Tuzilma chidamliligi - berilgan foydalanish rejimi va iqlim sharoitida o’zining talab qilingan sifatini xizmat qilish muddati davomida yo’qotmasligidir.
Yopma tuzilmalarning uch darajali chidamliligi aniqlangan; I daraja - xizmat muddati kamida 100 yil, II daraja - kamida 50 yil va III daraja - kamida 20 yil
Sanoat binolari mustahkamlik va chidamligiga qarab 4 sinfga bo’linadi.
Bino sinfiga bog’liq holda yopma tuzilmalar chidamligi quyidagicha qabul qilinadi.
I. sinf - kamida I. daraja (stepen),
II. sinf - kamida II. daraja,
III. sinf - kamida III daraja,
IV sinf - chidamlilik me’yorlanmaydi.
Loyihalanayotgan binolarni chidamlilik sinfi quyidagi faktorlarga bog’liq bo’ladi: xalq xo’jaligidagi ahamiyati, korxona o’lchami va quvvati, binoga o’rnatilgan texnologik jihozni qulayliligi, binodan foydalanish faktori, loyihalanayotgan ob’ektni shaharsozlikdagi ahamiyati.
Sanoat binolari me’morchilik tuzilmaviy xususiyatlariga qarab bir qavatli, ko’p qavatli va aralash qavatlilarga bo’linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |