Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

 
 
5


2. Qurilish maydoninig muhandislik tayyorgarligi bo‘yicha ishlarning
 tarkibi va maqsadlari. Umumiy tashkiliy-texnik tayyorgarlik. 
Qurilish-montaj ishlarini bajarishga tayyorgarlik 
Qurilish maydonining muhandislik tayyorgarligi umumiy tashkiliy-
texnik tayyorgarlik, ob’ektni qurilishga tayyorlash va qurulish-montaj 
ishlarini bajarishga tayyorgarlikdan iborat. Umumiy tashkiliy-texnik 
tayyorgarlik quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- qurilishni loyiha-smeta hujjatlari bilan ta’minlash; 
- qurilish maydonini joyida ajratish
- qurilishning moliyalanishini rasmiylashtirish; 
- qurilish ishlarini olib borishga ruxsat berilishiga erishish va tegishli 
ruxsatnomalarni rasmiylashtirish; 
- qurilish uchun pudrat shartnomalarini tuzish
- buzilishi lozim bo‘lgan uy-joy binolarida yashovchi oilalar yoki 
ma’muriy binolarda joylashgan tashkilotlarni ko‘chirish haqidagi 
masalalarni yechish; 
- qurilishni kelish yo‘llari, suv, elektr va issiqlik energiyasi, aloqa 
tizimi, quruvchi kadrlarni vaqtinchalik maishiy xizmat ko’rsatish binolari 
bilan ta’minlash; 
- qurilish maydoniga asbob-uskunalar, konstruksiyalar, materiallar va 
tayyor buyumlarni yetkazib berishni tashkillashtirish.
Qurilishni loyiha-smeta hujjatlari bilan ta’minlash buyurtmachining 
zimmasida bo‘lib, u belgilangan muddatda pudratchi tashkilotga kerakli 
miqdorda ob’ektning ishchi chizmalari va smetalarini berishi lozim. 
Qurilish maydoni uchun joyning ajratilishi viloyatlar va shaharlar 
hokimlarining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Qurilishni moliyalashtirishni rasmiylashtirish buyurtmachi tomonidan 
bankka kerakli hujjatlarni taqdim etish orqali bajariladi.
Qurilish maydonida ishlarni bajarishni boshlashdan oldin buyurtmachi 
pudratchi qurilish tashkilotiga qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun 
tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtiradi va taqdim etadi. 
Qurilish uchun pudrat shartnomasini tuzish buyurtmachi va pudratchi 
tashkilotlar o‘rtasida amaldagi qonuniy hujjatlarga muvofiq amalga 
oshiriladi.
Pudrat shartnomasi buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar o‘rtasidagi 
munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Qurilish maydoni chegarasiga tushib qolgan va buzilishi lozim bo‘lgan 
binolarda joylashgan oilalar va tashkilotlarni ko‘chirish haqidagi 
masalalarni hal qilish, hamda qurilish maydonidan o‘tuvchi muhandislik 
6


kommunikatsiyalarni ko‘chirish uchun tegishli tashkilotlardan 
ruxsatnomalar olish buyurtmachi tashkilot tomonidan qurilishning pudrat 
shartnomasida ko‘zda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi. 
Suv ta’minoti, kanalizatsiya, kabel liniyalari va boshqa muhandislik 
kommunikatsiyalarga oid tarmoqlarni qurilishning extiyojlari uchun 
moslashtirish ularning tayyorlik darajasiga muvofiq buyurtmachi tashkilot 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Qurilishga asbob-uskunalarni yetkazib berishni tashkillashtirish 
shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bu shartnomaga muvofiq 
buyurtmachi tashkilot qurilishga barcha texnologiyaga oid, standart va 
boshqa turdagi asbob-uskunalarni, hamda qurilish materiallari bilan 
ta’minlashni o‘z zimmasiga oladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling