Mavzu : Poydevorlarni qurish texnologiyasi
Monolit plitani qurish texnologiyasi. Urib kirgiziladigan qoziq va
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Poydevorlarni qurish texnologiyasi
2.Monolit plitani qurish texnologiyasi. Urib kirgiziladigan qoziq va shpuntlarni konstruksiyasi. YAxlit poydevorlar (monlit plita) monolit temirbetondan tayyorlanadi, konstruktiv echimiga ko‘ra ular silliq plitalar ko‘rinishiga (zarur bo‘lganda ustunlar ostiga yig‘ma stakanlar bilan o‘rganuvchi), monolit stakanli silliq plita ko‘rinishda (6.3-rasm), qovurg‘ali plita va qutisimon kesimli plita ko‘rinishida ishlanishi mumkin. Poydevor plitalari, rezarvuarlar turi, tunnellar va h.k.larning tubi katta yuzaga ega va juda ko‘p armaturalanganligi bilan tavsiflanadi. Bunday plitalarning qalinligi 0,2 dan 2m gacha oraliqda bo‘ladi. Ularni betonlash usullari rejadagi o‘lchamlarni, qalinlikni armaturalash darajasini, ishlarni amalga oshirishda mavjud mexanizasiyani, beton qorishmani etkazib berishning real xajmlarini xisobga olib tashlanadi. Poydevor plitalari payvand to‘rlari bilan ikki va undan ortiq qavatli qilib armaturalanadi. Armatura sinchlari turli usullarda xosil qilinishi joylashtiriladi (yotqiziladi) va tutib turuvchi sinchlar fazoviy o‘zini ko‘taruvchi armoblokka birlashtiriladi. Armobloklar oraliqlar bilan o‘rnatiladi, ular armobloklarga tayanuvchi yassi gorizontal to‘rlarning bir yoki ikki qatori bilan berkitiladi. 6.3.-rasm Poydevor plitasini qurish sxemasi: 1-poydevor plitasining balandlik bo‘yicha chegaralari; 2- bo‘ylama armatura; 3-o‘shaning o‘zi, ko‘ndalangi; 4- elimlanuvchi gidroizolyasiya; 5-betonli tayyorgarlik; 6- zichlashtirilgan grunt. Massiv poydevor plitalari ajratib olinmaydigan temirbeton opalubkadan, bir xil shaklga keltirilgan oxeraluvchi ko‘chiriluvchi opalubkadan foydalangan holda betonlanadi. Katta yuzli opalubka panellari, shuningdek armatura sinchli bloklar montaj kranlari yordamida montaj qilinadi. Opalubka va sinchlarning mahkamlanishi ishonsli bo‘lishi va beton qorishmasi, mexanizmlar, mashinalar, ishchi va inventar moslamalardan tushadigan texnologik yuklanishlarni ko‘tara oladigan bo‘lishi kerak. Ishlarni bajarsh uchun tayyorlangan opalubka dalolatnoma bo‘yicha topshirilishi kerak. Plitalarning yuzi katta bo‘lganda ular betonlash bloklariga yoki xaritalarga ajratiladi. Xaritalarning chetlari bo‘ylab xaritalar chegaralarida armaturani qirqmasdan yog‘och yoki to‘rli opalubka o‘rnatiladi. Tashqi va ichki opalubka sifatida 5x5 sm yacheykali 0,7mm diametrli simdan tayyorlangan po‘lat to‘rdan foydalanish eng ko‘p maqsadga muvofiqdir. Bunday to‘r plita armaturasiga to‘kish simi yoki qisqichlar bilan mahkamlanadi. Bloklarning kengligini (ekini) betonlash uzluksizligi sharoitlarini va beton qorishmasini uzatish sur’atini hisobga olgan holda qabul qilinadi. Betonlashning har bir blokida ish zonalarini ta’minlash zarur: qabul qilish va dastlabki tekislash va zichlashtirish. Betonlashning zarur tezligi ikkala zonada betonning tutib qolishi boshlangunga tegishli vibrozichlashtirish bilan avval yotqizilgan beton qorishmasi keyingisi bilan qoplanadigan shartdan aniqlanadi. Qabul qilinayotgan betonlash tezligi beton qorishmasini zichlashtirish vositalari etarli miqdorda mavjudligi bilan ta’minlashnishi kerak. Agar plitaning qalinligi 0,5m dan kam bo‘lsa, plitani kartalarga bo‘lish va betonlashni xuddi pol ostiga betonni tayyorlashdagi kabi olib boriladi, ya’ni eni 3...4 m dan qilib betonlanadi. Plitaning qalinligi undan ortiq bo‘lganda plitalar eni 5...10 m bo‘lgan parallel kartalarga bo‘linadi, bunda ular orasida eni 1...1,5m bo‘lganajratish polosalari qoldiriladi. Karta doirasidagi betonlash fronti minimal bo‘lishi kerak. Kartalar ketma-ket betonlanadi, ya’ni birin-ketin betonlanadi; yig‘indi cho‘kishni kamaytirish uchun ajratish polosalariga beton chegaralardagi opalubka olib tashlangandan so‘ng tayyor kartalardagi qotgan beton bilan yonma- yon yotqiziladi (rospor). CHo‘kish konusi 2...6sm bo‘lgan beton qorishmasi kartaga beton nasoslari bilan beton yotqizgich, estakadalar yordamida, shuningdek kranlar yordamida badyadalarda uzatiladi. Ayrim hollarda betonlash pnevmotransport bilan, bibro xartumlar yordamida, tasmali konveerlar bilan va bevosita transport vositalaridan amalga oshirilishi mumkin. Qorishmani avval yotqizilgan beton yo‘nalishda, go‘yoki avval yotqizilganda yangi beton porsiyalarini siqib uzatish kerak. Betonlash massaivida va sur’ati 50...100 / smenada bo‘lganda ishlar hajmi to‘plangan holatlarda stasionar beton nasoslaridan foydalanish mumkin. CHekli qalinlikdagi plitalar ham bir qatlam qilib betonlanadi. Bunda vibrozichlashtirish ancha murakkablanadi, chunki ichki vibratorlarni qorishmaga ishchi qism uzunligidan 1,5...2 marta ortiq bo‘lgan chuqurlikka botirish talab etiladi. Bunday konstruksiyalarni vibrozichlashtirish uchun osma vibrotorlarni yoki vibropaketlarni qo‘llanish maqsadga muvofiqdir. Betonlashni shunday tashkil etish kerakki, bunda betonlashning bitta kartasi chegaralarida ishchi choklar paydo bo‘lishidan qochish kerak. Plitalarning betoni moyaklar bo‘yicha tekislanadi. Devorlar qo‘shiladigan, usutunlar va kolonnalar tiraladigan joylardagi beton sirti g‘adir- budurligicha qoldiriladi. Monolit poydevor plitalarini qurish ishlarini ishlarni oqim bo‘yicha tashkil etish bilan uchta asosiy oqimga ajratgan holda olib borish maqsadga muvofiqdir: poydevorlarni armaturalash, opalubka o‘rnatish. SHu jumladan betonlash xududi chegaralarida turli opalubka o‘rnatish va bevosita betonlash. Ishlar bir xil me’yorda bajarilishi kerak. Asosiy oqim betonlash hisoblanadi, shuning uchun xar bir oqimda ishtirok etadigan ishchilar soni betonchilarni uzluksiz ish bilan ta’minlashdan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi. 6.4. Qoqiladigan qoziqlar va shpunt konstruksiyasi. Qoziqlar bir qator belgilarga ko‘ra bir nechta guruhga bo‘linadi. (6.4-rasm): materiali bo‘yicha- yog‘och, metall, beton va temirbeton, aralash, gruntli; konstruksiyasi bo‘yicha-kvadrat, trubasimon, to‘g‘ri to‘rtburchakli va ko‘pburchakli, kengaytirilgan va kengaytirilmagan, yaxlit va qo‘shma, prizmatik va konussimon, to‘la kesimli va ichi bo‘sh, vintli va qoziq-kolonnalar; qurilish usuli bo‘yicha qoqiladigan, zavodda yoki maydonchaning o‘zida tayyorlanadigan va gruntga botiriladigan va gruntda bevosita quriladigan tiqma oldindan burg‘ulangan quduqda; ish xususiyati bo‘yicha (yuklanishni asosaga uzatish usuli bo‘yicha)-qoziq ustunlar, ular binodan tushadigan yukni o‘z uchlari bilan qoyatosh yoki amalda siqilmaydigan gruntga uzatadi va osma qoziqlar, yuklanishni gruntning qoziqning yon sirti bo‘yicha ishqalanishi hisobiga uzatadi; qabul qiladigan yuklanishning turi bo‘yicha-markaziy, vertikal ta’sir ko‘rsatuvchi yuklanish, ekssentrisitetli yuklanish va sug‘urib olish kuchlari; temirbeton qoziqlarni armaturalash turi bo‘yicha kuchlanishli va kuchlanishsiz bo‘ylama armatura bilan ko‘ndalang armaturalash bilan va uningsiz; Qoziqlar yaprog‘i – umumiy yuklanishini birgalikda qabul qilib oladigan, yonma-yon joylashtirilgan bir nechta qoziq; rostverk-qoziqlarning birga ishlashiuchun yuqori qismlarini birlashtiruvchi konstruksiya. Qoziqlarning konstruksiyalari qoziqlarning fazoda joylashishi bo‘yicha vertikal qiya havozasimon ildizsimon tonosining shakli bo‘yicha To‘liq silindrik qobiq kvadrat prizmatik to‘g‘ri to‘rtburchak monononik Qoziqlarning konstruksiyalari. Qoziqlarning fazoda joylashishi bo‘yicha vertikal qiya havozasimon ildizsimon tonosining shakli bo‘yicha. to‘liq silindrik qobiq kvadrat prizmatik to‘g‘ri to‘rtburchak monokonik konussimon yarim konussimon barcha qirralari piramidasimon yoqlari qisman og‘gan silindrik pog‘onasimon silindrik va konussimon pog‘onalar vintli sirti prfillangan o‘zgaruvchan kesimli yuqorida kengaytirilgan poyasida pastki uchida bir necha joyi kengaytrilgan yig‘ma poyali va monolit beton to‘ldirilgan kengaytirilgan aralash yig‘ma qobiq ko‘rinishidagi tonali yig‘ma kengaytirilgan va monolit tonali tonasi qisman monolit, qisman yig‘ma 6.4.-rasm. Qoziqlarning konstruktiv belgilari bo‘yicha tasnifi. YOg‘och qoziqlar qarag‘ay, archa, kedr, paxta, eman, tilog‘ochdan tayyorlanadi. Qoziqlarning uzunligi 4...12m, aksincha uchidagi diametri 18...34 sm. Pastki uchida qoziq 3...4 qirrali qilib o‘tkirlanadi, qoziqning uchli joyi uning o‘qi bilan mos tushishi kerak, o‘qidan og‘gan uchligi qoziq qoqishda qoziqni loyihadagi holatidan chetga surishi mumkin. Zich gruntga qoqishda va uchini emirilishidan saqlash uchun unga metall boshmoq-uchlik kiydiriladi, yuqori qismiga esa qoziqning boshini qoqishda emirilishidan saqlovchi temir halqa-bugel keltiriladi. Uzun qoziqlar talab qilinganda (> 12m) ular bir necha g‘o‘ladan uchma-uch, yarim yog‘och yoki ustma-ust qo‘yib yig‘iladi. Qoziqlarni chirishdan saqlash uchun ularga antiseptiklar singdiriladi yoki butun qoziq er ostki suvlarining yoki butun qoziq er osti suvlarining eng past sathidan xam pastda joylashadigan qilib botiriladi. YOg‘och shpuntlar bruslardan tayyorlanadi, bir qirrasiga asosan to‘g‘ri to‘rtburchakli do‘nchlik to‘g‘ri to‘rtburchakli quriladi. Qoqishdan oldin shpuntlar 2...3 donadan qilib birlashtiriladi pastga, uchiga umumiy qiyalikqilinadi va umumiy bugel kiydiriladi. Odatda shpuntinlarning qalinligi 5...14sm, ammo 26 smgacha ham borishi mumkin. Metall qoziqlar port, ko‘prik, energetika va sanoat qurilmalarida, baland inshootlarni barpo etishda (radiomachtalar, teleminoralar) qo‘llaniladi. Diametri 25...100 sm bo‘lgan po‘lat quvurlardan, relslardan, ikki tovrlardan, gruntga burab keltiriladigan maxsus uchlikli vintli qoziqlardan foydalaniladi. Qoziq-qobiqlar-diametri 1,2...2 m va undan ortiq, uzunligi 14 m gacha bo‘lgan quvursimon metall qoziqlar, zarur bo‘lganda ularning uzunligi orttiriladi va payvandlab biriktiriladi. Pastki uchi ochiq qoziqlar qoqilgan sari grunt bilan to‘ldirilib boriladi, u zichlashib, qoziqning ko‘tarish qobiliyatini orttira boradi. Echib olinuvchi uchlik ko‘rinishidagi pastki uchi berk bo‘lgan qoziq- qobiqlar gruntga qoqiladi. Metall uchlik doim gruntda qoladi, qoziqning o‘zi esa qoldirilishi va ko‘tarish qobiliyatini oshirish uchun beton qorishma bilan to‘ldirilishi mumkin yoki sug‘irib olinishi mumkin. Qoziq-qobiqlarni sug‘urib olish jarayonida uning bo‘shliqlari beton qorishmasi bilan to‘ldiriladi. Po‘lat shpunt kotlovanlarning suv sinchimaydigan devorlarini, tirab qo‘yiluvchi devorlarni, pirslarni, qirg‘oq bo‘ylarini qurishda qo‘llaniladi. SHpunt uchun maxsus profillar ishlab chiqariladi- yassi, tog‘orasimon, uzunligi 30 m bo‘lgan zetsimon, ayrim hollarda oddiy po‘lat prokatdan foydalaniladi. Temirbeton qoziqlar kesimi 20x20dan 60x60 sm gacha va uzunligi 3 dan 16 m gacha oddiy va oldindan kuchlantiriladigan armaturali qilib ishlab chiqariladi. Oldindan kuchlantirish beton sarfini 15...20%, metall sarfini odatdagi armaturalashga qaraganda 50...60%gacha qisqartirishga imkon beradi. Armaturalash qoziqlarni tashish va qoqish uchun kerak, siqishga me’yorida ishlash uchun bilvosita armaturalash etarli. Qoqishda dastlabki kuchlantirish deformasiyalar, yoriqlar paydo bo‘lishiga qarshilik qiladi, mavjud yoriqlarni tortadi. Kvadrat va quvursimon kesimli 2...6 m uzunlikdagi ichi bo‘sh qoziqlar zich gruntlarda va qurilayotgan inshootning kichik yuklanishlarida qo‘llaniladi, tashqi diametri 80smgacha etishi mumkin. Qoziqli poydevorlarni qurish kompleks jarayon bo‘lib, qoqish metodi misolida quyidagilarni o‘z ichiga oladi: · ishlarni amalga oshirish uchun hududni tayyorlash; · har bir qoziqning holatini naturaga chiqargan holda geodezik ajratishni; · qoziqlarni botirish uchun qurilmani qurilish maydoniga etkazish, montaj qilish, sozlash va sinab ko‘rishni; · tayyor qoziqlarni ular tayyorlangan joyodan ular qoqiladigan joyga tashishni; · qoziqlarni qoqishni; · tayyor qoziqlarni berilgan belgilar bo‘yicha qirqishni; · qoziqlarning qirqilgan qoldiqlarini qurilish maydonidan olib chiqib ketishini; · monolit yoki yig‘ma rostverkni qurishni; · qurilmalarni demontaj qilishni. Gruntlarni, ularning ko‘tarish qobiliyatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, Rossiya hududining katta qismi uchun zich gruntlar nisbatan uncha katta bo‘lmagan chuqurlikda yotadi, bu esa uzunligi 3...7 m bo‘lgan qoziqlardan foydalanish imkonini beradi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling