Binar suyuqlik sistemalar. Konovalov va vrevskiy qonunlari. Suyuqliklarni haydash

Download 15.28 Kb.
bet5/6
Sana31.01.2024
Hajmi15.28 Kb.
#1830158
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Binar suyuqlik sistemalar. Konovalov va vrevskiy qonunlari. Suyu-fayllar.org (1)

Haydalishi kerak bo’lgan aralashmaning tarkibi N1 bo’lsin (A modda nisbatan ko’proq) va bu aralashma isitilganda T1 haroratda qaynay boshlaydi, hosil bo’lgan bug’ tarkibi N3bo’lsin; demak bug’da V modda nisbatan ko’proq bo’ladi. Qaynash jarayoni davomida past ҳaroratda qaynaydigan moddaning (V ning) nisbiy miqdori aralashmada kamayadi, ya’ni suyuq aralashmaning tarkibi uzluksiz ravishda o’zgaradi, yuqoriroq haroratda qaynaydigan moddaning nisbiy miqdori suyuqlikda orta boradi va sistemaning umumiy buғ bosimi kamaya boshlaydi. Qaynash harorati bug’ bosimiga teskari proporstional bo’lgani uchun qaynash jarayoni davomida harorat uzluksiz orta boradi. Bu misoldan ko’rinib turibdiki, aralashma bir yo’la haydalganda toza komponentga ajralmaydi. Aralashmalarni toza kompopentlarga ajratish uchun frakstion yoki bosqichli haydash kerak. Bu xil haydashni quyidagi chizmadan ko’rish mumkin

Haydalishi kerak bo’lgan aralashmaning tarkibi N1 bo’lsin. Bunday aralashma T1 haroratigacha qaynatilganda suyuqlikning tarkibi N2, bug’ning tarkibi N2 bo’lsin. T1 va T2 haroratlar chegarasida bug’ning o’rtacha tarkibi N3 bo’lsin. N3 tarkibli bug’ sovitilib, suyuqlantirilgandan keyin T3 va T4 chegarasida qayta bug’latiladi, natijada N4 tarkibli bug hosil bo’ladi. Bu bug’ suyuqlikka aylantirilib, yana T4 va T5 haroratlar atrofida qaynatilganda N5 tarkibli bug’ hosil bo’ladi. Bu bug’ni sovitib suyuqlikka aylantirib bug’latish qaytariladi va bosqichli haydash toza komponentlar olinguncha davom ettiriladi. Chizmadan ko’rinib turibdiki, bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tganda suyuqlikda, A moddaning, bug’da esa (kondensatda) V moddaning nisbiy miqdori ko’payib borib, bora-bora komponentlar bir-biridan to’la ajraladi. Sanoatda bu jarayon rektifikastion kolonnalarda avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling