Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Kotlovan va transheyalarni shibbalab tayyorlash texnologiyasi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

Kotlovan va transheyalarni shibbalab tayyorlash texnologiyasi 
 
Shibbalab tayyorlash uslubi chokuvchan lyossli, kotarma shaklidagi, 
suvga toyingan gilli gruntlarda va mayda va changsimon qumlarda 
qo’llaniladi. Suvga toyingan gilli gruntlarda va qumlarda kotlovanni 
shibbalab tayyorlash oldindan yotqizilgan chaqiqtosh aralashtirilgan gilli 
grunt qatlami orqali amalga oshiriladi. 
Shibbalab tayyorlash uslubining mohiyati shundan iboratki, alohida 
turuvchi poydevorlar ostiga kotlovanlar yoki tasmasimon poydevorlar 
ostiga transheyalar yer qazish texnikasi bilan qazilmaydi, balki kelgusida 
quriluvchi poydevor shakliga ega qilib tayyorlangan shibbalagich bilan 
kerakli chuqurlikkacha shibbalab tayyorlanadi. Shibbalagich yo‘naltiruvchi 
shtanga bo‘yicha harakat qiladi. Bunda ikkita jarayon, ya’ni kotlovanni 
hosil qilish va gruntni zichlash ishlari vaqt bo‘yicha birlashtiriladi. 
Shundan so‘ng kotlovanga beton yotqiziladi (agar poydevorlar yaxlit 
quyma betondan bo‘lsa) yoki yig‘ma temirbeton poydevor bloklari 
o‘rnatiladi. Shibbalab tayyorlash uslubining qo‘llanishi natijasida 
kotlovanning asosida va uning atrofida mustahkamligi yuqori bo‘lgan va 
deformativ xususiyatlari yaxshilangan shibbalangan gruntning yadrosi 
hosil qilinadi. Buning hisobiga zaminning ko‘tarish qobiliyati keskin (6-10 
barobar) ortadi va bu esa, o‘z navbatida, poydevor o‘lchamlarining sezilarli 
darajada kamayishiga, sarflanadigan materiallarning iqtisod qilinishiga, 
qurilishning sermehnatligi va qiymatining kamayishiga imkon beradi. 
Masalan, bu usulning amalda qo’llanishi yer ishlari hajmining 1,5-2 
barobar kamayishiga, binolar va inshootlar yer osti qismi qurilishining 
muddatlarini esa 5-6 barobar qisqarishiga olib kelgan.
17


Poydevorlarni qurish texnologiyasi 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling