maqsadlarida xarajatlarni hisoblash tartiblaridagi farqlanishlarini hisobga olib ishlab chiqilgan. Boshqaruv hisobi va boshqaruv tahlilining asosiy maqsadi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bozor iqtisodiyoti sharoitlarida raqobatga bardoshligini aniqlashdir. Nizomda buxgalteriya hisobi bo’yicha foyda bilan soliqqa tortiladigan foyda o’rtasidagi tafovutlarga izoh berilgan. Soliqqa tortiladigan foyda buxgalteriya hisobidagi foydadan farq qilishining sababi shundaki, davlat soliq siyosatiga muvofiq amaldagi soliq qonunchiligi bo’yicha korxona xarajatlarining bir qismi soliqqa tortiladigan bazaga kirmaydi. Nizomda moliyaviy natijalarni shakllantirishning asosiy qoidalari va xarajatlarni guruhlash berilgan. Birinchi ilovada korxona hisobot davridagi balans foydasini hisoblashda chegiriladigan, lekin xo’jalik sub’ektining soliqqa tortiladigan bazasiga qo’shiladigan xarajat moddalari berilgan. Ikkinchi ilovada xarajatlar amalga oshirilishi paytida soliqqa tortiladigan bazadan chegirilmaydigan, lekin keyingi davrlarda chegiriladigan xarajatlar ro’yxati berilgan (vaqt bo’yicha farqlanishlar). Uchinchi ilovada foydasi emas, daromadi soliqqa tortilayotgan korxonalar uchun qo’shimcha chegirilmaydigan xarajatlar ro’yxati berilgan. Bugungi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mahsulotlari tannarxini tahlil qilishda boshqaruv tahlilining asosiy axborot manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: Xo’jalik sub’ektlarining biznes reja ma’lumotlari; 5-S “Korxona sarf-xarajatlari to’g’risida”gi hisoboti ma’lumotlari; 1-T “Mehnat hisoboti” ma’lumotlari; Buxgalteriya hisobining ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib boruvchi schyot ma’lumotlari va boshqa turdagi qo’shimcha ma’lumotla 2. Xarajatlarni turkumlash: Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari, «o’zgaruvchan» va «o’zgarmas» xarajatlar Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi ishlab chiqarish yoki qayta ishlash jarayonida ishlatilgan tabiiy resurslar, xom-ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, asosiy vositalar (amortizatsiya), mehnat rusurslari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarining qiymat ko’rinishini ifoda etadi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga ishlab chiqarishni tashkil qilish uslubi va texnologiyasi bilan belgilangan mahsulotni ishlab chiqarish (ish, xizmatlar bajarish) bilan bevosita bog’liq xarajatlar kiritiladi. Bo’larga: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish yo’nalishidagi ustama xarajatlar hamda boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiradi: -tashqaridan sotib olinadigan ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibiga kirib, uning asosini tashkil etadigan Yoki mahsulot Tayyorlashda (ish bajarishda, xizmat ko’rsatishda) zarur komponent hisoblanadigan xom-ashyo va materiallar; -mahsulotni o’rash hamda boshqa ishlab chiqarish zaruriyatlari uchun sotib olingan materiallar, ta’mirlash uchun ehtiYot qismlar, moslamalar va boshqa mehnat buyumlari; -texnologik maqsadlar, binolarni isitish, barcha turdagi energiyani ishlab chiqarish uchun sarflanadigan chetdan sotib olingan yoqilg’ining hamma turlari; -korxonaning texnologik, tarnsport va boshqa ishlab chiqarish, shuningdek, xo’jalik zaruriyatlariga sarflanadigan sotib olinadigan barcha turdagi energiya; -tabiiy kamayishining me’yor chegarasidagi moddiy resurslarning kamomadi va buzilishlaridan yo’qotishlar; Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to’lash xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi: -korxonada qabo’l qilingan mehnatga haq to’lash shakl va tizimlariga muvofiq ishbay haqlari, tarif stavkalari va mansab okladlari asosida haqiqiy bajarilgan ishlar uchun ishlab chiqarishdagi hisoblangan ish haqi; -natura shaklida haq to’lash tartibi bo’yicha beriladigan mahsulot qiymati; -amaldagi tartiblarga ko’ra rag’batlantiruvchi to’lovlar, jumladan, ishlab chiqarish natijalari uchun mukofotlar (natural mukofotlarni qo’shgan holda) ta’rif stavkalari va okladlarga kasb mahorati uchun qo’shimcha ustama to’lovlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq ko’p yillik xizmatlari uchun (shu xo’jalikda bir ixtisoslikdagi ish staji uchun) ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlanishlar, mukofotlar, kasb mahorati uchun ta’rif stakalar va okladlarga nisbatan) ustama to’lovlar, harakatdagi qonunchilikka muvofiq ko’p yillik xizmatlari uchun ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlashlar; -ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq tovon to’lovlari, jumladan, tungi ish vaqti, ish vaqtidan so’nggi ish uchun to’lovlar. Amaldagi Nizomga muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning barcha xarajatlari quyidagi guruhlarga ajratiladi: Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar; A) Ishlab chiqarish tannarxiga qo’shilmaydigan xarajatlar, ammo, davr xarajatlariga qo’shiladigan xarajatlar (asosiy faoliyatdan ko’rilgan foydani aniqlash uchun); Korxonaning umumxo’jalik faoliyatidan ko’rgan foyda yoki zararini aniqlashda hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat xarajatlari. Favqulodda zarar (soliq to’lashga qadar aniqlanadigan foydani hisoblashda ishtirok etadigan). Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning xarajatlarini yuqoridagi tarkib bo’yicha guruhlanganda, har bir guruh xarajatlari quyidagicha turkumlanadi: Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar quyidagicha turkumlanadi: a) Bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; b) Bevosita va bilvosia mehnat xarajatlari; v) Ishlab chiqarishdagi ma’muriy xarajatlar. Davr xarajatlari quyidagicha turkumlanadi: a) Sotish bo’yicha xarajatlar; b) Boshqaruv xarajatlari; v) Boshqa muomala xarajatlari va zararlar. Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar quyidagicha turkumlanadi: a) Foizlar bo’yicha sarflar; b) Chet el valyutasi ko’rsi o’zgarishidan ko’rilgan zarar v) Qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zarar; g) Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa sarf xarajatlar. Favqulotda zararlar odatda turkumlanmaydi. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari. Mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarga ishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi. Ularga quyidagilar kiradi: -Material xarajatlari; -Mehnat haqi xarajatlari; -Ishlab chiqarish bilan bog’liq ma’muriy xarajatlar. Bevosita material xarajatlari mehnat haqi bilan birgalikda dastlabki xarajatlarni tashkil etadi.
mahsulot tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar;
|
ma'muriyatiga murojaat qiling