Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- QIBLning tarkibi
Nazorat savollari 1. Qurilishda umumiy tashkiliy-texnik tayyorgarlikning mazmuni. 2. Ob’ektni qurilishga tayyorlashning mazmuni. 3. Maydonning tashqarisidagi tayyorlov ishlarining tarkibi. 4. Maydonning ichkarisidagi tayyorlov ishlarining tarkibi. 5. Qurilish-montaj ishlarini bajarishda tayyorgarlikning mazmuni. 3. Bino va inshootlarni barpo qilish texnologiyasining loyihalanishi. Qurilish ishlarini bajarish loyihasining (QIBL) tarkibi va mazmuni. Qurilish ob’ektining bosh tarhi. QIBL texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari Qurilish ishlarini bajarish loyihasi (QIBL) alohida bino yoki inshootni barpo qilishda turli texnologiyaga oid va tashkiliy masalalarni hal qiluvchi hujjatlar majmuasidan iborat bo‘ladi. QIBL alohida bino yoki inshootning ishchi chizmalari va smetasi asosida ishlab chiqiladi. QIBLning maqsadi − bino yoki inshootni barpo qilishda qurilish-montaj ishlarining (QMI) bajarilishini tezkor rejalash va boshqarishdan iborat 8 bo‘lib, u qurilishdagi ishchilarning mehnatini me’yoriy va unumdorligi yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi. QIBLni ishlab chiqishda loyihalash tamoyillari quyidagicha: - variantlilik, iqtisodiy samaradorlik, me’yoriy-instruktiv xujjatlar talablariga so‘zsiz rioya qilish; - ilmiy-texnik progress yutuqlaridan va ilg‘or tajribalardan keng foydalanish; - mexanizatsiyalash vositalaridan maksimal foydalanish; - QMIni tashkil qilishning oqimli usullarini qo‘llash; - intensiv resurslarni iqtisod qilinishiga olib keluvchi texnologiyalardan maksimal foydalanish. QIBLning tarkibi 1. Qurilish ob’ektining boshlang‘ich loyiha-smeta xujjatlarini tahlil qilish (kamchiliklarni aniqlash va loyiha yechilmalarini takomillashtirish maqsadida). 2. Qurilish-montaj ishlarining ro‘yxatini va hajmlarini aniqlash. 3. Qurilish-montaj ishlarini bajarish uslublari va vositalarini asoslash va tanlash. 4. Qurilish-montaj ishlarining sermehnatligi va qiymatini aniqlash. 5. Ob’ekt qurilishining kalendar rejasini tuzish. 6. Moddiy-texnik resurslarga bo‘lgan extiyojni aniqlash. 7. QMI kalendar grafigi bilan moslashtirilgan moddiy-texnik resurslarga bo‘lgan talab grafiklarini tuzish. 8. Тexnologik xaritalar ishlab chiqish. 9. Ob’ektning qurilish bosh tarhini ishlab chiqish. 10. Тushuntirish xatini yozish. 11. QIBLning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash. 12. QIBLni ma’qullash va tasdiqlash. QMIning ro‘yxati va hajmi binoning (inshootning) ishchi chizmalari va smetalari bo‘yicha aniqlanadi. Hisoblashlar jadval ko‘rinishida bajariladi. QMIni bajarish uslublari va vositalarini asoslash va tanlash bir necha variantning (kamida ikkita) texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini taqqoslash asosida amalga oshiriladi. Bu odatda asosiy QMIlar uchun bajariladi: yer, beton, montaj, pardozlash ishlari va tom yopmasini qurish ishlari shular jumlasidandir. QMIni bajarishning sermehnatligi va qiymati me’yorlashtirilgan o‘rtacha ma’lumotlar bo‘yicha aniqlanadi. 9 Qurilishda ishlarni bajarishning kalendar yoki to‘rsimon grafigidan quyidagi ma’lumotlar olinadi: ishlarning ketma-ketligi va ularni vaqt va fazoda o‘zaro bog‘lanishi, alohida ishlarning bajarilishi va umuman ob’ektni barpo qilishning muddatlari, qabul qilingan sutkadagi smenalar soni, ishchilarning yoki mashina va mexanizmlarning soni. Kalendar rejada ishchilarning harakatlanish grafigi keltiriladi. Unda vaqtga (ishchi kunlariga) bog‘liq ravishda ishchilar sonining o‘zgarib borishi dinamikasi aks ettiriladi. Тexnologik xaritalar esa murakkab QMIning turlari uchun ishlab chiqiladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling