KEPLER QONUNI
Kepler qonunlari – I.Kepler kashf etgan sayyoralar harakatiga oid 3ta qonun mavjud. I.Keplerning “ Yangi astranomiya “( 1609 ) asarida uning 2 qonuni bayon qilingan edi , 3-qonuni 1619-yilda kashf etildi.
1 – qonun.
Har bir sayyora ellips bo’ylab harakatlanadi ,uning hamma sayyoralar uchun umumiy bo’lgan fokusida Quyosh yotadi .
2 – qonun .
Quyoshdan sayyoraga o’tkazilgan radius – vektor teng vaqtlar ichida teng yuzalar chizadi. Bu qonun sayyora harakat yo’lidagi ixtiyoriy nuqtada olinadigan tezlikni ifodalaydi. Unga muvofiq sayyoralar Quyoshga yaqin paytida tezroq harakat qiladi.
3 – qonun .
Sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish davri kvadratlarining nisbati ularning quyoshdan o’rtacha uzoqligi kublari nisbatiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |