Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

Nazorat savollari 
 
1. QIBLni ishlab chiqishdan maqsad nima? 
2. QIBLning tarkibiga nimalar kiradi? 
3. Ob’ektning qurilish bosh tarhi va uning tarkibi. 
4. Qanday ko‘rsatkichlar QIBLning va ob’ekt qurilish bosh tarhining 
texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari qatoriga kiradi? 
4. Yer inshootlarining turlari va ularga korsatiluvchi talablar. 
Doimiy yer inshootlarini barpo qilish texnologiyasi. Maydonni
vertikal tekislashda jarayonlar tarkibi va ishlarni bajarish 
texnologiyasi 
 
Yer inshootlarining turlari va ularga korsatiliuvchi talablar 
Yer inshootlari ikki turga: doimiy va vaqtinchalik yer inshootlariga 
bo‘linadi. 
Doimiy yer inshootlari – bu mustaqil ko‘rinishda foydalaniladigan yer 
inshootlaridir. Ularning qatoriga ko‘tarma ko‘rinishidagi qurilish 
maydonlari, temir yo‘l va avtomobil yo‘llarining yer polotnosi, dambalar, 
yer to‘g‘onlari va boshqalar kiradi. Bunday inshootlar quyidagi talablarga 
javob berishi lozim: berilgan loyihaviy parametrlarga mos kelishi, yuqori 
zichlikka, mustahkamlikka, suv o‘tkazmaslikka va ustivorlikka ega 
bo‘lishi.
Vaqtinchalik yer inshootlari – bu shunday yer inshootlari hisoblanadiki, 
ular faqat qurilish davri uchungina kerak bo‘ladi. Bu inshootlarda 
binolarning yer osti qismlari barpo qilingan yoki muxandislik 
kommunikatsiyalari yotqizilgandan so‘ng ular grunt bilan ko‘mib 
tashlanadi. Bunday inshootlar qatoriga kotlovanlar, o‘ymalar, transheyalar 
11


kiradi. Vaqtinchalik yer inshootlariga quyidagi talablar ko‘rsatiladi: 
geometrik o‘lchamlarining aniqligi va devorlarining ustivorligi.
Doimiy yer inshootini qurilish maydoni misolida batafsilroq ko‘rib 
chiqamiz.
Joylarning rel’efi aslida bir tekis bo‘lmaydi, balki aksincha turli 
darajadagi kesishuvlar bilan tavsiflanadi, ya‘ni ularda balandlashgan joylar 
va pastlashgan yoki jarlik joylar birlashib ketgan bo‘ladi. Bino va 
inshootlarni barpo qilish uchun esa qurilish maydoni atmosfera 
yog‘ingarchiligining suvlarini chetlatish uchun mo‘ljallangan, ma’lum 
nishablikka ega tekis territoriyadan iborat bo‘lishi lozim. Shuning uchun 
qurilish maydoni xududining balandlashgan joylari gruntini qazib 
pastlashgan joylariga to‘kish va loyihada ko‘rsatilgan belgiga 
yetkazguncha ko’mish zaruriyati tug‘iladi. Bunday ishlarning kompleksi 
maydonni vertikal tekislash deb ataladi va bu ishlar qurilishning tayyorlov 
davrida bajariladi. Shunday qilib, maydonni vertikal tekislashda quyidagi 
tarkibdagi ishlar bajariladi: tayyorlov ishlari (maydonni tozalash, geodezik 
rejalash ishlarini amalga oshirish), o‘ymaning gruntini qazish, qazilgan 
gruntni tashish, gruntni ko‘tarma uchastkasiga to‘kish va tekislash yoki bir 
xil qalinlikdagi qatlam hosil qilib to’kish, qatlamlab zichlash va maydonni 
yakunlovchi tekislash. Yuqorida keltirilgan barcha ishlar qurilish 
maydonini vertikal tekislash bo‘yicha yer ishlarining kartogrammasi 
asosida bajariladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling