Bino va inshootlar davlat kadastiri Reja. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida, umumiy qoidalar


Download 0.69 Mb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1010477
  1   2   3
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint (10)


Bino va inshootlar davlat kadastiri
Reja.
1.Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida, UMUMIY QOIDALAR
2. BINOLAR VA INShOOTLAR KADASTRI TARKIBI, MAZMUNI
3. BINOLAR VA INShOOTLAR KADASTRI TARKIBI, MAZMUNI
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida 1. UMUMIY QOIDALAR
1. Binolar va inshootlar davlat kadastri hududiy prinsip bo‘yicha tashkil etiladi va bu obyektlarning huquqiy, xo‘jalik va arxitektura-qurilish maqomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimini mujassamlashtiradi.
Binolar va inshootlar davlat kadastri binolar va inshootlardan samarali foydalanishni va ularni muhofaza qilishni, mulk egalarining va bu obyektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini, shuningdek binolar va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini (keyingi o‘rinlarda binolar va inshootlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish deb ataladi) ta’minlash uchun yuritiladi.
2. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bo‘yicha munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va mazkur Nizom bilan tartibga solinadi.
Davlat shaharsozlik kadastrini, davlat yer kadastrini, foydali qazilma konlari davlat kadastrini, ko‘p yillik o‘simliklar davlat kadastrini yuritish bo‘yicha munosabatlar boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
3. Binolar va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlari barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga egadir. Kadastr hujjatlari binolar va inshootlar bilan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirishda, ularni loyihalashtirishda va boshqa yuridik harakatlarda huquqiy, iqtisodiy va texnik ma’lumotlar sifatida qabul qilinishi kerak.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
4. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bu obyektlar to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlarini shakllantirishdagi ishonchli hujjatlar va boshqa ma’lumotlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
5. Binolar va inshootlar to‘g‘risidagi kadastr ma’lumotlari mulk egalari, ularga ashyoviy huquqlarga ega bo‘lgan shaxslar, uchinchi shaxslar, davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ va boshqa davlat organlari tomonidan sudda talashilishi mumkin.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling