Ta’lim texnologiyasining tuzilishi


Download 52 Kb.
Sana23.11.2023
Hajmi52 Kb.
#1796069
Bog'liq
Ta’lim texnologiyasining tuzilishi


Ta’lim texnologiyasining tuzilishi

Reja:




  1. Ta’lim texnologiyasining (TT) tashkiliy elementlari.

  2. Ta’lim texnologiyasining maqsadini aniklash.

  3. Ta’lim texnologiyasining belgilari.

  4. Xulosa.

Ta’lim texnologiyasi tizim sifatida qaralsa, uning tuzilmasini tashkiliy funksional elementlar bo`yicha tasavvur etish mumkin: Ta’lim texnologiyasining tashkiliy elementlari-taxsil beruvchi, taxsil oluvchi, maqsad, natija, axborotlar mazmuni, metodlar vositalar, usullar va o`qitishning tashkiliy shakllari, nazorat qilish, tashxislash, axborotlar olish usul va vositalaridan iborat.


Pedagogik jarayon o`quv maqsadini qo`yish bilan boshlanadi. Maqsad shunday aniq bulishi lozimki, u vositasida ta’lim-tarbiya jarayonini kanday darajada amalga oshirilganligini aniklash, berilgan vaktda kuzlangan maqsadga erishishni ta’min-laydigan didaktik jarayonni kurish imkonini bersin.
Ta’lim texnologiyasining maqsadi o`rganilayotgan o`quv predmetining maqsadlaridan va mazmunidan, tarbiyaviy ta’siridan kelib chiqqan xolda aniqlanadi, xamda ta’lim maqsadiga mansub buladi.
Axborot mazmuni, yangi o`quv materiali quydagilarda o`z aksini topadi: kurilayotgan fanni o`qitish, mazmunni uzida aks ettirgan ta’lim texnologiyalari, darsliklar va o`quv qo`llanmalarining matni, axborot manbalari.
O`qitish metodlari, vositalari, usullari va tashkil etish shakllari, ya’ni taxsil oluvchiga pedagogik ta’sir etish texnikasi va qurollari, axborot mazmuni va didaktik maqsadlarga uyg`un xolda tanlab olinadi va amaliyotga tadbiq etiladi. Shuningdek, bunga taxsil oluvchilarning yosh, fiziologik xususiyatlari, ta’lim muassasalarining moddiy jixozlanishi, ijtimoiy muxit xam xisobga olinadi.
Nazorat qilish, tashxislash va axborot olish usullari va vositalari: qo`yilgan maqsad va o`quv materiallari mazmuniga nisbatan tanlanadi.
Agar qo`yilgan maqsad bilan olingan natija bir-biriga mos kelsa, pedagogik jarayon tugaydi. Bunda qo`yilgan maqsad bilan olingan natijaning to`liq mosligini ta’minlanshni ko`rsatib o`tish zarur, chunki ular predmetning ob’ektiv muxim qonunlaridan kelib chiqadi.
Lekin pedagogik faoliyat shaxsiy-sub’ektiv emotsional xarakteriga egadir. U pedagogning individual, ijodiy qobilyatiga, kasbiy-psixologik xususiyatlariga va taxsil oluvchilarning ko`plab idividual, aqliy va boshqa shaxsiy xususiyatlariga asoslanadi. Shuning uchun xam uning natijasi variativ xarakterga ega bulishi mumkin.
Shuni takidlash joizki, ko`rsatilgan pedagogik tuzilmaning biror elementi xam mavjud bo`lmasa, unda pedagogik jarayonning uzi kechmaydi yoki kuzlangan natijani tulik bera olmaydi. Xar kanday xolda xam bunday pedagogik jarayondan ijobiy natija olish tasodifiy xarakterga ega buladi.
Ta’lim texnologiyasi xaqida gap ketganda daxldor quydagi xodisalarni bir-biridan farklashga extiyoj tugiladi: ta’lim didaktik loyixalash (1), loyixani amalga oshirish (2) ta’limning joriy va oraliq natijasiga ko`ra didaktik loyixasiga tuzatish, o`zgartirishlar kiritish (3), ta’limni takrorlash (4), yakuniy nazorat (5). Bu xodisalarni 1 va 2-si an’ananaviy ta’lim tajribasida xam uchraydi. Ta’lim texnologiyasining an’ananaviy ta’lim tizimidan farqi shundaki, ta’lim natijasi va uning etalon darajasida bo`lishi doimo o`qituvchi xamda o`quvchining diqqat markazida turadi: o`qituvchi ta’lim natijasini tez-tez tekshirib bolalarni o`zlari erishgan yutuqlaridan ogox qilib turadi; o`quvchilar esa o`z yutuq va kamchiliklarini anglab, birinchisini yana ko`paytirishga, ikkinchisini bartaraf etishga intiladi.
TA’LIM TEXNOLOGIYASINING O`ZIGA XOS BELGILARI.
1-chizma.

- ta’lim maqsadlarini anik belgilash (1)


- ta’limni qo`yilgan maqsadga yunaltirish (2)
-kafolatlangan natijaga, intilish (3)
Ta’lim - ta’lim natijasini shaxsiy kiymatini texnologiyasi oshirish (4)
- joriy natijalarni boxolash (5)
- ta’limning borishiga uzgartirishlar kiritish (6)
- ta’limga tuzatishlar kiritish (7)
- ta’limni takrorlash va nazorat qilish 8
- tuzatish va uzgartirish kiritilgan lim natijasini baxolash ( 9)
- etalon darajasida uzlashtirish va baxolash ( 10).

O`quv materiallarining mazmunini urgatishda kuzda tutilgan maqsadi, o`qituvchi va o`quvchilar maqsadi, maqsadlarni amalga oshirish va xisobga olish varakalari, berilgan uy ishlar mikdori, mavzulari bo`yicha utkaziladigan test savollari, reyting nazorat boskichlari, etalon darajasida uzlashtirish usuli oldindan belgilab kuyiladi. Bu ishlarning barchasini ongda ta’lim modelini yaratishga olib keladi.


Ta’limning xarakatchan modelini ongda yara-tish ta’lim texnologiyasining asosiy talablaridan biri bulib, bu sanatni egallagan o`qituvchi ta’limning borishiga zudlik bilan uzgartirish, kushimcha tuzatishlar kirita oladi. (1), u ta’limni kurish, yana takroriy kurish, zarur bulsa yana bir bor kurishni osonlik bilan amalga oshiradi (2), o`quvchilarni xar bir mavzuni tulik uzlashtirishga yetaklaydi (3), ta’lim mazmunini etalon darajasida va etalon darajasidan past uzlashtirgan o`quvchilarni guruxlarga ajrata oladi (4), xar bir guruxga mos keladigan ish uslubini zudlik bilan tanlay oladi ( 5), o`quvchilarning kobiliyati, extiyoj va kizikishlariga mos keladigan vositalar tizimini, muammolarini ishlab chikadi (6), sust uzlashtiruvchi o`quvchilar bilan kushimcha mashgulot, kushimcha topshiriklarni bajarish uchun shart- sharoit tayyorlaydi (7).
“Pedagogik texnologiya” doirasida ta’limning tashkiliy-uslubiy jixatidan ilgari qo`yilgan ta’lim maqsadalariga turli uslubiy majmualar yordamida erishish mumkin. Agar texnologik tizimlarda asosiy e’tibor masala va nazorat sxemalarini kurishga karatilgan bulsa, uslublar majmuasini tanlash asosan empirik asosda amalga oshiriladi.
Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling