Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»
Kotlovanni turli uslublarda qazishda jarayonlar tarkibi va
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тayyorlov ishlari.
Kotlovanni turli uslublarda qazishda jarayonlar tarkibi va
texnologiyasi Umuman olganda o‘yma va kotlovanni buldozerli, skreperli va ekskavatorli uslublarda qazish mumkin. Jarayonlarning tarkibi va texnologiyasi kotlovan qazishning tegishli uslubi bilan aniqlanadi: a) kotlovan qazishning buldozerli uslubida jarayonlarning tarkibi va ishlarni bajarish ketma-ketligi: 1) tayyorlov ishlari; 2) gruntni buldozerda qazish va ko‘chirish; 3) kotlovanda oxirigacha olinmagan gruntni dastlabki qazish; 4) kotlovan bo‘shlig‘ini qayta ko‘mish; 5) gruntni qatlamma-qatlam zichlash; b) kotlovan qazishning skreperli uslubida jarayonlarning tarkibi va ishlarni bajarish ketma-ketligi: 1) tayyorlov ishlari; 2) gruntni skreperda qazish va ko‘chirish; 3) kotlovanda oxirigacha olinmagan gruntni dastaki qazish; 4) kotlovan bo‘shlig‘ini qayta ko‘mish; 5) gruntni qatlamma-qatlam zichlash; v) kotlovan qazishning ekskavatorli uslubida jarayonlarning tarkibi va ishlarni bajarish ketma-ketligi: 1) tayyorlov ishlari; 2) gruntni ekskavatorda qazish va transport vositalariga yuklash; 3) gruntni avtosamosvallarda tashish; 4) kolovanda oxirigacha olinmagan gruntni buldozerda qazish; 5) kolovanda oxirigacha olinmagan gruntni dastlabki qazish; 6) kotlovan bo‘shlig‘ini qayta ko‘mish; 7) gruntni qatlamma-qatlam zichlash. Тayyorlov ishlari. Тayyorlov ishlari maydonni tozalash, tekislash, yerning unumdor qatlamini qirqish, kotlovanning konturini joyiga ko‘chirsh va o‘qlarini mahkamlash bo‘yicha geodezik ishlarni bajarishni o‘z ichiga oladi. Ushbu ishlar yakunlangandan so‘ng gruntni tanlab olingan usulda qazishga kirishiladi. Mexanizatsiyalashgan usulda qazishda asosiy gruntning yaxlitligi buzmasligi uchun qazish kotlovan tubining loyihaviy belgisiga yetkazilmasdan amalga oshiriladi. Buldozerli va skreperli usulda qazishda gruntni kotlovan tubining loyihaviy belgisigacha yetkazmaslik 5 sm gacha bo‘lishi mumkin. Ekskavatorli uslubda kotlovanni qazishda esa qoldiq gruntning miqdori ekskavator ishchi organinig qanday 16 jihozlanishiga bog‘liq bo‘ladi va quyidagi miqdorlarni tashkil qiladi: to‘g‘ri kurakli ekskavator uchun − 10 sm, teskari kurakli ekskavator uchun − 15 sm, draglayn uchun − 20 sm. Buldozerli yoki skreperli uslublarda kotlovan qazishda 5 sm ga teng bo‘lgan gruntning qoldig‘ini dastaki uslubda olib tashlanadi, kotlovan ekskavatorli uslubda qazilganda esa qoldiq gruntning 70% − buldozerlarda va 30% − dastaki uslubda olib tashlanadi. Buldozerli va skreperli uslubda kotlovan qazishda jarayonlarning 1, 2 va 3 - punktlari ketma-ket, 4 va 5 - punktlari esa parallel bajariladi. Ekskavatorli uslubda kotlovan qazishda jarayonlarning 2 va 3 - punktlari parallel, 1, 4 va 5 - punktlari ketma-ket, binoning yer osti qismi qurilganidan so‘ng esa 6 va 7 - punktlari ham parallel bajariladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling