Bine formulasi
Download 25 Kb.
|
REJA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyosh atrofida aylanuvchi yirik Sayyoralar 9 ta (Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton). Ulardan 5 tasini oddiy («qurollanmagan») koʼz b-n koʼrish mumkin.
SAYYORALAR HARAKATI
SАYYoRАLАR — Quyoshning tortish kuchi taʼsirida uning atrofida aylanuvchi yirik sharsimon jismlar. Sayyoralar Quyosh atrofida aylanuvchi minglab mayda sayyora (asteroid) lardan farq qiladi. Ularni juda qadimdan qoʼzgʼalmas yulduzlar fonida siljib yurishidan sezib «adashgan yulduzlar», yaʼni Sayyoralar deb atashgan. Quyosh atrofida aylanuvchi yirik Sayyoralar 9 ta (Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton). Ulardan 5 tasini oddiy («qurollanmagan») koʼz b-n koʼrish mumkin. Qadimda barcha Sayyoralar va Quyosh Yer atrofida aylanadi deb notoʼgʼri talqin qilingan. 16-asr boshlarida polyak astronomi N. Kopernik S. ning Quyosh atrofida aylanish tartibini aniqladi. Italyan olimi G. Galiley oʼzi yasagan teleskopda Sayyoralarni kuzatib, ular sharsimon jismlar ekanligini aniqladi. U Venerani ham xuddi Oy kabi turli fazalarda koʼrinishini kuzatib, Sayyoralar oʼzidan nur chiqarmasligini, balki Quyosh nurlarini qaytarishi hisobiga yulduzlarga oʼxshab ravshan koʼrinishini aniqladi. Teleskop ixtiro qilingach, Quyosh sistemasida yana 3 ta yirik sayyora topildi: 1781 y. da ingliz astronomi V. Gershelь Uranni, 1846 y. frantsuz astronomi U. Leverьe hamda ingliz astronomi J. Аdams Neptunni va 1930 y. da amerikalik astronom Tombo Plutonni kashf etdi. Sayyoralar fizik tabiatiga koʼra, Yer tipidagi Sayyoralar va gigant Sayyoralar larga boʼlinadi: Yer tipidagi Sayyoralarga Merkuriy, Venera, Yer, Mars, gigant Sayyoralarga esa Yupiter, Saturn, Uran, Neptun kiradi. Pluton yaxshi oʼrganilmaganligi uchun qaysi tipdagiga mansubligi hali aniq belgilanmagan. Yer tipidagi Sayyoralarning fizik tasniflarida bir qancha umumiylik boʼlib, ularning oʼlchami va massasi uncha katta emas (Er — ular ichida eng kattasi), qattiq sirt qobigʼiga va atmosferaga (Merkuriydan tashqari) ham ega Sayyoralar dir. Ularning oʼrtacha zichliklari nisbatan yuqori boʼlib, Yer zichligiga (5,5 g/sm3) yaqin. Gigant Sayyoralar oʼlchami va massasi juda kattaligi bilan Yer tipidagi Sdan farq qiladi, oʼrtacha zichliklari ularnikidan ancha kichik. Gigant Sayyoralar nisbatan tez aylanishi, qattiq sirtga ega emasligi va juda qalin geliy hamda vodorodli (qisman metan — SN4 va ammiak — NH3 aralashmali) atmosfera qobiqdarining mavjudligi bilan ham Yer tipidagilardan keskin farq qiladi. Quyosh atrofida bu ikki guruhga kiruvchi Sayyoralardan tashqari oʼn minglab mayda Sayyoralar (asteroidlar) ham aylanadi. Ular Quyoshdan oʼrtacha 2,8 astronomik birlik masofada, Quyosh atrofida aylanadi; bu zona asteroidlar mintaqasi deb yuritiladi. Sayyoralar koʼrinish shartlariga koʼra ham 2 guruhga boʼlinadi: orbitalari Yer orbitasining ichki qismida joylashgani — ichki (Merkuriy va Venera), tashkarida joylashgani esa tashki Sayyoralar (Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun va Plutonlar) deb ataladi. Ichki S. Quyosh chiqishidan oldin (sharq tomonda) va Quyosh botgandan soʼng (gʼarb tomonda) davriy koʼrinish holatlarida boʼla oladi, tashki Sayyoralar tunda turli paytlarda, jumladan, butun tun davomida koʼrinish holatlarida ham boʼlishi mumkin. Sayyoralarning fizik tabiati 20-asr 2-yarmidan boshlab, sayyoralararo avtomatik stansiyalar yordamida muntazam oʼrganila boshladi. Xususan, Merkuriy «Mariner», Venera «Venera», Mars — «Mars», «Viking», gigant Sayyoralar esa АQShning «Katta tur» dasturi boʼyicha uchirilgan. «Pioner10, 11», «Voyajer» avtomatik stansiyalari yordamida samarali tadqiq qilindi. Download 25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling