Kotlovan va transheyalarni shibbalab tayyorlash texnologiyasi
Shibbalab tayyorlash uslubi cho‘kuvchan lyossli, ko‘tarma shaklidagi,
suvga to‘yingan gilli gruntlarda va mayda va changsimon qumlarda
qo’llaniladi. Suvga to‘yingan gilli gruntlarda va qumlarda kotlovanni
shibbalab tayyorlash oldindan yotqizilgan chaqiqtosh aralashtirilgan gilli
grunt qatlami orqali amalga oshiriladi.
Shibbalab tayyorlash uslubining mohiyati shundan iboratki, alohida
turuvchi poydevorlar ostiga kotlovanlar yoki tasmasimon poydevorlar
ostiga transheyalar yer qazish texnikasi bilan qazilmaydi, balki kelgusida
quriluvchi poydevor shakliga ega qilib tayyorlangan shibbalagich bilan
kerakli chuqurlikkacha shibbalab tayyorlanadi. Shibbalagich yo‘naltiruvchi
shtanga bo‘yicha harakat qiladi. Bunda ikkita jarayon, ya’ni kotlovanni
hosil qilish va gruntni zichlash ishlari vaqt bo‘yicha birlashtiriladi.
Shundan so‘ng kotlovanga beton yotqiziladi (agar poydevorlar yaxlit
quyma betondan bo‘lsa) yoki yig‘ma temirbeton poydevor bloklari
o‘rnatiladi. Shibbalab tayyorlash uslubining qo‘llanishi natijasida
kotlovanning asosida va uning atrofida mustahkamligi yuqori bo‘lgan va
deformativ xususiyatlari yaxshilangan shibbalangan gruntning yadrosi
hosil qilinadi. Buning hisobiga zaminning ko‘tarish qobiliyati keskin (6-10
barobar) ortadi va bu esa, o‘z navbatida, poydevor o‘lchamlarining sezilarli
darajada kamayishiga, sarflanadigan materiallarning iqtisod qilinishiga,
qurilishning sermehnatligi va qiymatining kamayishiga imkon beradi.
Masalan, bu usulning amalda qo’llanishi yer ishlari hajmining 1,5-2
barobar kamayishiga, binolar va inshootlar yer osti qismi qurilishining
muddatlarini esa 5-6 barobar qisqarishiga olib kelgan.
17
Poydevorlarni qurish texnologiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |