Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тashqi pardozlanishi
- Qurilish maydonini, ishlarini va mehnatni tashkil qilish
Yopmalari − yig‘ma temirbeton ko‘p g‘ovakli plitalardan quriladi.
Тomi − yassi bo‘lganda o‘ramli ashyolardan, nishablisi − to‘lqinsimon astbesto-sement listlardan yoki metall cherepitsadan iborat bo‘ladi. Ichki pardozlanishi − devorlarini suvoqlash, qoplash; devor va shiftlarini suvli tarkiblar bilan bo‘yash. Pollari − yog‘ochdan, linoleumdan yoki plitkalardan iborat bo‘ladi. Тashqi pardozlanishi - devorlarni suvoqlash va fasadbop tarkiblar bilan bo‘yash. Seysmik rayonlarda qurish uchun mo‘ljallangan g‘ishtli binolarning konstruktiv yechimlari shunisi bilan farqlanadiki, bunday binolarning burchaklarida, bo‘ylama va ko‘ndalang devorlari kesishgan joylarida − temirbeton o‘zaklar, devorlarining bo‘shliqlarida − qoplama romlar, orayopmalar sathida − antiseysmik belbog‘lar ko‘zda tutiladi. Qurilish maydonini, ishlarini va mehnatni tashkil qilish Ko‘p qavatli g‘ishtli binolar minorali kranlar `yordamida barpo qilinadi. Qurilish maydoniga o‘rnatiluvchi minorali kranlarning soni binoning tarhdagi shakliga va o‘lchamlariga bog‘liq holda aniqlanadi. Odatda, minorali kranlar binoning hovli fasadi tomonidan o‘rnatiladi. Maydondagi vaqtinchalik yo‘llar aylanma yo‘llar sxemasi bo‘yicha quriladi va bu yo‘llarda kran osti yo‘li bo‘ylab avtotransportlarning harakatlanishda o‘zaro bir-biriga to‘sqinlik qilmasligi uchun kengaytirilgan joylar ko‘zda tutiladi. Bundan tashqari shu atrofda kran strelasining hakatlanish radiusi chegarasida g‘isht va yig‘ma temirbeton elementlarni, hamda inventar novlarni taxlash uchun ochiq ombor maydonlari joylashtiriladi. Qurilish maydonida yozgi mavsumda g‘ishtni namlab turish uchun suv to‘ldirilgan chuqurcha ko‘rinishidagi hovuz ko‘zda tutiladi. Qurilish maydoni suv va elektr energiyasi bilan vaqtinchalik tarmoqlar orqali ta’minlab turiladi. Shuningdek qurilish maydoni ishchi va xizmatchilar uchun zarur bo‘lgan vaqtinchalik maishiy va ma’muriy binolar bilan ham jihozlanadi. Qurilish maydoni vaqtinchalik devorlar bilan o‘rab olinadi, devorlarga darvozalar o‘rnatilib oldiga qorovullar uchun vaqtinchalik xonadonlar quriladi. Qurilish maydonining kechki yoritilishi me’yoriy talablarga ko‘ra tashkil qilinadi. Bundan tashqari qurilish maydoni yong‘inni o‘chirishga oid vositalar bilan ham ta’minlanadi. 21 G‘ishtli binoning qurilishi oqim usulida tashkil qilinadi. Buning uchun bino zaxvatkalarga bo‘linadi. Zaxvatkalarga bo‘lish binoning plandagi shakliga va o‘lchamlariga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi. Bino uzunligi bo‘yicha ko‘ndalang va eni bo‘yicha bo‘ylama zaxvatkalarga ajratiladi. Bunda ajratish chiziqlari zaxvatkalarning gorizontal tekislikdagi chegaralari bo‘lib xizmat qiladi. Vertikal tekislik bo‘yicha esa zaxvatkalarning chegaralari sifatida binoning har bir qavati qabul qilinadi. Biroq, insonning bo‘yicha g‘isht devorni bitta qavat balandligi ko‘lamida terib chiqish imkoniyatini bermaganligi uchun, bu devor yana uchta yarusga ham ajratiladi. Shunday qilib, g‘isht devorni terishda ishchilar oqimining harakatlanishi gorizontal yo‘nalishda zaxvatkadan zaxvatkaga, vertikal yo‘nalish bo‘yicha esa avval yarusdan yarusga, keyin esa qavatdan qavatga o‘tish tartibda tashkil qilinadi. Binoning qutichasi to‘liq tiklanganidan so‘ng tom qoplamasini qurishga kirishiladi. Bu ishlarni bajarish ham oqim usulida tashkil qilinadi. Тom qoplamasi xuddi yuqoridagidek zaxvatkalarga ajratib chiqiladi va ishchilar oqimining harakatlanishi gorizontal yo‘nalishda bir zaxvatkadan ikkinchi zaxvatkaga o‘tish tartibida amalga oshiriladi. Maxsus ishlarni (elektr-montaj va santexnika ishlari) bajarish ham oqim usulida tashkil qilinadi. Bunda gorizontal yo‘nalishda ishchilar oqimining harakatlanishi bir seksiyadan ikkinchi seksiyaga o‘tish tartibida, vertikal yo‘nalishda esa pastdan yuqoriga qarab, ya’ni birinchi qavatdan boshlab yuqori qavatlarga o‘tish tartibida amalga oshiriladi. Pardozlash ishlarini bajarish oqim usulida tashkil qilinadi. Gorizontal yo‘nalishda zaxvatkalarning chegaralari sifatida zinapoya qafasi atrofida joylashgan uy-joy seksiyalari, vertikal yo‘nalishda esa – binoning bitta qavati qabul qilinadi. Dastlabki uy-joy seksiyalarining xonadonlari pardozlangandan so‘ng navbatdagi zinapoya qafasi atrofida joylashgan xonadonlarni pardozlashga o‘tiladi. Bunda oqimlarning harakatlanish yo‘nalishi yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga tartibda bo‘lishi mumkin. Oqimlarning yuqoridan pastga tartibda harakatlanishi binoning yer usti qismidagi qutisi tom qoplamasi bilan birga to‘la tayyor bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Oqimlarning pastdan yuqoriga tartibda harakatlanishi esa ishlarni bajarishning birlashtirilgan usuli qo‘llanilganda, ya’ni pardozlash ishlari kamida ikkita orayopma tayyor bo‘lganidan so‘ng boshlangan hollarda qo‘llanishi mumkin. Ikkinchi usulni qo‘llab ishlarni tashkil qilish ob’ekt qurilishi sur’atlarining tezlashtirilishiga olib keladi. Binodagi ichki pardozlash ishlari yakunlangandan so‘ng uning fasad tomonida tashqi pardozlash ishlarini bajarish boshlab yuboriladi. Bunda oqimlarning harakatlanishi gorizontal yo‘nalishda bir zaxvatkadan ikkinchi 22 zaxvatkaga, vertikal yo‘nalish bo‘yicha esa yuqoridan pastga tartibida amalga oshiriladi. G‘ishtli bino qurilishining yuqorida keltirilgan oqimli usulda tashkil qilinishiga mos ravishda ixtisoslashgan zvenolar va kompleks brigadalardagi ishchilarning soni va ularning malakaviy tarkibi aniqlanadi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling