Bino va inshootlar qurilishi kafedrasi


- Aralash qavatli binolar


Download 486 Kb.
bet8/24
Sana05.01.2022
Hajmi486 Kb.
#234605
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
sanoat-услубий курсатма

- Aralash qavatli binolar ishlab chiqarish gorizontal va tik yo’nalgan texnologik jarayonga mo’ljallangan (kimyo zavodlar) bo’ladi.

Yengil mashinasozlik, to’qimachilik, oziq – ovqat, korxonalari, chinni zavodlarini bir qavatli yoki ko’p qavatli binolarga joylashtirish mumkin.

Bu holda bino qavatini tanlashda berilgan, qurilish sharoitlari va texnik iqtisodiy hisoblarga amal qilish kerak.
MODUL SISTEMASI VA BINO PARAMETRLARI.

Binolarning hajmiy - rejali va tuzilmaviy holatini unifikatsiya qilishda modul sistemasidan foydalanamiz.

Binolar o’lchami va ularning elementlari, qurilish tuzilmalari sanitar - texnik jihozlari bilan birga mahlum qonuniyat asosida asosiy modulga (M - 100 mm) bo’ysunadi.

Lekin sanoat qurilishida asosiy modulga asoslangan holda katta (ukrupnenniy) modullar ham qo’llaniladi (misol uchun 6M – 600 mm, 12M – 1200 mm.­).

Hajmiy - rejali o’lchamlarni qo’llashda quyidagi kattalashtirgan modullardan foydalaniladi:

- Bir qavatli binolarda oraliq eni va ustun qadami 60M, poldan yopma yuk ko’taruvchi tuzilmaning pastki qismigacha 6M (6m gacha bo’lsa), 6M dan yuqorisi 12M olinadi.

- Ko’p qavatli binolarda oraliq eni - 30M (oraliq 6 va 12 m bo’lganda) va 60M (oraliq 12 m dan yuqori bo’lganda), ustun qadami 60M qavatlar balandligi 6M va 12M olinadi (balandligi 4,8 m va ortiq bo’lsa.)

Unifikatsiya qoidalariga va binoni parametrlariga qarab:

Bir qavatli sanoat binolarining:

-oraliq eni 12 , 18 , 24 , 30 va 36 m (yuqori);

-ustun qadami - chetki qatorlarda 6m (12 m), o’rta qatorlarda 6 va 12 m;

-balandligi (poldan tuzilma pastigacha) 3 m dan 6 m gacha, 0,6 dan oshib boradi, 7,2 m dan 18 m gacha 1,2 dan oshib boradi.

Ko’p qavatli binolar uchun oraliq eni 6, 9, 12 m va undan ortiq (kratni 6 m) bo’lsa ustun qadami 6 m olinadi.

Ustunlar setkasi quyidagi o’lchamlarda olinadi:

- yig’ma temirbeton to’sinli karkas binolarda 6x6, 6x9, 6x12, (6x3x6)x6, (9x3x9)x6 m.

Yuqori qavatlar ustunlar setkasini 6x18 m va 12x36 m olish mumkin.



  • agarda fermalar orasida texnik qavatlar bo’lsa 6x12, 6x18 m va 6x24 m olinadi.

Ko’p qavatli binolar to’sinli yopmalar (perekritiya) bo’lsa, balandligi:

  • oraliq eni 6 m va 9 m da – 3,6; 4,2 va 6,0 m, birinchi qavat uchun 7,2 m bo’ladi.

  • oraliq eni 12 m bo’lsa - 4,2; 4,8 va 6,0 m olinadi.

Hajmiy - rejali va tuzilmaviy elementlarni qo’llashda nominal o’lchamlardan foydalanamiz.

Nominal yaxlitlangan o’lcham bu binoning o’q chiziqlari orasidagi masofa bo’lib, modulga teng qilib olinadi. Tuzilmaviy o’lcham nominal o’lchamdan choklarni qalinligi, qo’shimcha qo’yiladigan elementlarning uzunligi bilan farq qiladi.

Masalan qadami 6 m bo’lgan joyga 5980 mm devor paneli qo’yilayapti, lekin uni uzunligini 6000 mm deb qabul qilamiz. Zavoddan chiqarilgan tuzilmaning haqiqiy o’lchami natural o’lcham deyiladi.

Sanoat qurilishida yirik modullarni qo’llash tuzilma va detallarni yiriklashtirishga va montaj elementlarning sonini kamaytirishga olib keladi.

Yig’ma tuzilmalar qulay (optimal) gabariti va og’irligini tanlash qurilish mexanizmlari va ularni yuk ko’tarish qobiliyati, transport turi va gabariti, hamda texnologik jarayonga bog’liq bo’ladi.


Download 486 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling