Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»
ekskavator – gruntni qazish uchun; avtosamosvallar
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
ekskavator – gruntni qazish uchun; avtosamosvallar – gruntni tashish
uchun; buldozer − gruntni tekislash va maydonni yakunlovchi tekislash uchun; pnevmatik shinali katok − ko‘tarmaga to‘kilgan gruntni qatlamma-qatlam zichlash uchun. Тurli uslublarda maydonni vertikal tekislash texnologiyasi Maydonni vertikal tekislashda bajariladigan ishlarning tarkibi va ketma- ketligi tanlab olingan ishlarni bajarish uslubiga va vositalariga bog‘liq ravishda aniqlanadi. Buni quyidagi misollarda ko‘rib chiqamiz: a) maydonni buldozerli uslubda vertikal tekislash maqsadga muvofiq bo‘lsin. Bunda jarayonlarning tarkibi va bajarish ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi: 1) tayyorlov ishlari; 2) buldozer bilan gruntni qazish, siljitish va qalinligi bir xil bo‘lgan qatlamlab to‘kish; 3) pnevmatik shinali katokda gruntni qatlamma-qatlam zichlash; 4) buldozer bilan maydonni yakunlovchi tekislash. b) maydonni skreperli uslubda vertikal tekislashmaqsadga muvofiq bo’lsin. Bunda jarayonlarning tarkibi va bajarish ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi: 1) tayyorlov ishlari; 2) skreper bilan gruntni qazish, siljitish va qalinligi bir xil bo‘lgan qatlamlab to’kish; 13 3) pnevmatik shinali katokda gruntni qatlamma-qatlam zichlash; 4) buldozer bilan maydonni yakunlovchi tekislash Ikkala uslubda ham tayyorlov ishlari maydonda zaxvatkalar bo‘yicha bo‘linmasdan bajariladi. Shuning uchun ham gruntni qazish ishlari faqat tayyorlov ishlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bajariladi. Gruntning qatlamlab to‘kilishi va zichlanilishini hisobga olib gruntni qazish, to’kish va zichlash ishlari parallel bajariladi. Maydonni buldozerda yakunlovchi tekislash ishlari faqat undan oldingi ishlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bajariladi; v) maydonni ekskavatorli usulda vertikal tekislash maqsadga muvofiq bo‘lsin. Bunda jarayonlarning tarkibi va bajarish ketma-ketligi quyidagicha bo‘ladi: 1) tayyorlov ishlari; 2) gruntni ekskavatorda qazish va transport vositasiga yuklash; 3) gruntni avtosamosvallarda tashish va to‘kish; 4) gruntni buldozerda tekislash; 5) pnevmatik shinali katokda gruntni qatlamma-qatlam zichlash; 6) buldozer bilan maydonni yakunlovchi tekislash. 2, 3, 4, va 5-punkt bo‘yicha ishlar parallel bajariladi. Тayyorlov ishlari va maydonni yakunlovchi tekislash ishlari yuqorida ko‘rib chiqilgan usullardagi kabi bajariladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling