Mavzu : Poydevorlarni qurish texnologiyasi


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1576985
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Poydevorlarni qurish texnologiyasi



6-mavzu

Poydevorlarni qurish texnologiyasi
 
Reja: 
1.Umumiy qoidalar. Lentali poydevorlarni qurish texnologiyasi.
2.Monolit plitani qurish texnologiyasi. Urib kirgizaladigan qoziq va shpuntlarni konstruksiyasi.
3.Qoziqlarni tushirish -kirgizish texnologiyasi. To‘ldiriladigan qoziqlarni qurish texnologiyasi. 
4.Rostverklarni qurish texnologiyasi. Qoziq ishlarini qabul qilish. Sifatning nazorati

Tayanch iboralar: 
Tasmali poydevorlar, yig‘ma tasmali poydevorlar, bog‘lovchi to‘sinlar, mayda va yirik shtichli 
opalubka, poydevor plitalari, rezarvuarlar turi, tunnellar 
1.Poydevorlar qurish texnologiyasining umumiy qoidalar. Lentali poydevorlarni 
qurish texnologiyasi. 
Sanoat binolari va inshootlari o‘z massasidan yuklanishini shu jumladan, foydali 
yuklanishini poydevorlar orqali tuproq (gruntli) asosga beradi. Asosning va unga ta’sir ko‘rsatuvchi 
yuklanishning ko‘taruvchi yuklanishning ko‘taruvchi qobiliyatidan kelib chiqib, poydevorlarning 
konstruktiv echimlari turlicha bo‘lishi mumkin. 
Ko‘pchilik kam qavatli fuqarolik va sanoat binolari uchun tasmali poydevorlar to‘g‘ri keladi. 
Tasmali poydevorlar yuklanishini asos gruntlariga asosan tovoni orqali uzatuvchi mayda qo‘yilmali 
poydevorlar qatoriga kiradi. Bunday poydevorlar ochiq kotlovanlarda barpo etiladi. Tayyorlash 
sharoitlariga ko‘ra ular bevosita kotlavanda quriladigan monolit (yaxlit) poydevorlarga va zavodda 
tayyorlangan elementlardan montaj qilinadigan yig‘ma poydevorlarga bo‘linadi. 
Tasmali poydevorlar bino devorlari yoki ustunlar qatoridan jumladan yukni asosga uzatish uchun 
foydalaniladi. Rejada ular bittali (yakka) yoki kesishma tasmalardan iborat bo‘lmish mumkin; 
yakka tasmalar devorlar ostiga quriladi, kesishmalari esa ustunlar to‘ri ostiga quriladi. Bir qavatli, 
shu jumladan sanoat binolari uchun yaxlit poydevorlar o‘rniga ko‘pincha ustunli poydevorlar 
qo‘llaniladi, ular ustunlar orqali bino sinchidan yuklanishlarni va rand-to‘sinlar (bog‘lovchi 
to‘sinlar) orqali devorto‘sig‘i yuklanishlarini qabul qiladi. 
Tasmali poydevorlarning ancha chuqur joylashtirilishi kotlovanlarni binoning butun yuzi bo‘ylab 
ishlab berishga majbur qiladi. Odatda ishlov beriladigan gruntni (tuproqni maydondan olib chiqish 
va kozuxlarni yana to‘ldirish uchun tuproqni yana olib kelishga majbur qiladi.) 
Ko‘tarish qobiliyati kuchsiz bo‘lgan gruntlarda poydevorlarni qurish chuqurligi ancha orttiriladi, bu 
esa tasmali poydevorlarni tayanch qismi rivojlangan xolda qurishga majbur etadi, bu esa o‘z 
navbatida beton sarfining keskin oshishiga olib keladi. 
Ko‘p qavatli binolar qurishga o‘tilishi asosga tushadigan yuklanishlarning ortishiga olib keladi, bu 
esa yuqori yuklanishlarni qabul qilishga qodir poydevorlarning yangi konstruktiv echimlarini 
topishni yoki qoziqli poydevorlardan foydalanishni talab etdi. Qoziqlar turli xil binolar va 
inshootlar ostidagi poydevorlarni qurish, kuchsiz gruntlarning ko‘tarish qobiliyatini orttirish uchun 
qo‘llaniladi, gruntli qoziqlar esa kotlovanlar devorlarini buzilishidan mustaxkamlashda qo‘llaniladi. 
Yig‘ma tasmali poydevorlar o‘rniga qoziqli poydevorlarning qo‘llanilishi qazish ishlarini keskin 
kamaytiriga , poydevorlar va erto‘la devorlarini qurish uchun monolit yoki yig‘ma temirbeton 
hajmini kamaytirishiga, ish muddatlarini va poydevorlarni qurish qiymatini qisqartirishga imkon 
beradi. Qoziqli poydevorlar tasmali poydevorlardan farqli ravishda kattaligiga ko‘ra kichik va ancha 
tekis cho‘kishlar bilan tavsiflanadi. 
O‘ta yuqori qavatga ega binolar uchun, kuchsiz gruntlarda, asosning turlicha ko‘tarish qobiliyatida 
barpo etilayotgan binoning turli qismlari ostida va boshqa texnogen omillar ostida poydevor sifatida 
butun inshoot ostiga monolit plita (yaxlit poydevor) quriladi. Poydevor plitalari rejada faqat 
cho‘kish choklari bilan qirqiladi, plitalar binoning bikirligini (mustaxkamligini) va poydevorning 


hamda inshootning er usti qismining birgalikda ishlashini ta’minlaydi. YAxlit poydevorlar 
inshootning ayrim qismlarining notekis cho‘kishini keskin kamaytiradi. 

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling