Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
Nazorat savollari
1. Yer inshootlarining turlari va ularga ko‘rsatiluvchi talablar. 2. Maydonni vertikal tekislashda jarayonlar tarkibi. 3. Maydonni vertikal tekislash usullari qanday asoslanadi va tanlanadi? 4. Buldozerli usulda maydonni vertikal tekislash texnologiyasi. 5. Skreperli usulda maydonni vertikal tekislash texnologiyasi. 6. Ekskavatorli usulda maydonni vertikal tekislash texnologiyasi. 5. O‘yma va kotlovanlarni qazish texnologiyasi. Ishlarni bajarish usuli va vositalarini asoslash va tanlash. Kotlovanni turli usullar bilan qazishda jarayonlarning tarkibi va texnologiyasi. Kotlovanlarni shibbalab tayyorlash usuli. Poydevorlarni qurish texnologiyasi O‘yma va kotlovanlarni qazishda ishlarni bajarish uslublari va vositalarini asoslash va tanlash. O‘yma yoki kotlovonlarni qazish bo‘yicha ishlarni bajarish uslublari va vositalarini asoslash va tanlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda − qazish uslublari va 14 vositalarini tanlashga ta’sir qiluvchi aniq sharoitlar va omillar tahlil qilinadi. Тahlil qilinuvchi ko‘rsatkich va omillar qatoriga quyidagilar kiradi: gruntning turi va namligi, sizot suvlarining sathi, kotlovanlarning geometric o‘lchamlari, yer ishlarining hajmlari, ishlarni bajarish muddatlari, ishlarning bajarilishi davridagi yilning fasli. Ushbu ko‘rsatkich va omillarning tahlili natijasida dastlab kamida ikkita texnik jihatdan mumkin va o‘zaro raqobatbardosh bo‘lgan ishlarni bajarish variantlari va vositalari aniqlab olinadi. Ikkinchi bosqichda belgilab olingan har bir variantning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari hisoblab topiladi va ularni taqqoslash natijasida eng samarali variant tanlab olinadi. Kotlovanlarni qazishda jarayonlarning tarkibi, ishlarni bajarish uslublari va vositalarini tanlash, joyning muhandislik-geologik sharoitlariga oid va loyihaviy ma’lumotlar asosida aniqlanuvchi turli omillarga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, agar gruntlar qattiq bo‘lsa va ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mexanizmlar vositasida qazib bo‘lmasa, bunday hollarda ularni oldindan yumshatish zaruriyati tug‘iladi. Yoki sizot suvlarining sathi yerning yuzasiga yaqin bo‘lib, o‘yma va kotlovanlar tubining loyihaviy belgisidan yuqoriroq joylashgan hollarda sizot suvlari sathini pasaytirish ishlarini bajarish lozim bo‘ladi. Agar kotlovanning plandagi o‘lchamlari nisbatan katta bo’lib, chuqurligi 1-1,5mni tashkil qilsa, bunday hollarda kotlovanda gruntni qazishni buldozerli, skreperli va ekskavatorli uslublarda bajarilishi mumkin. Agar kotlovanning plandagi o‘lchamlari nisbatan kichik bo‘lib, chuqurligi 2-3mni tashkil qilsa, bunday hollarda kotlovanda gruntni to‘g‘ri yoki teskari kurakli bir cho’michli ekskavatorda qazish mumkin. Kotlovanning chuqurligi 3,0m dan ortiq bo‘lgan hollarda gruntni to‘g‘ri kurakli bir cho‘michli ekskavatorda yoki ekskavator-draglayn bilan qazish mumkin. Agar sizot suvlarining sathi kotlovan tubining belgisidan yuqoriroq joylashgan bo‘lsa, u holda gruntni teskari kurakli bir cho‘michli ekskavator yoki ekskavator-draglayn bilan qazish mumkin. Ekskavator cho‘michining hajmi yer ishlarining hajmiga bog‘liq holda tanlanadi. Ekskavatorlarning soni yer ishilarining hajmiga va ularni bajarish muddatlariga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, birinchi bosqichda ishlarni bajarish sharoitlari va omillari tahlil qilinadi va ishlarni bajarish uslublari va vositalari belgilanadi. Shundan so‘ng yer ishlarini bajarishning quyidagi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi: belgilangan ishlarni bajarish muddatida bir birlik hajmdagi gruntni qazish qiymati va bir birlik hajmdagi qazilgan gruntning sermehnatligi. Bir necha variantlarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini taqqoslash natijasida eng samaralisi tanlab olinadi. 15 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling