Kapital fondlar va moliyaviy natijalar xisobi. Reja
Download 104.5 Kb.
|
Kapital fondlar va moliyaviy natijalar xisobi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Kapital (fondi)ni tashkil qilish xususiyatlari va uni hisobga olish
Kapital fondlar va moliyaviy natijalar xisobi. Reja 1. (fondi)ni tashkil qilish xususiyatlari va uni hisobga olish 2. Kapital Nizom kapitali (fondi), uni tashkil qilish, o‘zgarishini hisobga olish, ta’sischilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish 3. Qo‘shilgan kapital hisobi Xulosa Tayanch iboralari 1. Kapital (fondi)ni tashkil qilish xususiyatlari va uni hisobga olish Bozor munosabatlarining rivojlanishi korxona faoliyatini moliyaviy ta’minlashda, mablag‘lar tarkibi va tuzilishida qator o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. Bunday sharoitda korxona ishlab chiqarish ho‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun o‘zining mablag‘lariga ega bo‘lishi lozim. Korxonaning o‘z mablag‘lari turli moliya resurslaridan tashkil topishi mumkin. Masalan, ustav fondi, taksimlayamagan foyda, maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar va boshqalar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan, ya’ni kichiq korxonalar, xissadorlik jamiyatlari, hamkorlikdagi korxonalar tashkil bo‘lishi bilan, tasischilar tomonidan korxonaga quyilgan ulushlar korxona mablag‘i manbalarini tashkil qiladi. Xozirgi vaqtda mulkchilik shakllaridan kat’i nazar, korxonalarda ustav fondi miqdori mazkur korxona tashkil bo‘lganda tasdikdangan ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan miqdor bilan muvofiq kelishi lozim. Uning miqdori yil davomida uzining mulkchilik shaklini uzgartirmaydigan korxonalarda uzgarmaydi. Davlat korxonasi xususiylashtirilganda mazkur korxona mulkining sotib olinish qiymatini aniqlash talab qilinadi, chunki ta’sis hujjatida ustav fondi miqdorini ko‘rsatish lozim. Xissadorlik jamiyati va javobgarligi cheklangan jamiyat yuridik shaxslar yoki fukarolar bilan kedishilgan holda tuzilgan bo‘lib, ularning mulkini uxshashtiradi. Mazkur mol-mulk chegarasida majburiyat uchun ularning har biri mas’uliyat xis etadi, xissadorlik jamiyatining Nizom fondi aksionerlar tomonidan sotib olinadigan aksiyalarga bo‘lingan, javobgarligi cheklangan jamiyat Nizom fondi esa uning a’zolari tomonidan sotib olinadigan bir necha ulushlarga bo‘linadi. Xissadorlik jamiyati inkirozga uchraganda, aksionerlar uzlariga tegishli aksiya qiymati miqdorida zarar ko‘radilar. Hissadorlik jamiyatlarining boshqa korxonalardan farqi Shuki, ularning mol-mulki, Yuqorida ta’kidlanganidek, aksionerlar mol-mulki hisobidan tashkil topadi. Jamiyat hech qanday Yuqori tashkilot ko‘rsatmasisiz mustaqil, erkin faoliyat olib borib, aksionerlar xissadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etadi. Boshqa turdagi korxonalardan xissadorlik jamiyatining yana bir farqi Shundan iboratki, jamiyat daromadi turli to‘lovlardan so‘ng jamiyat a’zolariga ularning jamiyatga qo‘shgan mol-mulk ulushiga muvofik dividend ko‘rinishida taksimlab beriladi. Demak, Yuqorida aytilganlardan Shunday xulosa chiqarish mumkinki, xissadorlik jamiyati uzining faoliyatini davom ettira olishi uchun u faqat daromad olib ishlashi, uning a’zolari esa ishlab chiqarish ho‘jalik faoliyatini boshqarishda, boshqaruvini, texnologiyasini takomillashtirihda faol ishtirok etmokdari lozim. Shundagina jamiyat a’zolari uning faoliyatidan moddiy manfaatdor bo‘ladilar. Aksiya xissadorlik jamiyatlari, korxona, tashkilotlar, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqariladi. Bu qimmatli qog‘oz turi o‘z egasiga korxona oladigan foydasining bir qismini dividend ko‘rinishida olish huquqini beradi. Dividend - bu aksiyadorlik jamiyatining hisobot davrida olingan va aksiyalarga qarab aksionerlar o‘rtasida taqsimlanadigan foydasi. Download 104.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling