Sanoat binolari chidamliligiga qarab to’rtta sinfga bo’linadi. Birinchi sinfga yuqori talablar qo’yilgan binolar kirsa, 4 sinfdagi binolardan minimal mustahkamlik va chidamlilik talab etiladi. Har bir sinflar uchun sifatli foydalanish, hamda binoning asosiy tuzilmalarini chidamliligi va yong’inga chidamliligi talablari qo’yiladi. Sifatli foydalanish bu butun xizmat davomida kerak bo’ladigan normal mehnat sharoiti va texnologik jarayon bo’lishi, kerakli oraliqlar o’lchami va ustunlar qadami, ma’qul keladigan texnologik jihozlarni o’rnatilishi, uning qulay montaji, sifatli pardozi, texnologik jarayonni o’tash davrida ishchilarga qulayligi ta’minlanganligidir.
Bino tuzilmaviy elementlarini kerakli chidamliligini va yong’inga chidamliligini ta’minlash uchun, mos keladigan qurilish materiallari va buyumlari qo’llaniladi va ularni tuzilmalarda foydalanish paytida yemirlishdan himoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |