Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Poydevorlarning konstruktiv yechimlari


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

 
Poydevorlarning konstruktiv yechimlari. Poydevorlar ko‘ndalang 
kesimining turi, armaturalanishi va sirtining chegaraviy modullariga ko‘ra 
quyidagi turlarga bo‘linadi: tasmasimon, alohida turuvchi poydevorlar va 
uzluksiz poydevor plitalar. 
Тasmasimon poydevorlar binolarning yuk ko‘taruvchi devorlari ostiga 
mo‘ljallangan bo‘ladi. Ular ko‘pincha po‘lat simto‘rlar bilan 
armaturalanadi. 
Bir qavatli sanoat binolarining ustunlari ostiga alohida turuvchi 
poydevorlar quriladi, ular qatoriga stankansimon turdagi poydevorlar ham 
kiradi. Bunday poydevorlar po‘lat simto‘rlar va armaturali karkaslar bilan 
armaturalanadi.
Baland binolarni barpo qilishda uzluksiz plita ko‘rinishidagi 
poydevorlar quriladi. Uzluksiz poydevor plitalari to‘sinsiz yoki qovurg‘ali 
konstruksiyalar ko‘rinishida bajariladi. Bunda qovurg‘alar pastga yoki 
yuqoriga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Amaliyotda ko‘proq qovurg‘alari 
yuqoriga qaratilgan poydevor plitalari qo‘llaniladi. Bunda bino yerto‘lasi 
pollarining tekis bo‘lishini ta’minlash uchun plitaning qovurg‘alari 
oralig‘idagi bo‘shliq grunt yoki beton bilan to‘ldiriladi. Poydevor plitalari 
po‘lat simto‘rlar va armaturali yassi karkaslar bilan armaturalanadi. 
Har xil turdagi poydevorlarni betonlashda jarayonlar tarkibi va 
texnologiyasi 
 
Yaxlit quyma temirbeton poydevorni qurishda jarayonlar tarkibi 
quyidagi ishlarni o‘z ichiga oladi: tayyorlov ishlari, armaturalash ishlari, 
qoliplash ishlari, beton qorishmasini yotqizish va zichlash ishlari, betonni 
saqlash va parvarishlash.
Тayyorlov ishlari tarkibiga quyidagilar kiradi: yer ishlarining to‘g‘ri 
bajarilganligini tekshirish, poydevor o‘qlarining, poydevor ostining, 
yuqorisining, hamda stakani tubining belgilarini joyiga ko‘chirish bo‘yicha 
geodezik ishlar. 
Тasmasimon poydevorlarni qurish binoning o‘lchamlariga bog‘liq 
ravishda ketma-ket yoki oqimli uslubda bajarilishi mumkin. Ketma-ketlik 
uslub qo‘llanilganda poydevorlar bo‘ylama yoki ko‘ndalang o‘qlar 
bo‘yicha quriladi. Oqimli uslubda esa binoning poydevori zaxvatkalarga 
bo‘linadi va ularda bir nomli ishlar ketma-ket, turli nomli ishlar parallel 
bajariladi. Тasmasimon poydevorlarning qurilish sur’atiga qoliplarning 
yetarli miqdorda mavjud yoki mavjud emasligi ta’sir ko‘rsatadi. 
18


Poydevorlarni qurishda ishlarni bajarish uslublari va vositalarini tanlash 
ham shu omilga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, agar qoliplar binoning faqat bir 
qismiga yetarli bo‘lsa, u holda betonlash kranli-badyali uslubni qo‘llab 
bajariladi. Agar qoliplarning miqdori beton-nasos qurilmasining smenali 
mehnat unumdorligiga mos kelsa, u holda ushbu unumdorligi yuqori 
bo‘lgan beton - nasosli uslub qo‘llaniladi.
Тasmasimon poydevorlarni armaturalash poydevor tagiga po‘lat 
simto‘rlarni o‘rnatishdan boshlanadi. Ular betonning himoyalovchi 
qatlamini hosil qilish uchun maxsus fiksatorlarga o‘rnatiladi.
Alohida turuvchi poydevorlarni armaturalash ham po‘lat simto‘rlarni 
o‘rnatishdan boshlanadi. So‘ngra poydevorning ustunsimon qismining 
armaturali karkaslari kran yordamida o‘rnatiladi. Loyihaviy holati 
tekshirilgan armaturali karkaslar poydevor osti simto‘rlariga elektr-
payvandlash yo‘li bilan biriktiriladi. 
Тasmasimon poydevorlarni qoliplash uchun mayda shchitli yechib - 
qayta o‘rnatiluvchi qoliplar qo‘llaniladi, alohida turuvchi poydevorlar 
uchun esa mayda shchitli qoliplar bilan birga blok-qoliplar ham 
qo‘llanilishi mumkin. 
Тasmasimon poydevorlar uchun mayda shchitli qoliplarni qo‘llaganda 
poydevor yon tomonining qoliplovchi shchitlari o‘rnatiladi va qo‘zg‘almas 
qilib mahkamlanadidi. Alohida turuvchi poydevorlar uchun esa avval 
poydevorning pog‘onali qismining qoliplari o‘rnatiladi va mahkamlanadi. 
So‘ngra poydevor stakanining qoliplovchi shchitlari o‘rnatiladi va 
yaxshilab mahkamlanadi. Poydevor stakani tubining loyihaviy belgisi 
stakan qolipi shchitlarining to‘rtta tomoniga ichkarisidan mixlar qoqilib 
fiksatsiyalanadi. 
Poydevorlarni betonlash ko‘p darajada qoliplash va armaturalash 
ishlarining texnologiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Shundan kelib chiqib 
poydevorni butun balandligi bo‘yicha yoki bosqichma-bosqich betonlash 
mumkin. Masalan, pog‘onali tasmasimon poydevorlar ikki bosqichda 
betonlanadi. Avval ularning pastki pog‘onasi betonlanadi, so‘ngra esa 
yuqori pog‘onasiga o‘tiladi. Alohida turuvchi poydevorlar esa uch 
bosqichda betonlanadi. Avval ularning pog‘onalari betonlanadi, keyin esa 
ustunning tagligi stakanining tubigacha, va nihoyat, stakanning qolgan 
qismlari betonlanadi.
Poydevorlarning betonlash strelali kran va badya, beton yotqizgich yoki 
beton-nasos qurilmasi yordamida bajariladi. Beton qorishmasini zichlash 
chuqur-titratgichlar bilan bajariladi.
Poydevorlarni qolipdan bo‘shatish betonning «qolipdan bo‘shatish 
mustahkamligi»ga erishganidan so‘ng, ishlarni bajarish loyihasiga muvofiq 
19


amalga oshiriladi. Qoliplarni demontaj qilish ularni montaj qilishga teskari 
bo‘lgan tartibda amalga oshiriladi. 
Strelali kran yoki beton-nasos qurilmasi poydevorlarni betonlash 
vaqtida asosan ularning tashqi perimetri bo‘yicha yoki ayrim hollardagidek 
ularning ichki perimetri bo‘yicha harakatlanishi mumkin.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling