Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

 
 
3


1. «Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi» fanining predmeti, 
maqsadi va vazifalari. Fanning mazmuni. Qurilish ob’ektlarining 
tasniflanishi 
 
«Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi» fani 5580200 − «Bino 
va inshootlar qurilishi» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 
bakalavrlar uchun eng muhim va shu bilan birga yetakchi maxsus 
fanlardan biri hisoblanadi. Bu fan qurilish ishlab chiqarishning 
menedjerlari sifatida ishlash uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilim va malakani 
shakillantiradi. 
«Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi» (BIBEТ) fanining 
predmeti qurilish maydonini, qurilish-montaj ishlarini bajarishni tashkil 
etish asoslarini, hamda turli bino va inshootlarni barpo etishda jarayonlar 
tarkibini va ularning bajarilish ketma-ketligini o’rganadi. 
BIBEТ fanini o’zlashtirish qurilish materiallari va buyumlari, qurilish 
konstruksiyalari, qurilish jarayonlari texnologiyasi, qurilish iqtisodiyoti 
asoslari, qurilishda xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi, 
umumta’lim va umumilmiy fanlarni o‘zlashtirishda, hamda talabalarning 
texnologik amaliyotni o‘tishi jarayonida olgan bilimlariga asoslanadi. 
BIBEТ fanini o’rganishdan maqsad talabalarda bino va inshootlarni 
barpo etish, ta’mirlash va tiklash texnologiyasi bo‘yicha, hamda ushbu 
ishlarni bajarishda qurilish maydonini, mehnatni tashkil etish asoslari 
bo‘yicha yetarli bilim va amaliy ko’nikmalar hosil qilishdan iboratdir. 
Fanni o’rganish bo‘yicha vazifalar 
BIBEТ fanini o‘rganish natijasida talabalar: 
- bino va inshootlarni barpo etish, ta’mirlash va tiklash texnologiyasi va 
ushbu ishlarni tashkil qilish asoslari, qurilish-montaj ishlarini bajarishda 
kalendar rejalashtirish, bino va inshootlarni barpo etishning turli 
bosqichlarida ob’ektga oid qurilish bosh tarhini loyihalash, bino va 
inshootlarni barpo etishda ishlarni bajarish loyihasini ishlab chiqish uslubi 
to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lishi lozim;
- bino va inshootlarni barpo etish va ta’mirlash loyihasini tuzishni, bino 
va inshootlarni barpo etishning taqvimiy rejalarini va qurilish bosh tarhini 
ishlab chiqishni bilishi va qurilish-montaj ishlarini bajarishga bevostia 
rahbarlik qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. 
4



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling