Bino loyihalanadigan hudud haqida ma'laumot
Tomyopma va tom tuzilishi
Download 0.91 Mb.
|
Sobirov Zikirilloning Hisob tushuntirish ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Derazalar Binoni barcha tomoni bo‘yicha o‘lchamlari bir xildagi 1.8x1.5 alumin profil deraza romlari, koridor uchun 1.5x1.0 qilib qabul qilingan. Eshiklar
- Binoning tashqi pardozi
Tomyopma va tom tuzilishi
Binoning tom tuzilmasi quyidagi qavatlardan tashkil topgan: tom yopmalari ustidan 10 sm-li qum-sementli qorishmadan tekislovchi qatlam hosil qilinadi. Bundan keyin SHNQ 2.03.10-19 ning 2-jadvaliga asosan bino tomi uchun 20o da ikki nishobli stropilalar konstruksiyasi tiklanadi, stropilalar ustidan reka tortilib cherepitsa qoplama mahkamlanadi. Tomning qoplamasidan tushadigan yomg‘ir va qor suvlarni yig‘ib maxsus varonkalar yordamida quvur orqali bino otmoskasiga chiqaruvchi konstruksiya loyihalangan. Pollar Andijon viloyati, Andijon shahrida adminstrativ binosi xonalari va bo‘limlarining funksional xizmatlariga qarab, binoda quyidagi pol turlari qabul qilingan: relin, kafel. Derazalar Binoni barcha tomoni bo‘yicha o‘lchamlari bir xildagi 1.8x1.5 alumin profil deraza romlari, koridor uchun 1.5x1.0 qilib qabul qilingan. Eshiklar Binoning tashqi kirish eshiklari old tomonida joylashgan bo‘lib, maxsus buyurtmalar asosida alumin profil turlari bo‘yicha qabul qilingan. Eshiklar 1-ta asosiy ikki tabaqali, 5-ta ikki tabaqali, 3-ta bir tabaqali qilingan. Eshiklarni eni 0,9 metrgacha bo‘lsa maxsus bir tabaqali, 1,31 metrgacha boʻlsa ikki tabaqali va undan keng asosiy eshik 1.51 metr boʻlib ikki tabaqali qilib olingan. Binoning eshiklari 4 xil o‘lchamda maxsus buyurtmalar asosida alumin profil va MDF turlari bo‘yicha qabul qilingan. Binoning tashqi pardozi. Binoning tashqi g‘ishtli devorlari qum-ohak-sementli qorishmalar bilan suvaladi va tekislanadi, keyin vodaemuntsiya surtaldi. Binoning ichki pardozi Binoning g‘ishtli devor va pardadevorlari suvaladi va zamonaviy tarkibli bo‘yoqlar yordamida bo‘yaladi, binoning shiftlari ham, tekislanadi, bo‘yoqlar yordamida oqlanadi, binodagi ayrim xonalarning devorlari PVA bo‘yoqlar bilan, yog‘och va metall buyumlar moyli bo‘yoqlarda bo‘yaladi. Binodagi barcha pardoz ishlari yevropa standartlariga mos ravishda, zamonaviy texnologiyalar asosida olib boriladi. Bino loyihalanayotgan hudud "Qurilish norma va qoidalari" 2.01.03-21 ga asosan 8 balli seysmik hudud hisoblanadi. Shuni hisobga olib binoda antiseysmik bolbog'lar qo'llanilgan. Andijon viloyati, Andijon shahrida adminstrativ binosini qurish davomida ishchi-xizmatchilar uchun normal sharoit yaratib berishga yetarlicha ahamiyat berilgan. Qurilish bosh rejasini tuzishda ishchilar uchun madaniy-maishiy xonalar, ovqatlanish va dam olish xonalari, tibbiy xizmatlarini ko‘rsatish ko‘zda tutilgan. Qurilish ob’ektini ichimlik suv, kanalizatsiya, elektr energiyasi, telefon liniyalari bilan ta’milashga katta e’tibor qaratilgan. XULOSA Binoni loyihalashdan xulosa shuki, loyihalashdan oldin binodan qanday maqsadda foydalanilishini aniq anglab yetish zarur. Loyihalanayotgan har qanday bino insonlar uchun doim foydali va zarar keltirmaydigan bo'lishi shart. Loyihalash jarayonida uning eng ostki poydevoridan boshlab tom qismiga qadar bo'lgan jarayonda qurilish norma va qoidalariga amal qilish kerak, zero normativ qoidalar sababsiz yaratilmagan. Loyihalash davmida shunga amin bo'ldimki, har qaysi hudud o'zining qoidalariga va tabiiy joylashuv o'rniga ega. Men loyihalagan, Andijon viloyati, Andijon shahrida adminstrativ binosi barcha normativ hujjatlar talabiga javob beradi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling