Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 5580200 − «Bino va inshootlar qurilishi»


Yaxlit quyma binolarning qurilish - konstrutiv yechimlari


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/56
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1625388
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

 
Yaxlit quyma binolarning qurilish - konstrutiv yechimlari 
 
Yaxlit quyma binolarning konstruktiv yechimi quyidagicha: yuk ko‘- 
25


taruvchi devorlari − yaxlit quyma, pardevorlari va yopmalari yaxlit quyma 
yoki yig‘ma bo‘lishi mumkin. Binolar karkassiz, qulochi qisqa, bo‘ylama 
yoki ko‘ndalang diafragmaga oid yuk ko‘taruvchi devorlarga ega. 
Binoning tashqi devorlari va difragmaga oid pardevorlari V5 sinfli va 
zichligi 1200 kg|sm
3
bo‘lgan yengil betondan quyiladi. Bundan tashqari 
tashqi devorlari uch qatlamli konstruktiv yechimga ham ega bo‘lishi 
mumkin. Bunda ichki va tashqi qatlamining betoni mayda to‘ldirgichli 
bo‘lib V7,5 sinfiga mansub bo‘ladi va ular armaturali karkaslar bilan 
armaturalanadi. Devorning o‘rta qatlami esa plitasimon arbolitli isitgichdan 
iborat bo‘ladi. Devorlarning qalinligi 30 sm ni tashkil qiladi. Poydevorlari 
sayoz chuqurlikka ega bo‘ladi, shu bilan birga industrial elementlar: 
sokollar, lagalar, ventbloklar, verandalar, pardevorlar, zina elementlari, 
yopma plitalar ishlatiladi. Binolarning tomi yassi bo‘lib o‘ramli 
ashyolardan quriladi. 
Qurilish maydonini, ishlarini va mehnatni tashkil qilish 
Yaxlit quyma binolarni barpo qilishda tipik qurilish maydoni 
unumdorligi 50m

smena bo‘lgan beton tayyorlash tuguni; estakadaga 
o‘rnatilgan sement va suv saqlash sig‘imlariga ega shnekli beton 
qorishtirgichli, qurilishning olib borilishi yo‘nalishi bo‘ylab o‘rnatilgan 
yuk ko‘tarish qobiliyati 5t li chorpoyali kran va strelali kran bilan 
jihozlanadi. Strelali kranning strelasi harakatlanishi radiusi zonasida 
qolipning elimentlari, yopma plitalar, deraza va eshik bloklarini saqlash 
uchun ochiq omborxonalar tashkil qilinadi. Beton qorishtirgichning oldida 
yirik va mayda to‘ldirgichlar (qum va chaqiqtosh) uchun omborxonalar 
joylashtiriladi. 
Yaxlit quyma binolarni barpo qilish bo‘yicha ishlarni bajarishni oqimli-
jadallatirilgan uslubda tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Oqimli uslubni 
tashkil qilish uchun ishlarning barcha kompleksi quyidagi alohida sikllarga 
bo‘linadi: nolli sikl, devorlarni betonlash, yopma plitalarni montaj qilish, 
tom qoplamasini qurish, maxsus ishlar va pardozlash ishlarini bajarish, 
hududni obodonlashtirish. Bunda ayrim binolarda nomlanishi bir xil 
bo‘lgan ishlar ketma-ket, turli nomli ishlar esa parallel bajariladi. Barcha 
ishlar 35-40 odamdan iborat kompleks brigada tomonidan amalga 
oshiriladi. Brigadalar shartli ravishda quyidagi zvenolarga bo‘linadi: nolli 
sikl zvenosi, duradgorlar, betonchilar, montajchilar, santexniklar
elektriklar, pardozlovchilar, tom qoplamasini quruvchilar, 
obodonlashtiruvchilar. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling