Chuchuk suv tanqisligi muammosi
Download 139.44 Kb.
|
Taqdimot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini taʼminlashni muvofiqlashtirish sohasida, shuningdek, yagona suv balansini shakllantirish boʻyicha
Mavzu: O’zbekiston xalqini suv bilan taminlash masalalari Reja: 1. Chuchuk suv yetishmasligi muammosi. 2. Aholini toza suv bilan taʼminlash masalalari. 3. Oʻzbekistonda suv tanqisligini bartaraf etish chora- tadbirlari. Chuchuk suv tanqisligi muammosi Suv tabiatning eng muhim boyligi. Usiz hayotni tasavvur qilib boʻlmaydi. Butun jahonni tashvishga solib kelayotgan ichimlik suvi aholining ortishi, ishlab chiqarish korxonalarining koʻpayishi va rivojlanishi, qoʻshimcha sugʻoriladigan yerlarni oʻzlashtirilishi, befoyda va behuda isrofgarchiliklar tufayli miqdorini kamayishi, sifatini pasayayotganligi obu hayotga boʻlgan talabni oshirmoqda. Xalq iborasi bilan aytganda, qayerda suv boʻlsa hayot oʻsha yerda, suv tugagan joyda hayot ham tugaydi. Yurtimizda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinayotgan boʻlsa-da, ayrim joylardagi ichimlik suv taʼminoti past darajada ekanini koʻramiz. Bu toza ichimlik suv taʼminotida muammolar borligidan dalolat beradi. Ayni paytda aholiga oʻz vaqtida davlat standarti talablariga javob beradigan toza ichimlik suvi bilan taʼminlash bugunning dolzarb masalasidir. Ayniqsa, yurtimizning choʻl hududlarida bunga ehtiyoj yuqori. Bu muammolarni bartaraf etish uchun suv zaxiralarimizdan oqilona foydalanish, uni befoyda sarflanishiga yoʻl qoʻymaslik, ifloslantirmaslikni taqozo etadi. Hech kimga sir emas, koʻplab viloyatlarimizda aholi ichimlik suvi sifatida yer osti suvlaridan foydalanadi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda suv resurslarining ajralmas bir gungi kunda Oʻzbekistonda suv resurslarining ajralmas bir qismi boʻlgan yer osti suvlaridan asosan aholi ehtiyoji uchun foydalanilmoqda. Ishlab chiqarishning jadal surʼatlarda rivojlanishi, baʼzi bir mintaqalarda suv muhofazasi bilan bogʻliq tadbirlarning amalga oshirilmayotganligi va suv zaxiralarining ifloslanishi haqida ogohlantirishning mavjud emasligi, yer osti suvlari sifatining yomonlashuviga olib kelmoqda. boʻlgan yer osti suvlaridan asosan aholi ehtiyoji uchun foydalanilmoqda. Hozirgi kunda jahon miqyosida chuchuk suv ishlatish hajmining yildan-yilga ortib borishi va buning oqibatida suv tanqisligi kelib chiqayotganligi ayni haqiqat. Hatto BMT tomonidan 2003-yilning “Xalqaro toza suv yili” deb eʼlon qilgani buning yaqqol misolidir. BMTning “Atrof-muhit muhofazasi” dasturi maʼlumotiga koʻra, hozirda dunyodagi mavjud daryolarning yarmi jiddiy ifloslangan. Yer shari aholisining qariyb 40 foizi toza ichimlik suvi yetishmasligidan aziyat chekmoqda. Har yili toza ichimlik suvining tanqisligi tufayli 1,2 mln. kishi turli xil xastaliklarga duchor boʻladi, 5 mln. kishi ifloslangan va sifatsiz suvdan isteʼmol qilishga majbur. Bugungi kunda Oʻzbekistondagi shahar, posyolka va qishloq aholi punkti aholisining ehtiyojlari yer osti suvlari zaxiralari hisobiga qondirilmoqda. Keyingi oʻn yilliklarda sanoat va qishloq xoʻjaligining jadal surʼatda rivojlanishi chuchuk yer osti suvlari holatiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Bu esa oʻz navbatida suv zaxiralari hajmining sezilarli darajada qisqarishi hamda suv olish inshootlarining ruxsatsiz qurilishiga, suvni nazoratsiz olish oqibatida esa ayrim manbalarda suv zaxiralarining keskin kamayishi va tugashiga olib keldi. Ayrim hududlarda yer yuzasidagi suvlarni chiqarib tashlash va drenaj tizimlarining qoniqarsiz holati, yer osti suvlari sathining intensiv koʻtarilishi, shuningdek, rejali tarzda gidrogeologik monitoring olib borilmagani oqibatida ayrim shaharlar va aholi punktlarida yer osti suvlari sathining yer yuzasiga yaqinlashishi kuzatilmoqda. 35 Yer osti suvlari monitoringining amaldagi tizimi suv manbalarining ifloslanishiga, yer osti suvlari zaxiralarining kamayishiga va baʼzi aholi punktlarida yer osti suvlari sathining koʻtarilishiga olib keluvchi salbiy omillarni oʻz vaqtida va toʻlaqonli baholash imkonini bermayapti. Ichimlik suvi taqchil boʻlgan ayrim hududlarda suvni chuchuklashtirish boʻyicha zamonaviy qurilmalar yetarli darajada joriy etilmaganini, suvni chuchuklashtirish uchun kerak boʻladigan uskuna va qurilmalarni ishlab chiqarish borasida mavjud imkoniyatlardan toʻliq foydalanilmayotganini ham taʼkidlashga toʻgʻri keladi. Muammolarni zudlik bilan hal etish zaruratidan kelib chiqqan holda prezident qarori qabul qilindi. 2017 yilning 1 iyulidan boshlab quyidagi tartib joriy etiladi: — belgilangan tartibda ruxsat olinmasdan, biroq texnik talablarga rioya etilgan holda qazilgan quduqlardan foydalanish tegishli suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan kelgusida belgilangan tartibda foydalanish uchun rasmiylashtirilishi lozim; Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik sugʻoriladigan maydonga ega mamlakat hisoblanadi. Yaʼni yurtimizda 4,3 million gektar yerda dehqonchilik qilinadi. Ushbu ekin maydonlarini sugʻorish, qolaversa, ichimlik ehtiyojlari uchun daryo va koʻllarning chuchuk suv resurslariga bogʻlanib qolingan. Respublikamiz ehtiyojlari uchun Orol dengizi mintaqasidagi Amudaryo va Sirdaryo havzalarida har yili shakllanadigan oʻrtacha 116 mlrd. m3 suv resurslarining 52-53 mlrd. m3 qismi ishlatiladi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda suvdan oqilona foydalanish, uning sifati va xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, suv isteʼmolini hisobga olishning zamonaviy innovatsion tizimlarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrilgan holda suvdan foydalanish, shu jumladan, suv taʼminoti va suv chiqarish sohasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Suvdan foydalanishni samarali tartibga solishni taʼminlash uchun suv resurslarini boshqarish boʻyicha yangi tuzilmalar yaratilgan, suv taʼminoti va suv chiqarish sohasiga xususiy sektorni jalb qilish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda. Biroq global iqlim oʻzgarishi tufayli respublikada quruq fasllarning davomiyligi oshib bormoqda, togʻlarda qor zaxiralari maydoni kamaymoqda, kamsuvlik takrorlanishi tobora koʻpaymoqda, bu esa, oʻz navbatida, suv tanqisligi kelib chiqish xavfining oshishiga olib keladi. Shu bilan birga, mamlakat suv balansini boshqarishda vakolatli davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish zarur darajada olib borilmayapti, shuningdek, suv resurslari sifati va xavfsizligi monitoringini amalga oshirishning samarali tizimi yaratilmagan. Suvdan oqilona foydalanishni taʼminlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining xavfsiz va sifatli suv resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish, suv balansini boshqarishning samarali tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan yetakchi xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining suv taʼminoti va suv chiqarish tizimini rivojlantirish strategiyasi konsepsiyasi ishlab chiqilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin: respublikaning Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini taʼminlashning yagona markazlashtirilgan tizimini yaratish, shuningdek, yagona suv balansini shakllantirish; respublika suv taʼminoti korxonalari negizida suv taʼminoti va suv chiqarish tizimlari obyektlarini ekspluatatsiya qilishda yagona operator funksiyasini bajarishni amalga oshiradigan alohida korporativ tuzilmani tashkil etish; respublikaning suv resurslarini boshqarish tizimini avtomatlashtirishni va ushbu sohadagi barcha biznes jarayonlarini raqamli formatga oʻtkazishni taʼminlaydigan “Raqamli suv taʼminoti korxonasi” tizimini joriy etish; soha korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni amalga oshirish maqsadida investitsiyalarni, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb etish; zamonaviy talab va standartlarni hisobga olgan holda soha mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish. 2. Vazirlik Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini taʼminlashni muvofiqlashtirish sohasida, shuningdek, yagona suv balansini shakllantirish boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilansin va uning zimmasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin: suv balansining yagona axborot tizimini yaratgan holda Yagona davlat suv fondi suvlarining miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisida vakolatli organlar va tashkilotlarning maʼlumotlarini toʻplash, umumlashtirish va tizimlashtirish orqali respublikaning yagona suv balansini shakllantirishni tashkil etish; suvni hisobga olishning holati, uning xavfsizligi va sifatini taʼminlash toʻgʻrisida vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan maʼlumotlarning ishonchliligi monitoringini oʻtkazish, zarur boʻlganda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish; Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini taʼminlash boʻyicha vakolatli organlar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish; toza ichimlik suvining strategik zaxiralarini yaratishni tashkil etish, shu jumladan, katta hajmdagi zaxira manbalarini barpo etish; suvdan foydalanish sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan, suvning miqdori va sifatini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni muvofiqlashtirish, ularning respublika suv balansining yagona axborot tizimiga integratsiyalashuvini taʼminlash. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining dastlabki prognoz maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda kutilayotgan suv miqdori meʼyorga nisbatan Ohangaron, Qoradaryo va Fargʻona vodiysi shimolidagi daryolar, Surxondaryo va Qashqadaryo havzalarida 80 foiz, Vaxsh, Zarafshon, Norin, Chirchiq daryo havzalarida 85 foiz, Fargʻona vodiysi janubidagi daryolar havzalarida 90 foiz atrofida boʻlishi kutilmoqda. Ayni paytda vazirlik tomonidan 2020-yil sugʻorish mavsumida kutilayotgan suv tanqisligining salbiy taʼsirini yumshatish, sugʻoriladigan yerlarni suv bilan kafolatli taʼminlashda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga koʻra, respublika boʻyicha vegetatsiya mavsumida qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun yetishmaydigan suv miqdori 6 mlrd. 562 mln. m3ni tashkil etadi. Bu miqdorni qoplash uchun, birinchi navbatda, suvni boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish, Suv isteʼmolchilari uyushmasi va eng quyi tizimdagi kanallar, suv inshootlarini operativ nazorat qilish, daladagi suvchilarni ragʻbatlantirib, 24 soatlik ish tashkil qilish kerak. Suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllash, zovurlarga qoʻshimcha nasos oʻrnatish hamda yer osti suvlaridan foydalanish, shuningdek, ekinlarni toʻgʻri joylashtirish, samarali agrotexnologiyalarni qoʻllash va irrigatsiya tadbirlarini amalga oshirish choralarini koʻrish zarur. Taʼkidlash kerakki, kanallar va ulardagi gidrotexnika inshootlarini rekonstruksiya qilish, lotok tarmoqlarini, nasos stansiyalarining bosimli quvurlarini yangilash singari tadbirlar tufayli suv bilan taʼminlanganlik darajasi past boʻlgan jami 1 million 900 ming gektar sugʻoriladigan maydonning 280 ming gektariga 2020-yilda obihayotni barqaror yetkazib berishga muvaffaq boʻlinadi. Eng asosiysi, irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga ilmiy va innovatsion ishlanmalar jalb qilinishi tufayli ularning foydali ish koeffitsiyenti yiliga oʻrtacha 1 foizdan oshirib boriladi. Ayni paytda bu boradagi koʻrsatkich 0,63 foizga teng boʻlsa, 2030-yilda 0,73 foizga yetkaziladi. Natijada yiliga oʻrtacha 5,3 mlrd. m3 suv iqtisod qilinadi va sugʻoriladigan yerlarning kafolatli suv taʼminotiga erishiladi. Suv resurslarining ortiqcha sarflanishiga yana bir ogʻriqli masala — sugʻoriladigan ekin maydonlarining 46 foizi turli darajada shoʻrlangani ham sabab boʻlmoqda. Shuning uchun suv-tuz balansi yuritish mexanizmini takomillashtirish, yer osti sizot suvlarini meʼyorda ushlab turishga qaratilgan melioratsiya ishlari ham doimiy eʼtiborimiz markazida turibdi. Birgina 2020-yilning oʻzida 202 ming gektar maydonning meliorativ holati yaxshilanib, shoʻrlangan yer maydonlari ulushi 45 foizga kamayadi, yer osti sizot suvlari sathi pasayadi. Maqsadimiz suv xoʻjaligining barcha xodimlari, miroblar oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, elimiz dasturxoni toʻkinligini taʼminlash yoʻlida mehnat qilayotgan dehqon va fermerlarga mavsum davomida uzluksiz obihayot yetkazib berishdir. Ishontirib aytamanki, sohaning fidoyi xodimlari xizmatlari evaziga yuzaga kelishi mumkin boʻlgan suv tanqisligi oqibatlarini yumshatib, bunga, albatta, erishamiz. Toza suvning asosiy iste’molchisi qishloq xo’jaligi bo’lib, kommunal foydalanishda ozgina ulushga ega. Har yili toza suvga talab oshib boradi va uning miqdori kamayadi. Uning davom ettirishga vaqti yo’q. Suv tanqisligi natijasi: 1 ekinlar hosildorligining pasayishi; 2 odam kasalliklari bilan kasallanishning ko'payishi; 3 qurg'oqchil mintaqalarda yashovchi odamlarning suvsizlanishi; 4 ichimlik suvi etishmasligidan odamlar o'limining ko'payishi. Qayd etilganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar natijasida barcha sohalarda ijobiy yutuqlarga erishilmoqda. Xususan, 2020-yilda 1 918,5 mlrd. soʻm miqdorida mablagʻ oʻzlashtirilib, 463 ta obyektda 4 400,4 km ichimlik va oqova suv tarmoqlari qurilib, rekonstruksiya ishlari olib borildi. Natijada 456 mingdan ortiq aholining ichimlik suv taʼminoti yaxshilandi. Amalga oshirilayotgan qurilish ishlari natijasida aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 63,9 foizdan 69,7 foizga oshdi. Shu bilan birga, mamlakatimizda ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini rivojlantirish yuzasidan Xalqaro moliya institutlari ishtirokida umumiy qiymati 2 350 mln. dollarga teng boʻlgan 22 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. 1. Solovieva E.A. Azot va fosfordan oqava suvlarni tozalash: monografiya. - Sankt-Peterburg: Bor-vik poligrafiyasi, 2010. - 100 b. 2. Xarkin S.V. Azot va fosfordan oqava suvlarni tozalashni amalga oshirish uchun zamonaviy texnologik echimlar // Vodoochistka. Suv bilan ishlov berish. Suv ta'minoti. - 2013. - No 9 (69). -32-40-betlar. 3. Chiqindilarni suyuqlikdan fosforni olib tashlashning qo'llaniladigan usullarini qiyosiy baholash / G.T. Ambrosova, G.T. Funk, S.D. Ivanova, Shonxor Ganzoring // Suv ta'minoti va sanitariya muhandisligi. - 2016. - No 2 (76). - S. 25-35. 4. Gureeva I. Fosfatlardan oqava suvlarni tozalash // Vodoochistka. Suv bilan ishlov berish. Suv ta'minoti. - 2016. - 1-son (97). - S. 32-35. 5. Smirnov V.B., Meltser V.Z. Biologik tozalangan oqava suvlarni tozalash uchun yuqori samarali granülli filtrlar // Vodoochistka. Suv bilan ishlov berish. Suv ta'minoti. - 2014. - No 9 (81). - S. 58-66. Download 139.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling