Bino va inshootlar qurilishi kafedrasi
Download 486 Kb.
|
sanoat-услубий курсатма
«Nulevoy» bog’lanishda o’q chizig’i ustunning tashqi tomonidan va devorning ichki qismi tashqi tomonga 30 mm siljigan bo’ladi. Bu qo’yidagi hollarda qo’llaniladi:
a) bino temirbeton karkasli, kransiz, chetki ustunlar qadami 6 m va 12 m. b) bino kransiz, temirbeton va aralash karkasli, devorlari panelli chetki qator ustunlar qadami 6 m va 12m v) bino temirbeton va aralash karkasli, ko’prik kranli (20 t gacha), chetki ustun qadami 6 m va balandligi 14,4 m gacha.
a) bino temir va aralash karkasli, kransiz, chetki ustunlar qadami 12 m. b) bino yig’ma temirbeton va aralash karkasli, kranni yuk ko’tarishi 20 tonnagacha, chetki ustun qadami 12 m, hamda kran yuk ko’tarishi 30 va 50 tonna, bino balandligi 12 m va yuqori, chetki qator ustunlar qadami 6 m. v) (b) punktidagiday faqat temir – karkasli va chetki ustun qadami 6 m. 500 mm ga bog’lanish: a) asosiy yuk ko’taruvchi ustun, yordamchi ustunni o’rnatish uchun yon devordan 500 mm ga siljitiladi. b) ko’ndalang harorat choqlaridagi juft ustunlarning o’qlari reja o’qlariga nisbatan 500 mm ga siljitiladi. v) paralel oraliqlar yoki o’zaro ko’ndalang oraliqlarining balandliklari har hil bo’ladi. Ustun tashqi qismi bilan devor ichki qismi orasidagi 30 mm bo’shliq devorni mahkamlash priborlarini joylashtirish uchun qoldiriladi. Binolarni reja o’qlariga bog’lanishi 4 rasmda berilgan. Orayopmasi to’singa o’rnatilgan ko’p qavatli binolarda chetki qatorlar ustunning bo’ylama ketgan rejalash o’qlariga bog’lash yopmaga tushayotgan me’yoriy yuklarga bog’liq. Agar binoga 5-10 kPa yuklar tushayotgan bo’lsa, ustunning tashqi cheti rejalash o’qi bilan birga tashqariga 200 mm ga siljiydi, devorning ichki yuzasi bilan ustun orasida 30 mm bo’shliq qoladi. Agar binoda orayopmaga 10-25 kPa yuk tushayotgan bo’lsa, u holda ustunning tashqi cheti bilan rejalash o’qi qo’shiladi, ustun va devor o’rtasida 30 mm bo’shliq qoladi. Ko’p qavatli binolar yon tomoni ustunlari tashqi cheti, chetki ko’ndalang rejalash o’qlaridan 200 mm da bo’ladi, yoki chetki ustunlar kesimi geometrik o’qlari rejalash o’qlarini ichkariga 500 mm ga siljitadi. Birinchi holatda yon devor ichki yuzasi bilan ustun tashqi cheti orasida 30 mm bo’shliq qoldiriladi, ikkinchi holatda shunday bo’shliq devor bilan rejalash o’qi orasida o’lchami 1000 mm bo’lgan qo’shimcha ikki qatorli ustunlarda qo’yiladi, yoki geometrik o’qlar rejalash o’qlari bilan qo’shiladi, ikkinchi holda harorat choki bittalik rejalash o’qiga qo’shilib, har bir ustun rejalash o’qiga nisbatan 500 mm siljiydi. (rasm-3) Rasm-3.Ko’p qavatli binolar ustun va devorlarini rejalash o’qlariga bog’lash a – ustunlarni o’rta qatorlarga bog’lash, b-v – ustun va devorlarni chetki bo’ylama ketgan o’q chiziqlariga bog’lash, g, d – shuni o’zi, bino yon tomonida, ye, j – ustunlarni ko’ndalang harorat choklari chiziqlari bo’yicha bog’lash Download 486 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling