Bino va inshootlar davlat kadastiri Reja. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida, umumiy qoidalar


Binolar va inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tuman, shahar kadastr daftarida, turar-joy binolari va inshootlari tuman reyestr daftarida amalga oshiriladi


Download 0.69 Mb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1010477
1   2   3
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint (10)

Binolar va inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tuman, shahar kadastr daftarida, turar-joy binolari va inshootlari tuman reyestr daftarida amalga oshiriladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kadastr yoki reyestr daftariga binolar va inshootlarga egalik huquqini yoxud boshqa ashyoviy huquqlar (ularning paydo bo‘lishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va to‘xtatilishi) haqidagi, shuningdek obyektni tavsiflovchi boshqa ma’lumotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozib qo‘yiladi.
Maxfiylik rejimiga ega bo‘lgan binolar va inshootlar maxsus kadastr daftarida ro‘yxatga olinadi. Uni yuritish xususiyatlari va bu obyektlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ma’lumotlardan foydalanish shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ilovaga muvofiq kadastr daftariga binolar va inshootlarning huquqiy, xo‘jalik va arxitektura-qurilish maqomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Binolar va inshootlar joylashgan joy, ularning egalik huquqi yoxud boshqa ashyoviy huquqlar bilan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi, bu huquqlarning paydo bo‘lish asoslari va muddatlari, ularning to‘xtatilish muddatlari, egalik huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni cheklash shartlari, bu obyektlarga uchinchi shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar binolar va inshootlarning huquqiy holati haqidagi ma’lumotlar hisoblanadi.
Binolar va inshootlarning qiymati, ulardan foydalanish xususiyatlari, bu obyektlarning maishiy, ishlab chiqarish maqsadlaridaligi, ulardan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi, ular joylashgan soliq zonasi to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar binolar va inshootlar xo‘jalik maqomining asosini tashkil etadi.
Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling