Kapital fondlar va moliyaviy natijalar xisobi. Reja
– «Oddiy aksiyalar hisobvarag‘i»
Download 104.5 Kb.
|
Kapital fondlar va moliyaviy natijalar xisobi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8530 – «Imtiyozli aksiyalar» hisobvarag‘i
- Ulushli kapital
8310 – «Oddiy aksiyalar hisobvarag‘i» Nizomga muvofiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqarilgan (chiqarishga ruxsat berilgan) oddiy aksiyalarning summa nominal qiymatida ifodalangan aksiyadorlik kapitali holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash uchun mo‘ljallangan. Mazkur hisobvaraq Kti bo‘yicha oddiy aksiyalar qismida ro‘yxatga olingan aksiyadorlik kapitali hajmi aks ettiriladi. Dt bo‘yicha bu turdagi sarmoyaning kamayishi ko‘rsatiladi.
8530 – «Imtiyozli aksiyalar» hisobvarag‘i imtiyozli aksiyalar qismida ularning nominal qiymati bo‘yicha aksiyadorlik kapitalining holati va harakati haqidagi ma’lumotlarni jamlaydi. Imtiyozli aksiyalarning tahliliy hisobi xuddi oddiy aksiyalar hisobi kabi amalga oshiriladi. 8530 – «Pay va qo‘yilmalar» hisobvarag‘i aksiyadorlik jamiyatlaridan tashqari boshqa hamma tashkiliy-huquqiy shakldagi xo‘jalik sub’ektlari: davlat va xususiy korxonalar, shirkatlar va sherikchilik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun Nizom kapitalining holati va harakati haqidagi ma’lumotlarni jamlashga mo‘ljallangan. Davlat korxonalarida esa bu Nizom fondi deb nomlanadi, u davlat tomonidan xo‘jalik sub’ektiga ajratilgan asosiy va oborot vositalar majmuidan iborat. Ulushli kapital – xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun shirkat a’zolari tomonidan kiritilgan ulushlar yig‘indisi. Nizom kapitali – ta’sis hujjatlarida belgilangan doiradagi faoliyatni ta’minlash uchun xo‘jalik sub’ektini tashkil etish chog‘ida uning mulkiga muassislar (a’zolar) qo‘shgan ulushlarining yig‘indisi (nominal qiymati bo‘yicha hissalari, aksiyalar) pul birligida ifodalashdir. Shunday qilib, tashkil etilgan xo‘jalik sub’ektining Nizom kapitali uning muassislari tomonidan qo‘shilgan mablag‘laridan to‘planib boradi. U bir vaqtning o‘zida muassislarning jamoaviy mulki hamda yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik sub’ektining mulki hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan qaraganda Nizom kapitali bir tomondan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘z mablag‘lari fondi, boshqa tomondan esa har bir muassisning mulki sifatida namoyon bo‘ladi. Nizom kapitalini shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va tashkiliy-huquqiy shakliga muvofiq ta’sis hujjatlari bilan tartibga solinadi. Nizomni ro‘yxatga o‘tkazish paytida e’lon qilingan Nizom kapitalining butun miqdori quyidagi provodka orqali ifodalanadi: 4610 – «Nizom kapitaliga badallar bo‘yicha mulkdorlar qarzlari» hisobvarag‘i Dti. 8310 – «Nizom kapitali» hisobvarag‘i Kti. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq xo‘jalik sub’ekti mulkdorlar xo‘jalik sub’ekti ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin bir yil mobaynida o‘z ulushlarini to‘liq qo‘shishlari shart. Xo‘jalik faoliyatining 3 ta asosiy tashkiliy-huquqiy shakli mavjud: yakka egalik, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari aksiyadorlik jamiyati (korporatsiya). YAkka egalikdagi Nizomni ro‘yxatga o‘tkazish chog‘ida ro‘yxatga olingan Nizom kapitali (UK) hajmi yozuvida qayd etiladi: 4610 – «Nizom kapitaliga badallar bo‘yicha mulkdorlarning qarzi» hisobvarag‘i Dti. 8510 – «Nizom kapitali» hisobvarag‘i Kti. Bunda 8330 – hisobvaraqda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt yagona mulkdor ulushining miqdori aks ettiriladi. Xususiy korxona amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra o‘z Nizomini Nizom kapitali miqdo-rini ma’lum qilmasdan ham ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega. Nizom kapitaliga ulushlarning kelib tushishi Nizom kapitali hisob varag‘iga ta’sir ko‘rsatmaydi, balki muassis qarzini so‘ndiradi. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Nizom kapitaliga badallar daromad hisoblanmaydi va soliqqa tortilmaydi. Muassis Nizom kapitaliga turli aktivlarni kiritishi mumkin, biroq ularning turlari, albatta, korxona Nizomida aks ettirilishi shart. Masalan, agar korxonaning Nizom kapitali faqatgina pul mablag‘lari hisobiga to‘ldiriladi deb Nizomda yozilgan bo‘lsa, u holda muassis Nizom kapitaliga asosiy vositalarni kirita olmaydi. Bu hol Nizom qoidasining buzilishi sifatida tavsiflanadi. Download 104.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling