Binar suyuqlik sistemalar. Konovalov va vrevskiy qonunlari. Suyuqliklarni haydash


ma’lum bo’lsa, mc,mb, larning absolyut miqdorini hisoblash mumkin


Download 15.28 Kb.
bet4/6
Sana31.01.2024
Hajmi15.28 Kb.
#1830158
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Binar suyuqlik sistemalar. Konovalov va vrevskiy qonunlari. Suyu-fayllar.org (1)

ma’lum bo’lsa, mc,mb, larning absolyut miqdorini hisoblash mumkin.

Ikkinchi va uchinchi toifa aralashmalar holati diagrammalariga e’tibor bersak, bu diagrammalarida egrilar maksimum yoki minimumdan o’tadi. Konovalovning ikkinchi qonunida shu ekstremal nuqtalar haqida gapiriladi. Bu qonunga muvofiq bug’ egrisidagi ekstremal nuqtalarda suyuqlik va bug’ faza bir xil tarkibga ega bo’ladi; Bunday eritmalar azeotrop aralashmalar deyiladi.

Harorat o’zgarishi bilan azeotrop aralashmaning tarkibi Vrevskiyning ikkinchi qonuniga muvofiq o’zgaradi: egrisida maksimumi bo’lgan sistemalarda harorat ortishi bilan azeotrop tarkibida parstial bug’lanish issiqligi katta komponentning nisbiy miqdori oshadi. Bug’ egrisida minimumi bo’lgan sistemalarda aksincha bo’ladi. Ko’pincha azeotrop aralashmalarning tarkibi, qaynash haroratlari ma’lumotnomalarda berilgan.

Suyuq aralashmalarni haydash.

Suyuq aralashmalarni haydash.

Suyuq uchuvchan aralashmalardagi komponentlar haydash yo’li bilan bir –biridan ajratiladi. Bu usul kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoklarida keng qo’llaniladi. Suyuq aralashmalarni haydash umumiy bug’ bosimi bilan tarkib orasidagi bog’lanishga asoslangan. Qanchalik komponentlarning uchuvchanligi orasidagi farq katta bo’lsa, ularni ajratish shunchalik yengil bo’ladi.

Yuqoridagi ko’rilgan uch toifa aralashmalarda haydash jarayoni turlicha boradi. Avvalo birinchi toifa diagramma beruvchi sistemalarni haydalishini ko’rib chiqamiz.

Haydalishi kerak bo’lgan aralashmaning tarkibi N1 bo’lsin (A modda nisbatan ko’proq) va bu aralashma isitilganda T1 haroratda qaynay boshlaydi, hosil bo’lgan bug’ tarkibi N3bo’lsin; demak bug’da V modda nisbatan ko’proq bo’ladi. Qaynash jarayoni davomida past ҳaroratda qaynaydigan moddaning (V ning) nisbiy miqdori aralashmada kamayadi, ya’ni suyuq aralashmaning tarkibi uzluksiz ravishda o’zgaradi, yuqoriroq haroratda qaynaydigan moddaning nisbiy miqdori suyuqlikda orta boradi va sistemaning umumiy buғ bosimi kamaya boshlaydi. Qaynash harorati bug’ bosimiga teskari proporstional bo’lgani uchun qaynash jarayoni davomida harorat uzluksiz orta boradi. Bu misoldan ko’rinib turibdiki, aralashma bir yo’la haydalganda toza komponentga ajralmaydi. Aralashmalarni toza kompopentlarga ajratish uchun frakstion yoki bosqichli haydash kerak. Bu xil haydashni quyidagi chizmadan ko’rish mumkin


Download 15.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling