Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

 
Ob’ektni qurilishga tayyorlash 
 
Ob’ektni qurilishga tayyorlash quyidagilarni ko‘zda tutadi:
- loyiha-smeta hujjatlarini o‘rganish; 
- qurilishning sharoitlari bilan yaqindan tanishish
- qurilishda ishlarni bajarish loyihasini (QIBL) ishlab chiqish; 
- maydonning tashqarisidagi va maydonning ichkarisidagi tayyorlov 
ishlarini bajarish.
Maydonning tashqarisidagi tayyorlov ishlari o‘z ichiga quyidagilarni 
oladi: 
- temir yo‘l va suv transporti bo‘yicha kelish yo‘llarini qurish; 
-kichik transformator stansiyalari bilan birgalikda elektr uzatish 
liniyalarini qurish; 
- suv ta’minoti tarmoqlarini qurish; 
- kanalizatsiya tarmoqlarini qurish; 
- aloqa vositasi qurilmalarini qurish. 
Maydonning ichkarisidagi tayyorlov ishlari o‘z ichiga quyidagilarni 
oladi: 
- bino, inshootlar, muhandislik tarmoqlarini geodezik rejalash; 
- xududni tekislash, sizot suvlari sathini pasaytirish
-doimiy va vaqtinchalik yo‘llarni, kommunikatsiyalarni, qurilish 
maydonining vaqtinchalik devorlarini qurish; 
- ishlab chiqarish, ombor, yordamchi, ma’muriy va maishiy 
maqsadlardagi vaqtinchalik bino va inshootlarni joylashtirish; 
- qurilish materiallari, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni saqlash 
uchun ombor maydonlarini qurish
- aloqa tizimini tashkil qilish; 
7


- qurilish maydonini yong‘inga qarshi suv ta’minoti va inventar
yoritish uskunalari va ogohlantirish vositalari bilan ta’minlash. 
Qurilish-montaj ishlarini bajarishga tayyorgarlik 
 
Qurilish-montaj ishlarini bajarishga tayyorgarlik quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: 
- qurilish ishlarini bajarish loyihalari (QIBL) ishlab chiqiladi
joylarga ko‘chirilgan va mustahkamlangan geodezik rejalash belgilari 
binoning qismlari va ishlarning turlari bo‘yicha topshiriladi va qabul 
qilinadi; 
- mehnatni tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va 
amalga oshiriladi; 
- ishchilarni kerakli asbob-uskunalar, kichik mexanizatsiyalash, 
o‘lchash va nazorat qilish vositalari bilan ta’minlanishi tashkil qilinadi, 
shular jumlasidan balandlikda ishlash uchun moslamalar bilan ham; 
- konstruksiyalarni yiriklashtirish uchun yig‘ish maydonlari tashkil 
qilinadi; 
- mashinalar, mexanizmlar va qurilmalar keltiriladi, o’rnatiladi va 
sinab ko’riladi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling